|
Gayubova komila anvarovna yulanova nargiza davlatovna akademik yozuvBog'liq Akademik yozuv o\'quv qo\'llanmaKonspekt.
Konspekt bayonning ko‘rinishlaridan biridir. Konspekt uch xil
bo‘ladi: to‘liq konspekt, qisqa konspekt, tezisli konspekt.
Biror asarni konspektlashtirilganda quyidagi tartibda ish ko‘riladi: avval asar
sinchiklab o‘qib chiqiladi, mazmun anglab olinadi va ko‘chirma qilish
mo‘ljallangan parchalarga belgilar qo‘yib chiqiladi (tagi chiziladi yoki boshqa bir
belgi qo‘yiladi). Konspektlash boshlanganda: a) muallifning ismi sharifi
(familiyasi, ismi, otasining ismi, taxallusi); b) asarning nomi, bosilgan shahri, yili;
v) asarning mazmuni - konspekt beriladi; g) manbadan olingan parchalarning beti
ko‘rsatiladi. Lozim topilganda muallifning ayrim fikrlariga munosabat bildiriladi.
To‘liq konspektda
matnning mazmuni muallif fikrlariga ba’zan bir
izohlovchi gaplar qo‘shish orqali keng bayon qilib beriladi. Ko‘p rejali asarlar
konspekt qilinganda, unda bayon etilgan hamma fikrlar izchil ko‘rsatiladi. Bunday
konspektni o‘qiganda asar haqida yеtarli mu’lumotga ega bo‘lish mumkin.
Qisqa konspektda matndagi eng muhim deb hisoblangan fikrlar bayon etiladi.
Voqealarning tafsilotlari berilmaydi. Muallif o‘z asarida, asosan nimalar ustida
to‘xtalganligi sanab o‘tiladi.
Tezisli konspekt
manbaning asosiy qoidalari eng muhim fikrlarni ajratib
olishdir. Tezis, odatda, ilmiy maqolalar, ma’ruzalarning siqiq mazmunidir. Tezisda
fikrlar ko‘pincha raqamlab boriladi. Tezisning hajmi eng ko‘p deganda 1-4
varaqdan oshmaydi. Lekin bu qat’iy chegara emas. Ba’zi siyosiy masalalarga
bag’ishlangan ma’ruzalarning tezisi kattaroq hajmda ham bo‘lishi mumkin.
Siqiq xulosa (rezyume). Siqiq xulosa ma’ruza yoki boshqa asarlarda keng va
atroflicha dalillar bilan bayon etilgan fikrlarning 3-4 gapli yakunidir. Muallif
rezyumeda kuzatish va mushohadalaridan yuzaga kelgan to‘xtamlarning eng
zarurlarini ko‘rsatadi.
|
| |