86
hodisa mohiyatini ta’riflash,
tahlil qilish, sababini aniqlab, dalillar bilan
isbotlash va asosli natijalarni bayon etish muhim hisoblanadi.
Fan-texnikaning turli tarmoqlariga doir ilmiy asarlar, darsliklar ilmiy uslubda
yoziladi. Ilmiy uslub aniq ma’lumotlar asosida
chiqarilgan ilmiy xulosalar
(qoidalar, ta’riflar)ga boy bo‘lishi bilan boshqa uslublardan farq qiladi: Yomg’ir -
suyuq tomchi holidagi atmosfera yog’ini. Tomchining diametri 0,5-0,6 mm
bo‘ladi.
Ilmiy uslubda har bir fanning o‘ziga xos ilmiy atamalaridan foydalaniladi, bu
uslubda so‘zlar o‘z ma’nosida qo‘llanadi, qoida yoki ta’rifning mazmunini
ochishga xizmat qiladigan ajratilgan bo‘laklar, kirish so‘zlar, kirish birikmalar,
shuningdek, qo‘shma gaplardan ko‘proq foydalaniladi.
Nutqning ilmiy uslubi
ilmiy munosabat sohasida amalga oshiriladi. U bir
necha uslubostilarga (kichik uslub) ega: shaxsiy - ilmiy (mutaxassislar
munosabati uchun), ilmiy-ta’limiy (bo‘lajak mutaxassislarning munosabati
uchun), ilmiy-ommabop (mutaxassis bo‘lmaganlar
orasida ilmiy bilimlarni
ommalashtirish uchun). Ilmiy uslub janrlari og’zaki shaklda ma’ruza, doklad,
ilmiy munozarada aks etsa, yozma shaklda esa keyslar, taqrizlar,
maqolalar,
monografiya, dissertatsiyalarda namoyon bo‘ladi.
Ilmiy uslubning ba’zi belgilari: fikrning puxta tayyorlangan monologik
xarakterda bo‘lishi, matn qismlari orasida aniq aloqaning mavjudligi, ilmiy
tushunchalarni
aniq ajratish, qisqalik va ifodalashning bir ma’noliligi. Ilmiy
uslubning o‘ziga xos xususiyati terminlarning — ilmiy tushunchaga ega maxsus
so‘zlarning mavjudligi hisoblanadi.
Maxsus atamalar bu uslubning leksikasini tashkil qiladi, unda adabiy
me’yorga qat’iy rioya etilga holda majhul nisbatdagi fe’llar va murakkab qurilishli
gaplar keng ishlatiladi. Ilmiy uslub bilimning
turli sohalariga qarab, shuningdek,
kimga mo‘ljallanganligiga nisbatan o‘zaro farqlanadi. Masalan, fan sohalari
muayyan shartli belgilar,
formulalar, bayon qilish materiali bilan ajralib turadi.
Ilmiy
uslubdagi
kitoblar
ilm-fanga
oid
ma’lumotlar
berish
bilan
mutaxassislargagina mo‘ljallanishi yoki bunday ilmiy ma’lumotlar keng ommaga
87
qaratilgan bo‘lishi mumkin. Keng jamoatchilikka tushunarli bo‘lgan, tasvir
bayonida emotsionallik, obrazlilik mavjud bo‘lgan uslub ilmiy-ommabop uslub
sanaladi. Ko‘pchilikka mo‘ljallangan ma’ruzalar,
risola va darsliklar shu
uslubning ko‘rinishlaridir.
Ilmiy-ommabop uslubda maxsus atamalar kam ishlatiladi (ishlatilganda esa
izohi beriladi), fikrlar qiziqarli tilda tushuntiriladi, bayonda obrazlilikni
ta’minlovchi badiiy tasvir usullaridan foydalaniladi.