• Bilaman Bilishni xohlayman Bilib oldim
  • Gayubova komila anvarovna yulanova nargiza davlatovna akademik yozuv




    Download 7,1 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet35/150
    Sana09.10.2024
    Hajmi7,1 Mb.
    #274172
    1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   150
    Bog'liq
    Akademik yozuv o\'quv qo\'llanma

     
    5- topshiriq
    . “Pochta tarixi” matnidan foydalanib BBB jadvalini to‘ldiring. 
     
    Nazorat savollari 
     
     
    1.
    Insho rejasini tuzish qanday amalga oshiriladi? 
    2.
    Sodda reja qanday bo‘ladi? 
    3.
     
    Murakkab reja qanday tuziladi? 
     
     
    7-mavzu.
    Konspekt. Konspekt turlari 
     
    Nazariy ma’lumot. 
    Tezis
    Tezis
     
    yunoncha 
    thesis
    “qoida”, 
     
    “isbot” ma`nolaridagi so‘z bo‘lib, “ilmiy 
    asar, maqola, ma’ruza va sh.k.dagi asosiy g’oyalarning qisqa va lo‘nda bayoni”; 
    “haqiqat ekanligi isbotlanishi lozim bo‘lgan hukm, mulohaza, fikr”ni anglatuvchi 
    birlik sifatida qayd etilgan. 
    Bilaman
     
    Bilishni xohlayman 
    Bilib oldim
     


    70 
    Tezis mavzuning yoki matnning asosiy mohiyatini aks ettiruvchi qisqa 
    ifodalar bo‘lib, masalaning keng yoritilishini ta’minlovchi, yo‘naltiruvchi 
    xarakterga ega bo‘lgan umumlashma fikrlardir. 
    Tezis maqsadga ko‘ra ikki xil bo‘ladi: 
    1. Matn mazmunini yorituvchi tezis (bunday tezislarning mohiyati “Qanday 
    masalalar yoritilgan?” savoli mazmun-mohiyati bilan izohlanadi). Masalan, 
    konferensiyadagi ma’ruza matnining qisqacha mazmuni shu tipdagi tezisga misol 
    bo‘ladi. 
    2. Matn tuzishga yo‘naltiruvchi tezis (bunday tezislarning mohiyati 
    “Qanday masalalar yoritiladi?” savoli mazmun-mohiyati bilan izohlanadi). 
    Insho tezisi ikkinchi turga mansub bo‘lib, muallif fikrini jamlash, aniq 
    ifodalashga, izchillik maqsadiga xizmat qiladi. Insho tezisi reja bandlari asosida 
    shakllantiriladi. Reja bandlari insho mazmuniga qanchalik mos bo‘lsa, tezis ham 
    shu darajada mukammal bo‘ladi. 
    Tezislar butun insho mazmuniga yo‘naltiriladi, shu bilan bir qatorda yaxshi 
    insho yozishning muhim shartlaridan biri hisoblanadi. Fikrlar tezisi – bu inshoda 
    siz isbotlashga urinayotgan munozarali nuqtayi nazarlardir. 
    Tezislarning aniq bo‘lishi talab etiladi. Masalan, “O‘lim ular uchun fojia 
    emas, balki azobli hijrondan qutqarguvchi xaloskor, pirovard maqsadlari bo‘lmish
    Yaratganning vasliga noil qiluvchi vosita edi”.
    Ba’zan tezisda fikrlar borasida ma’lumot berish kerak bo‘ladi va bu bilan 
    birga o‘quvchi maqsadga yo‘naltiriladi: “Navoiy Laylining o‘limi, otasining 
    qahrini va ikki oila o‘rtasidagi nizolar tasvirini keltirib, yurak va aql doim turlicha 
    harakat qilishini namoyon qiladi”. 
    Demak, inshoning yuzga kelish jarayonini quyidagicha modellashtirish 
    mumkin: 
    mavzu-reja-tezis-matn. 
    Fikrni yozma bayon qilish bayon, saylanma bayon, konspekt, annotatsiya, 
    referat, sharh, biografiya, avtobiografiya, tavsifnoma, intervyu, ma’ruza, leksiya, 
    hisobot, maktub, kundalik kabi shakllardan iborat. 


    71 

    Download 7,1 Mb.
    1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   150




    Download 7,1 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Gayubova komila anvarovna yulanova nargiza davlatovna akademik yozuv

    Download 7,1 Mb.
    Pdf ko'rish