58
Odatda, erkin va ijodiy mavzudalardagi insholar yozilayotganida yoki aniq bir
yozuvchining ijodiga baho berilayotganda sodda shakildagi insho rejalaridan
foydalaniladi. Bunda rejadagi har bir band qisqa va sodda gaplardan iborat bo`ladi.
Sodda shakildagi insho rejasi tuzilayotganda
mavzuga har tomonlama mos
keladigan materiallardan, xalq maqollaridan
va ibratli gaplardan, hikmatli
so‘zlardan foydalanish maqsadga muvofiqdir.
O‘zida insho mavzusining barcha jihatlarini yaqqol
aks ettirib turgan reja
namunalari insho mazmuning ixchamlashtirilgan shakillaridir. Yaxshi tuzilgan
rejalar inshoning yo‘nalishi,
tarkibiy qismlari, mavzuning izchinligi haqida aniq
bir tasavvur beradi. Bunday tipdagi insho rejalaridagi tartib arab raqamlari bilan
belgilanadi va reja bandlari oxirida nuqta qo‘yiladi.