Annotatsiya
Maskur qo‘llanma rus tilida so‘zlashuvchi guruhlar uchun tuzilgan
bo‘lib, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tavsiya qilgan namunaviy dastur
asosida tuzilgan. Qo‘llanma o‘quv yili davomida rejaga binoan olib boriladigan
mavzularni o‘z ichiga qamrab olgan. Qo‘llanmada turli manbalardan
foydalanilganligini, matnning mazmundor, o‘ziga xos qaytarilmasligi ko‘zga
tashlanadi. Shuningdek, dasturiy injiniring, iqtisod, telekommunikatsiya, axborot
texnologiyalari, aloqa sohasi bilan bevosita bog’liq matnlar ham o‘rin olgan.
Qo‘llanmada
berilgan
grammatik
mavzular
mashqlar
bilan
mustahkamlanadi. Leksik matnlar turli mavzularda yoritilgan. Qo‘llanmadan o‘rin
108
olgan matnlarning barchasi, bizningcha, har tomonlama yondoshilgan holda
tanlangan. Ularni o‘qigan kishi nafaqat yangilik oladi, balki undan o‘ziga tegishli
xulosalar chiqarib, mustaqil fikrlay boshlaydi. Ham ta’limiy, ham tarbiyaviy
ahamiyati borligini alohida qayd qilish lozim.
NAMUNA
Mavzu:
Oliy ta’lim muassasalarida “akademik yozuv” fanining o‘rni,maqsad
va vazifalari haqida
Annotatsiya
Bu maqolada muallif hozirgi kunda OTM da o‘rganilayotgan “Akademik
yozuv” fani haqida fikr yuritadi. Bu fanning asosiy vazifasi talabalarda ilmiy
nutqni rivojlantirish, mutaxassislik tili, ixtisoslik terminologiyasi, ixtisoslik
matnlari yaratish asoslarini shakllantirishdan iborat.
Kalit so‘zlar:
akademik yozuv, mutaxassislik, terminologiya, matn, ilmiy
uslub, maqola, fan va texnika, ixtisoslik, nutqiy ko‘nikma.
Maqola matni
Hozirgi kunda o‘zbek tilining ijtimoiy mavqei tobora ortib borayotganligi,
lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosi va imlo qoidalarining joriy etilganligi, ish
yuritishda to‘liq davlat tiliga o‘tilganligi barcha mutaxassislarning millatidan qat’iy
nazar, o‘zbek tilini puxta egallashlarini taqozo etmoqda.
Ma’lumki, istiqlol yillarida o‘zbek tilining qo‘llanilish doirasi fanda
nihoyatda kengaygani, uni ilmiy asosda rivojlantirishga qaratilgan tadqiqotlar,
tilimizning o‘ziga xos xususiyatlariga bag’ishlangan ilmiy va ommabop risolalar,
o‘quv qo‘llanmalari, yangi-yangi lug’atlarning chop etilayotgani jamiyat tafakkurini
yuksaltirishga o‘z hissasini qo‘shmoqda. O‘zbek tilining kompyuter va internet, aniq
fanlar, tibbiyot, iqtisodiyot, sport kabi maxsus atama va tushunchalarni talab
qiladigan sohalarda ham keng qo‘llana boshlagani uning imkoniyatlari nechog’lik
katta ekanini ko‘rsatadi.
109
O‘zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishib, demokratik huquqiy davlat
va fuqarolik jamiyati qurish yo‘lidan borayotgan bugungi kunda dunyo andozalari
darajasidagi bilimdon, zukko, har tomonlama еtuk mutaxassis kadrlarni tayyorlash
muhim ahamiyat kasb etmoqda. Mazkur fan talabalarga matnlar, ularning turlari,
har bir matnda aks etishi lozim bo‘lgan ma’lumotlar, axborotlar, ijtimoiy-iqtisodiy,
siyosiy-ma’naviy hayotimizga oid hamda o‘rganayotgan mutaxassisliklariga doir
terminlar, ularni tanlashdagi o‘ziga xos xususiyatlarni o‘rgatish uchun
mo‘ljallangan.
Bu esa ta’lim andozalariga yangi, zamonaviy fanlarni kiritish orqali amalga
oshiriladi. Endilikda respublikamizdagi barcha korxonalarda yuritiladigan
hujjatlarni o‘zbek tili qonun-qoidalariga mos ravishda rasmiylashtirilishiga
erishishdek ulkan vazifa hammamizning oldimizda turibdi.
“Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi” va “Ta’lim to‘g’risida”gi qonun talablaridan
kelib chiqqan holda Toshkent axborot texnologiyalari universiteti bakalavrlariga
“Akademik yozuv” fani kiritildi.
Bu fanni o‘qitishdan maqsad ixtisosligi sohasida bilimli, zukko, og’zaki va
yozma savodxonligi еtuk mutaxassisni tayyorlash uchun talabalarda mutaxassislik
tili bilimlarini – so‘z va terminlarni qo‘llash, gap va matnlarni to‘g’ri va mantiqli
tuzish, nutqiy etiket va notiqlik mahorati bo‘yicha bilim, ko‘nikma va malakani
shakllantirishdir.
