• Turkiy tillar 36 Nazorat savollari
  • Gayubova komila anvarovna yulanova nargiza davlatovna akademik yozuv




    Download 7,1 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet18/150
    Sana09.10.2024
    Hajmi7,1 Mb.
    #274172
    1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   150
    Bog'liq
    Akademik yozuv o\'quv qo\'llanma

     
     
     
     
     
    5- topshiriq. 
    Mutafakkirlarning til haqidagi fikrlaridan namunalar keltiring.
     
     
     
    Turkiy 
    tillar 


    36 
     
    Nazorat savollari 
     
     
    1.
    Axborot – bu …… 
    2.
    Akademik yozuv fani nimani o‘rgatadi? 
    3.
    Axborotning xususiyatlarini aytib bering. 
    4.
    Axborot qanday tasniflanadi? 
    5.
    Axborot resurslari deganda nimani tushunasiz? 
     
    3-mavzu.
    Matn va uning turlari 
     
    Nazariy ma’lumot. 
     
    Matn va uning ko‘rinishlari 
    Ma’lum bir shaxs tomonidan ayrim voqea-hodisa, narsa-buyumning izchil
    tasviri va tavsifi uchun tuzilgan gaplar sirasi matn deyiladi.
     
    Matn ko‘rinishlari 2 xil bo‘lib, ular mikromatn va makromatndir.
    Bir necha gaplarning o‘zaro grammatik va mazmuniy bog’lanishidan tashkil 
    topgan, mazmuniy yaxlitlikga ega bo‘lgan qo‘shma gaplarga nisbatan yirikroq 
    yozma va og’zaki nutq parchasi mikromatn deyiladi. 
    Bir umumiy mavzu ostida birlashgan bir necha mikromatnlardan tashkil 
    topuvchi yaxlit asarga makromatn deyiladi. 
    Matnning turlari ham 2 xil: ma’lumotnoma matni va ijodiy-tavsifiy matn. 
    Ma’lumotnoma matnida bo‘lib o‘tgan voqea-hodisa yoki mavjud holat haqida 
    oddiy axborot beriladi.
    Ijodiy-tavsifiy matn so‘zlovchi yoki yozuvchi tomonidan ijodiy ravishda bayon 
    etilgan voqea-hodisa, narsa yoki shaxsning tasviri yoki xabar, ma’lumotning 


    37 
    ijodiy-tavsifiy bayonidir. Ilmiy, publitistik va badiiy uslublar, shuningdek, insho 
    ham ijodiy-tavsifiy matnning ko‘rinishlaridir.
    Dialogik matnning ma’no munosabatiga ko‘ra turlari. 
    Dialog ( yun. dialogos – gaplashish, suhbat) -
    1) ikki yoki undan ortiq kishining nutqiy muloqoti, suhbat;
    2) adabiy – badiiy matn komponenti, asardagi personajlarning nutqiy muloqoti
    berilgan o‘rinlar. Hozirgi zamon prozasi rivoya, tavsif va dialogdan tarkib
    topadi; zamonaviy epik asarlarda dialog salmog’ining ortishi kuzatiladiki,
    bunga turlararo sintezlashuv, badiiy adabiyotning boshqa san’atlar bilan
    o‘zaro aloqasi natijasi sifatida qarash mumkin;
    3) falsafiy – publisistik mazmun yo‘nalishidagi janr, unda qo‘yilgan masala bir
    necha kishining suhbati shaklida muhokama etiladi. Dialog janriga antik
    davrning Suqrot, Aflotun singari mutafakkirlari asos solganlar. Keyinchalik
    o‘rta asrlar, Uyg’onish davri va Yevropa ma’rifatchilik adabiyotida ham
    dialog janri ancha faol bo‘lgan. O‘zbek adabiyotida dialog - ning ildizlari
    munozara janriga borib taqaladi. XX asr boshlari o‘zbek adabiyotida dialog
    janri, unga xos unsurlardan ma’rifatchilik g’oyalarini ommalashtirishda
    samarali foydalanildi. Jumladan, Fitratning “Munozara”, “Bedil” asarlarini
    dialog janri namunasi sanash mumkin. 
    Monologik matn. Monologik matnda mazmun izchilligi va ohang. 
    Monolog ( yunon. monos – yakka, logos – so‘z ) - yakka shaxsning ayni
    paytda javob berilishini talab qilmaydigan, o‘zgalar replikalari bilan
    bo‘linmagan nutqi. Monolog og’zaki shaklda ( turli yig’inlardagi nutq,
    ma’ruza, hisobotlar) ham, yozma shaklda ( publitsistika, memuarlar va h. ) 
    ham keng qo‘llanadi. Badiiy adabiyotda monologlardan turli maqsadlarda
    foydalaniladi. Ayniqsa, dramatik asarlarda monologlarning badiiy – estetik
    vazifalar doirasi ancha keng. Jumladan,
    Monolog – dramatik personajning ruhiy holati, uning ongiyu qalbida
    kechayotgan jarayonlarni tasvirlashning asosiy shakli. Ayni chog’da, shartli
    ravishda tasvirlanuvchi bunday ruhiy jarayonlar voqealarga g’oyaviy – hissiy


    38 
    munosabatni ifodalash, ayrim muhim tafsilotlarni berish, syujet rivojini
    asoslash kabi qator muhim funksiyalarni ham bajaradi. Monolog lirikaning
    ustuvor nutq shakli, lirik qahramon kechinmalari, asosan, uning monologi 
    orqali ifodalanadi. Bu narsa ijroviy lirika namunalarida, ayniqsa, yaqqol
    ko‘zga tashlanadi, shuning uchun amaliyotda bunday she’rlar monolog deb
    ham yuritiladi ( A. Oripov. “ Hamza”; X. Davron. “Abulhay so‘zi” ) . Sifat
    jihatidan monologning turli ko‘rinishlari mavjud ( q. badiiy nutq, ichki
    monolog). 

    Download 7,1 Mb.
    1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   150




    Download 7,1 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Gayubova komila anvarovna yulanova nargiza davlatovna akademik yozuv

    Download 7,1 Mb.
    Pdf ko'rish