• Mavzu yuzasidan mashq va topshiriqlar 1-topshiriq. Berilgan matn qismlarini mazmun jihatidan bir-biriga bog’lab, maqolani to‘g’rilab qayta yozing.
  • Aloqaning mantiqiy vositalariga qo‘yidagilar kiradi




    Download 7,1 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet23/150
    Sana09.10.2024
    Hajmi7,1 Mb.
    #274172
    1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   150
    Bog'liq
    Akademik yozuv o\'quv qo\'llanma

    Aloqaning mantiqiy vositalariga qo‘yidagilar kiradi: 
    1)
    fikrlar, voqealar, dalillarni bayon qilishda ketma-ketlik
    2)
    sabab-oqibat va shart-oqibat aloqalariga rioya qilish (so‘zlarni qo‘llash: 
    shuning uchun, natijada, demak, shu bilan bog’liq, shu bilan birga va b.), 
    3)
    fikr bildirish tartibini tashkil qiluvchi kirish so‘zlarni qo‘llash (
    masalan

    birinchidan, ikkinchidan, bir tomondan, boshqa tomondan, bundan tashqari,umuman 
    olganda), 
    4)
    yakunlovchi so‘zlarni qo‘llash 
    (nihoyat, shunday qilib, oxirida, yakun 
    yasaymiz). 
    Mavzu yuzasidan mashq va topshiriqlar 
    1-topshiriq. 
    Berilgan matn qismlarini mazmun jihatidan bir-biriga bog’lab, 
    maqolani to‘g’rilab qayta yozing. 
     
    Abu Rayhon Beruniy
     
    (973-1048) 


    47 

    Beruniy ona tilidan tashqari yana bir qancha tillarni: arab, sug`diy, fors, 
    suryoniy, yunon va qadimgi yaxudiy tillarini, keyinchalik Hindistonda sanskrit 
    tilini o`rganadi. 

    U 22 yoshida vatanini tashlab chiqib ketishga majbur bo`ldi va bir qancha vaqt 
    Kaspiy dengizining janubi-sharqiy sohilidagiJurjon shahrida muhojirlikda 
    yashadi. So`ng qadimgi Ray shahriga bordi, 998 yildan keyin yana Jurjonga 
    keldi va bu еrda o`zining ikkinchi ustozi tabib, astronom, faylasuf Abu Sahl Iso 
    al-Masihiy bilan tanishib, undan ta`lim oldi. Beruniy “Osor al-boqiya an 
    alqurun al-xoliya” (“Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar”) asarini Jurjonda 
    muhojirlik davrida yoza boshlagan va 1000 yilda tamomlagan. “Osor al-boqiya” 
    Beruniyga juda katta shuhrat keltirdi, uni fanning hamma sohasiga qiziquvchi 
    buyuk olim ekanini ko`rsatdi. Bundan tashqari Beruniy Jurjonda astronomiya
    netrologiya tarixiga oid 10 dan ortiq asar yozdi. 

    O`rta asrning buyuk qomusiy olimi Abu Rayhon Muhammad ibn Ahmad ak-
    Beruniy zamonasining qator fanlari: astronomiya, fizika, matematika, 
    geodeziya, mineralogiya, geologiya, tarix kabilarni chuqur o`rgandi. U 
    Xorazmning qadimgi poytaxti Kot shahrida tug`ildi va yoshligidanoq ilm-fanga 
    qiziqishi orta bordi. Beruniy keyinchalik mashhur olim Abu Nasr Mansur ibn 
    Iroq ko`lida ta`lim oldi. Ibn Iroq astronomiya,geometriya,matematikaga oid bir 
    qancha asarlar yozib, shulardan 12 tasini Beruniyga bag`ishlaydi. 

    Beruniy shoh Mahmud G`aznaviy II ning eng yaqin maslahatchisi sifatida 
    mamlakatning siyosiy ishlarida ham faol qatnashdi. 

    Beruniy o`z asarlari ro`yxatini tuzgandan keyin yana ikkita muhim kitobini 
    yozgan. Bulardan biri “Mineralogiya”dir. Bu risola o`z ma`nosi uchun 
    Markaziy Osiyo va Yaqin Sharq, hatto Ovro`pada ham mineralogiya sohasida 
    eng yaxshi, tengi yo`q asar hisoblanadi. Beruniyning oxirgi asari – “Dorivor 


    48 
    o`simliklar haqida kitob”ining qo`lyozmasi XX asrning 30-yillarida Turkiyada 
    topildi.Asar “Saydona” nomi bilan mashhur, unda Beruniy Sharq, ayniqsa 
    Markaziy Osiyoda o`sadigan dorivor o`simliklarning to`la tavsifini beradi. 

    Xorazmning Mahmud G`aznaviy tomonidan bosib olinishi Beruniy hayotini 
    xavf ostiga qo`ydi. U Xorazmshoh saroyidagi barcha olimlar bilan birga 
    G`azna shahriga asr qilib olib ketiladi. Beruniyning 1017 – 1048 yillarda 
    G`aznada kechirgan hayoti, bir tomondan nihoyat og`ir kechgan bo`lsa, 
    ikkinchi tomondan, uning ilmiy faoliyati uchun eng mahsuldor davr bo`ldi. 
    Beruniyning “Xorazmning mashhur kishilari” asari ham shu davrda 
    yaratilgan. Uning muhim astronomic-geografik asari “Tahdid nihoyot al-
    amoniya li tasxidi masofat al-masokin” (“Turar joylar orasidagi masofani 
    tekshirish uchun joylarning oxirgi chegaralarini aniqlash” – “Geodeziya”) 
    1025 yilda yozib tugatilgan. 

    Download 7,1 Mb.
    1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   150




    Download 7,1 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Aloqaning mantiqiy vositalariga qo‘yidagilar kiradi

    Download 7,1 Mb.
    Pdf ko'rish