|
Gayubova komila anvarovna yulanova nargiza davlatovna akademik yozuvBog'liq Akademik yozuv o\'quv qo\'llanmaRasmiy-idoraviy uslub
Rasmiy-idoraviy uslub
idoraviy va ijtimoiy munosabatlarda qo‘llanadi.
Davlat idoralari tomonidan chiqariladigan qarorlar, qonunlar, nizomlar, xalqaro
hujjatlar rasmiy-idoraviy uslubda yoziladi. Ariza, tilxat, ma’lumotnoma, chaqiruv
qog’ozi, taklifnoma, shartnoma, tarjimai hol, e’lon, tavsifnoma, dalolatnoma,
hisobot kabilar ham shu uslubda yoziladi. Bunday uslubdagi hujjatlar qisqa, aniq,
barcha uchun tushunarli qilib tuziladi. Bu uslubning asosiy belgisi: jumlalarning
bir qolipda, bir xil shaklda bo‘lishi. Bu uslubda ham so‘zlar o‘z ma’nosida
qo‘llanadi, ko‘pchilikka ma’lum bo‘lgan ayrim qisqartma so‘zlar ishlatiladi, har bir
sohaning o‘ziga xos atamalaridan foydalaniladi. Rasmiy-idoraviy uslubda
ko‘pincha darak gaplardan, qaror, buyruq, ko‘rsatma kabilarda esa buyruq
gaplardan ham foydalaniladi. Bu uslubda gap bo‘laklarining odatdagi tartibda
bo‘lishiga rioya qilinadi: O‘z lavozimini suiiste’mol qilganligi uchun
M.Ahmedovga hayfsan e’lon qilinsin.
Rasmiy-idoraviy nutq yozma shaklda (uning janrlari – qonunlar,
shartnomalar, ma’lumotnoma, ishonchnoma, ariza) va og’zaki (janrlari – doklad,
xabar, sud nutqi, telefondagi xizmat qo‘ng’iroqlari, kelishuvlar) shaklda berilishi
mumkin. Rasmiy-idoraviy uslubda gaplar ixcham va aniq bo‘ladi. U har qanday
tasviriy vositalardan, obrazlilikdan xoli bo‘ladi. Bunday uslubda tilning ikki
vazifasi - axborot uzatish va da’vat etish, buyurish vazifasi amalga oshadi.
Rasmiy-idoraviy uslubning quyidagi belgilari mavjud: tuzilmaning bir
88
shaklga ega ekanligi, bayonning aniqligi va mukammalligi, emotsionallikning
bo‘lmasligi, klishelangan til vositalarining mavjudligi.
Bu uslubda qaror qilindi,
inobatga olinsin, ijro uchun qabul qilinsin, tasdiqlanadi kabi qoliplashgan
so‘zlar va so‘z birikmalari keng qo‘llaniladi.
|
| |