63
b)__________________________;
d)__________________________.
2. __________________________________:
a)__________________________;
b)__________________________;
d)__________________________.
III.Xulosa.___________________.
Reja bandlarining belgilanish tartibini quyidagicha modellashtirish
mumkin:
I>1.>1);//a);.
Ba’zan, o‘quvchilar she’riy yo‘l bilan reja tuzishga harakat qilishadi.
Bunday
rejalarni tuzish oson emas, albatta. Lekin har bir reja bandining she’riy
tarzda berilishi aniqlikka, maqsadning to‘g’ri ifodalanishiga monelik qiladi. Reja
bandlaridan bir-ikkitasinigina mavzuga mos she’riy
misralar orqali ifodalash
mumkin.
Mavzuga mos holda tuzilgan reja insho matnini mantiqiy izchillikda bayon
etishga yordam beradi, insho qismlarining mutanosibligini ta’minlaydi.
Shuningdek, ortiqcha takrorlar, mavzudan chetga chiqish hollariga yo‘l qo‘ymaydi.
Rejaning har bir bandiga javob yozishda mavzuni
yoritish uchun misollar va
sitatalar keltirish o‘rinli bo‘ladi. Sitatalar insho matnida o‘rtaga tashlangan fikrni
dalillaydi.
Xulosa
qilib aytganda, insho rejasini tuzishda mavzu mohiyatini anglagan
hamda o‘zbek tilining imlo qoidalariga rioya qilgan holda ish tutish lozim.