95
takroriy so‘z va birikmalardan unumli foydalaniladi: Azamat fermerlarimiz mo‘l
hosil yеtishtirish uchun fidokorona mehnat qilishyapti. Bu uslub, avvalo, tashviqot
va targ’ibot uslubi bo‘lganligi uchun ham unda siyosiy faollik, hozirjavoblik, o‘tkir
va ta’sirchan
notiqlik, mantiqiy mulohaza va dalillar bilan tushuntirish,
isbotlash
kabi belgilar ustunlik qiladi.
Publitsistik nutq uslubi ijtimoiy-siyosiy faoliyat sohasi bilan bog’liq va
ommaviy axborot vositalarining tilidir. Ushbu uslub maqolalar, ocherklar, esselar,
reportajlar, intervyular, shuningdek og’zaki ommaviy nutqlarni yozishda ishlatiladi.
Publitsistik uslubning asosiy belgisi standart va
ifodali nutq vositalarining
kombinatsiyasi hisoblanadi. Axborotga boy, keng qo‘llaniladigan, emotsionallikka
ega so‘zlarning mavjudligi bilan tavsiflanadi. Publitsistik uslubi ham ko‘plab
neologizmlarga ega. Ushbu uslubda hamma narsa o‘quvchining e’tiborini jalb qilish
va saqlashga qaratilgan.