• 1. Yaxlitlik matnning xususiyati sifatida
  • 2. Matn albatta kompozitsiyaga ega bo‘lishi kerak
  • Gayubova komila anvarovna yulanova nargiza davlatovna akademik yozuv




    Download 7,1 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet21/150
    Sana09.10.2024
    Hajmi7,1 Mb.
    #274172
    1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   150
    Bog'liq
    Akademik yozuv o\'quv qo\'llanma

    5 -topshiriq
    .
    Buyuk sarkardalardan kimlarni bilasiz? Ular haqida 
    ma’lumotnoma matni tuzing. 
     
     
     
     
     


    44 
    4-mavzu.
    Matn hosil qiluvchi vositalari 
     
    Nazariy ma’lumot. 
     
    Aloqaning mantiqiy vositalari 
    Matn tuzilishidagi asosiy qoidalar
    Matn yaxlit nutqiy asar bo‘lib, boshlanish, fikrlarni ochib berish tuzilmasi
    va tugallanishlarga ega.
    1. Yaxlitlik matnning xususiyati sifatida 
    berilgan birlikda yagona mavzudagi 
    hikoya bo‘lishini nazarda tutadi. Bu mavzu sarlavha sifatida berilishi mumkin. 
    Matnga sarlavha qo‘yish murakkab, chunki u bir tomondan butun matnnning 
    mazmunini aks ettirishi, ikkinchi tomondan adresatga tushunarli bo‘lishi kerak. 
    2. Matn albatta kompozitsiyaga ega bo‘lishi kerak,
    uch qismdan iborat reja 
    asosida – bosh qism, o‘rta qism (fikrni ochish) va xotima qismlaridan tuzilgan 
    bo‘lishi kerak. 

    Bosh qism 
    o‘quvchi, eshituvchini
     
    bevosita matnning asosiy mazmunini 
    qabul qilishga tayyorlaydi. Unda hikoya mavzusi shakllanadi. O‘rta qismda 
    bu mavzu rivojlanib boradi. Xotima qismi mazzuni ochib berishga yakun 
    yasaydi.

    Kompozitsiyaning har uchchala qismi o‘ziga xos xususiyatlarga ega hamda 
    maxsus til vositalari yordamida aks etadi. Fikrning boshlanishi, bir fikrdan 
    boshqasiga o‘tish, mavzuning yakuni kabilarning ma’lum bir shakllari 
    mavjud. Ular boshlanish va xotima qismlarida barqaror bo‘ladi. 

    Maktablardagi insholarda boshlanish va xotima funksiyasini, odatda, zaruriy 
    bo‘lgan kirish va xulosa qismlari bajaradi. Maktablardagi insholarning 
    asosiy xatoliklaridan biri yo boshlanish va xotimaning yo‘qligi yoki 
    kompozitsiyaning bu elementlari bilan matnning asosiy mazmunidagi 
    bog’liqlikning yo‘qligi. 


    45 

    Fikrni ochib berish ma’lum bir mantiqiy sxema asosida quriladi. Unga tezis 
    (muallif o‘quvchiga yеtkazmoqchi bo‘lgan asosiy g’oya) va dalillar (muallif 
    tezisini tasdiqlovchi isbotlar, misollar, illyustratsiyalar) kiradi.

    Download 7,1 Mb.
    1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   150




    Download 7,1 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Gayubova komila anvarovna yulanova nargiza davlatovna akademik yozuv

    Download 7,1 Mb.
    Pdf ko'rish