74
Statistikani yig’ish. Tizim aniq bir vaqt oralig’i uchun ofisdagi
har bir xodimning so’zlashuvlari to’g’risida to’liq statistik hisobotni
shakllantirishi mumkin: qo’ng’iroqlarning umumiy soni; liniya band
bo’lgan paytidagi qo’ng’iroqlar soni; qo’ng’iroqlarni o’rtacha
davomiyligi; trubkani ko’tarmasdan oldin gudoklarning o’rtacha soni;
kutishning o’rtacha va maksimal davomiyligi; so’zlashuvlarning
umumiy bahosi.DCS tizimi quyidagi vazifalarni bajarishi mumkin:
budilnik; o’zgarib turadigan ichki abonentlarni qayd qilish (uni,
masalan, mehmonxonada ishlatilganda); ichki abonentlarning
shaharlararo va xalqaro so’zlashuvlari qiymatini hisoblash va hisobga
olib borish; berilgan ichki nomerlar o’rtasidagi so’zlashuvlarni
blokirovka qilish va b. Mohiyatiga ko’ra bu tizim ofis ATS lar uchun
xos bo’lgan ko’pchilik vazifalarni bajaradi.
Matn yuzasidan savol va topshiriqlar.
1.
Matnga tezisli konspekt tuzing.
2.
Matn yuzasidan savollar tuzib, o‘zaro suhbatlashing.