50
5-mavzu.
Matnni ma’noviy qismlarga bo‘lish tamoyillari
Nazariy ma’lumot.
Matnni bo‘limlarga bo‘lish
deganda uni mantiqiy mustaqil tarkibiy
qismlarga bo‘lish tushuniladi. Ilmiy ishni bo‘limlarga bo‘lish
mavzuni optimal
ochib berishga xizmat qiladi. Kirish va xulosa qismlari butun ko‘rinishda bo‘lib,
asosiy qism bob va paragraflarga bo‘linadi. Bu ish raqamlash va sarlavhalarni
shakllantirish orqali amalga oshiriladi. Bob va paragraflarning sarlavhalari berilgan
matn kesimida keyingi bayon qilishni belgilab beradi.
Har bir sarlavha keyingi
matn mazmuniga mos keladi. Bunda har bir bob mazmuni paragraflar
mazmunining mantiqiy yig’indisiga teng.
Matnni bo‘limlarga bo‘lish tamoyillari
1) matnni tarkibiy qismlarga bo‘lish, bir qismni boshqasidan ajratish;
2) sarlavha va raqamlashni qo‘llash.
Ilmiy asarda qismlarga bo‘lish ilmiy tadqiqotning mantiqini aks ettirishi kerak.
Eng oddiy bo‘lim abzats hisoblanadi (matdagi har bir qism birinchi qatorini o‘ng
tomonga surish); abzats bir fikr yoki mavzudan boshqasiga o‘tilishini anglatadi.
Abzats bilan matnni bo‘limlarga bo‘lish raqamlanishi mumkin – matn qismlarining
ketma-ket joylanishi son yoki harf bilan belgilanadi.
Eng ko‘p qo‘llaniladigan raqamlanish tizimi.
1. Turli xildagi belgilarni qo‘llash:
rim va arab raqamlari, bosh harflar va kichik
harflar, xat boshi.
Bunday yondashuvda belgilash tizimi pasayib borish tartibida joylashadi:
A... B... V... - I... II... III... - 1... 2... 3... - 1)... 2)... 3)... - a)... b)... v)...
Bunda quyidagi tartibga rioya qilinadi:
a) qismlarning tartib raqami so‘z bilan ifodalanadi (birinchi qism);
51
b) bo‘limlarning raqami bosh harflar bilan ko‘rsatiladi (masalan: A bo‘lim);
v) boblarning raqami - rim sonlari bilan (I bob);
g) paragraflar raqami – arab sonlari bilan (§ 1)
2. Muayyan birikmalarda faqat arab sonlarini qo‘llash.
Bunday bo‘limlarga bo‘lish tizimida ilmiy asarning eng yirik qismlari raqami bir
sondan, tarkibidagi qismlar – ikki sondan, uchinchi bosqichdagi bo‘linishi – uch
sondan iborat bo‘ladi. Masalan, 1. 2. 3. (1 – bo‘lim raqami, 2 – bob raqami, 3 –
paragraf raqami).
Bunday raqamlash tizimini qo‘llashda
qism, bo‘lim, bob, paragraf
so‘zlarini
ishlatmasa ham bo‘ladi.