|
Gayubova komila anvarovna yulanova nargiza davlatovna akademik yozuvBog'liq Akademik yozuv o\'quv qo\'llanma Axborot izlash
Zamonaviylik cheksiz ma’lumotlar ummoniga o‘xshaydi, unda bizning
talablarimizni qondiruvchi axborotlarni topish talab etiladi. Axborotni izlash
jarayonini strukturalash maqsadida hatto alohida fan yaratilgan. Uning otasi Kelvin
Mauyers hisoblanadi. Axborot izlash, tadqiqotchining fikriga ko‘ra, zarur
ma’lumotlarga ega, bizning axborotga bo‘lgan ehtiyojlarimizni qondira oladigan
cheksiz miqdordagi hujjatlarni aniqlash jarayonidir.
Harakatlar algoritmi so‘ralgan ma’lumotlarni to‘plash, qayta ishlash, va
taqdim qilish bo‘yicha operatsiyalarni o‘z ichiga oladi. Axborotni samarali izlash
uchun quyidagi rejaga amal qilish kerak:
so‘rovni shakllantirish (topmoqchi bo‘lgan ma’lumotlarni);
zarur ma’lumotlarning manbalarini topish;
kerakli materiallarni tanlash;
olingan bilimlar bilan tanishib chiqish va bajarilgan ishni baholash.
Ushbu algoritm ta’lim jarayoni va ilmiy maqola yozishga tayyorgarlikni
yеngillashtiradi. U axborot – atrofimizdagi cheksiz borliq ekanligini anglash orqali
yaratilgan.
Quyidagi harakatlarga alohida e’tibor qaratiladi: kerakli axborotni ajratib
olish, asosiy va ikkinchi darajali axborotlarni aniqlash. Ta’kidlash joizki, bilim
ko‘rinishidagi istalgan axborotni olish tanishdan notanishga (yangiga), oddiydan
murakkabga tomon borishi kerak.
YODDA TUTING
Ilmda axborot haqqoniy dalillar, ma’lumotlar va
isbotlarga tayanishi kerak. Barcha ilmiy nashrlar - bu
yangi, haqqoniy dalillar, kuzatishlar, umumlashtirishlar
haqidagi xabarlar. Haqqoniy bo‘lmagan axborot ilmda
real voqelikka zid bo‘lgan axborot kabi chetlatiladi.
|
| |