Shunga ko‘ra universitet talabalari uchun “Akademik yozuv” kursining
kiritilishi maqsadga muvofiq ish bo‘ldi.
Fanning muhim vazifalaridan biri bakalavrda mutaxassislik tili, ixtisoslik
terminologiyasi, ixtisoslik matnlari yaratish, mutaxassislik nutqi asoslarini
shakllantirishdan iboratdir.
“Akademik yozuv” fani nutq madaniyati va o‘zbek tilining boshqa sohalari
bilan chambarchas bog’liqdir. Bakalavr o‘z mutaxassislik fanlari bilan bir qatorda
mutaxassislik tili va uslubi, mutaxassislik terminologiyasi va atamashunoslik, ish
yuritish va hujjatchilik to‘g’risida mukammal bilimga ega bo‘lmasdan turib, o‘z fikrini
ixtisosligi sohasiga qo‘yiladigan talablar asosida aniq va ravshan ifoda eta olmaydi.
110
Shunga ko‘ra, bo‘lajak mutaxassislar fan va texnika tilining o‘ziga xos xususiyatlaridan
puxta xabardor bo‘lmog’i lozim.
Bakalavrlar o‘z ixtisosligidan kelib chiqqan holda, respublikamiz iqtisodini
yuksaltirishga, uni jahonda munosib o‘rin egallashiga hissa qo‘shadi, chet
mamlakatlarda va yurtimizda davlatimiz manfaatini himoya qiladi, kuch-qudratini
namoyish etadi. Shunga ko‘ra, bo‘lajak mutaxassislar davlat tili – o‘zbek tilini
mukammal, aniq va ravshan egallashlari shart. Shuning uchun dasturda mutaxassislik
tili bilimlariga alohida urg’u berildi.
Hozirgi kunda o‘zbek tilining ijtimoiy mavqei tobora ortib borayotganligi,
lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosi va imlo qoidalarining joriy etilganligi,
ish yuritishda to‘liq davlat tiliga o‘tilganligi barcha mutaxassislarning millatidan
qat’iy nazar, o‘zbek tilini puxta egallashlarini taqozo etmoqda.
Shu bois, mazkur o‘quv kursining o‘qitilishi muayyan amaliy yo‘nalishga ega
bo‘lib, bakalavr mutaxassislik tili bo‘yicha nazariy bilim va amaliy ko‘nikmalarni, o‘z
sohasiga oid so‘z va terminlarni, hujjatlarni to‘g’ri yozish malakasini hosil qilishni
ko‘zda tutadi.
Bo‘lajak mutaxassisning kasbiy layoqati va mahorati hozirgi davrda o‘z
kasbining madaniyati asoslari hamda notiqlik me’yorlarini ham bilishni taqozo
etmoqda.
Fanni o‘qitish tamoyillari, mazmuni va uslubini o‘zgartirib, talabalarning
yozma
nutqiy
ko‘nikmalarni
takomillashtirish,
o‘zbek
tilining
boy
imkoniyatlaridan o‘z mutaxassisligi bo‘yicha foydalanish, fikrini to‘g’ri, aniq,
mantiqli ifoda etishga o‘rganishni ko‘zda tutadi. Shularni nazarda tutib, fan
bo‘yicha o‘quv dasturi ishlab chiqildi hamda bu dastur asosida o‘quv qo‘llanma
yaratildi.
Shuni
ta’kidlash
joizki,
ushbu
qo‘llanma
nutqiy
ko‘nikmalarni
shakllantirishga yo‘naltirilgan kommunikativ tamoyilga asoslanib tuzildi. Nazariy
bilimlar fikr ifodalash vositasi bo‘lib, asosiy maqsadning amalga oshishiga xizmat
qiladi.
111
Qo‘llanmada nutq uslublariga, jumladan, ilmiy, publitsistik, ilmiy-ommabop
va rasmiy-idoraviy uslublarga keng o‘rin ajratilib, talabaning o‘z mutaxassisligi
sohasi bo‘yicha ulardan foydalanib, matn yaratish ko‘nikmasi hosil qilinadi.
Qo‘llanmada talaba oldiga ilmiy, publtsistik, badiiy adabiyotlarni o‘qib
tahlil qilish, mutaxassislik sohasida matn yaratish, matnni tarjima qilish, uni shakl
va mazmun jihatdan yangilash kabi talablar qo‘yildi.
Umuman olganda, “Akademik yozuv ” fani talabalarda yozma nutq
ko‘nikmalarini shakllantirish, ya’ni, hujjat yuritish, tilning stilistik va imlo
qoidalari, sohaviy terminologiya, mutaxassislik tili va nutq uslublari, sohaviy
hujjatlarni tayyorlash va rasmiylashtirish, soha lug’atlarini o‘rganish, ular
yordamida ilmiy, ommabop maqolalar tayyorlash kabi masalalarni qamrab oladi.
|