Nutq uslublari
Terminlar
Yozma
nutq
Dialektizm
lar
Badiiy
vositalar
100
3.
O‘sha ”masalang” o‘rniga tushsa dashnom…ga qalqon bo‘lishi,
lovilla…asablarga suv purkab, seni ortiqcha dilsiyohliklar…asrashi ham
mumkin!(O‘.Usmonov)
4.
Men, Rasulov Anvar, “Eng yaxshi kitobxon” ko‘rik-tanlovini
o‘tkazish…litseyimiz kutubxonasidan 10 ta badiiy kitob ol…
5.
Axir, talaba jamiyatning oldi qatlami sanaladi… .Shuni… kerakda,
“o‘qib uqmasa bekor”… .
4-topshiriq.
Said Ahmad
O‘zbek
adabiyotining
yеtuk
yozuvchilaridan
biri
Said
Ahmad
Husanxo‘jayev 1920 yili Toshkentning Samarqand darvoza mahallasida ziyoli
oylada dunyoga keldi. Shu yеrda o‘rta maktabni (1939) bitirib, Oliy o‘quv yurtida
(1940—1941) ta’lim olgan. Adabiyot darslari va to‘garaklarida ijodga bo‘lgan
havasi ortib, qo‘lga qalam ushlagan, vaqtli matbuot uning ijod dorilfununi bo‘lgan.
Said Ahmad dastlab «Mushtum» oynomasida, Radio qo‘mitasida (1942—1943),
«Qizil O‘zbekiston» ro‘znomasi (1943—1947), «Sharq yulduzi» oynomasida
(1948—1950) va so‘nggi yillarda u O‘zbekiston Yozuvchilari uyushmasi
qoshidagi nasr bo‘limiga boshchilik qiladi. Uning birinchi hikoyalar to‘plami
«Tortiq» 1940 yilda nashr etiladi.
Urush va urushdan so‘nggi yillarda Said Ahmad ko‘plab felyeton, ocherk va
hikoyalar yozdi. «Er yurak» (1942), «Farg’ona hikoyalari» (1948), «Muhabbat»
(1949) kabi to‘plamlar nashr etildi. Ulug’ Vagan urushi davri voqealariga
bag’ishlangan «Xazina», «Hayqiriq», «Rahmat azizlarim» kabi hikoyalarida avtor
101
urushning dahshatli oqibatlarini hayajonli tasvirlaydi, urush qahramonlarini
ulug’laydi.
Adibning hikoyalarida Oybekning psixologik tasvir mahorati, G’afur
G’ulomning yumori, Abdulla Qahhorning bayondagi lakonizmi mujassamdir.
Said Ahmadning barcha hikoyalari zamonaviy mavzuda yozilgan. U
hikoyalarida tasvirlaydigan har bir voqeadan falsafiy umumlashma chiqarishga,
voqealarni lirik ta’sirchanlik bilan ifodalashga, badiiy usullarning xilma-xilligiga
erishishga intildi. «Cho‘l burguti», «O‘rik domla», «Lochin», «Odam va bo‘ri»,
«Bo‘ston», «To‘y boshi» kabi qator asarlari Said Ahmad ijodida ham, o‘zbek
nasrida ham yangilik bo‘ldi, Adib hikoyalarining bosh qahramoni ichki dunyosi
boy va pok bo‘lgan zamondoshlarimizdir. Muallif «Tog’ afsonasi», «Zumrad»,
«Muhabbatning tug’ilishi», «Ko‘zlaringda o‘t bor edi», «Poyqadam», «Alla»,
«Iqbol chiroqlari» asarlarida hayotiy xarakterlar yaratdi.
Said Ahmad hajviy hikoyalarida taraqqiyotimizga to‘siq bo‘layotgan yaramas urf-
odatlar ustidan kuladi, yangicha ma’naviy-axloqiy masalalarni o‘rtaga qo‘yadi.
Aksincha, o‘zbek psixologiyasiga singmaydigan, milliylikdan yiroq bevatan,
bemillat, yangicha urf-odatlar, udumlar ustidan ham qahqaha otib kuladi. Uning
«Xanka bilan Tanka» «Lampa shisha» kabi o‘nlab hajviyalari shular jumlasidandir.
Said Ahmad kichik hajviy asarlari bilan o‘zbek radio va televideniyesida quvnoq
miniatyuralar teatriga asos solgan.
Said Ahmad hikoyalaridan asta-sekin yirik asarlar yaratishga o‘tdi. 1949
yilda chop etilgan «Qadrdon dalalar» va «Hukm» (1958) qissalari shular
jumlasidandir.
«Ufq» romanida (1964) Ulug’ Vatan urushining olovli yillarida o‘zbek
dehqonlarining front orqasida ko‘rsatgan mehnat qahramonliklari atroflicha hikoya
qilinadi. «Ufq» trilogiya bo‘lib, yozuvchi unda urushdan oldingi va undan keyingi
davr hayotiy muammolari haqida bahs yuritadi.
Said Ahmad ham qatag’onlik zulmining ikkinchi to‘lqiniga duchor bo‘lgan,
lager azoblarini tortgan ijodkordir. O‘z talanti va ona xalqiga sadoqat, katta
ishonch adibni so‘z san’atkori darajasiga еtkazgan.
102
Ijodkor tarjima ishlari bilan ham faol shug’ullangan. Jumladan, B. Polevoy,
A. Musatov, O. Gonchar kabi yozuvchilar asarlarini o‘zbek tiliga tarjima qilgan.
Ayni chog’da adibning ko‘pgina hikoyalari qardosh va horijiy tillarga o‘girildi.
Said Ahmad o‘zining quvnoq, orombahsh hikoyalari va salmoqli romanlari bilan
o‘zbek prozasi rivojlanishiga katta hissa qo‘shib kelayotgan ilg’or yozuvchidir. U
O‘zbekiston xalq yozuvchisi, Hamza mukofoti sovrindori hamdir.
Matn yuzasidan savol va topshiriqlar.
1. Matnni o‘qing. Matnga reja tuzing.
2. Reja asosida matnni so‘zlab bering.
3. Matn yuzasidan savollar tuzib, o‘zaro suhbatlashing.
|