|
Annotatsiyada klishelashtirilgan so‘z birikmalariBog'liq Akademik yozuv o\'quv qo\'llanmaAnnotatsiyada klishelashtirilgan so‘z birikmalari:
Kitobda
.... (nima?) tadqiq qilingan.
(nima?) ko‘rsatib o‘tilgan.
(nimani?).... ko‘rib chiqish ishda katta o‘rinni egallaydi.
Yodda tuting. Annotatsiya matnida ko‘rsatib o‘tilgan punktlar o‘rni
almashib kelishi mumkin, ba’zi ma’lumotlar umuman keltirilmasligi
ham mumkin.
106
Monografiyada
(nimaning?)..... tavsifi berilgan.
Tadqiqot ......kabi muammolarni ko‘rib chiqish orqali olib borilgan.
Kitobda
.... (nima?) tahlil qilingan.
Asosiy e’tibor .......ga qaratilgan.
(nimani?).... qo‘llab, muallif bayon etgan.
.....ta’kidlab o‘tilgan.
..... belgilab berilgan.
Kitobda (
nima?
)....
berilgan.
(nima?) ochib berilgan.
Asosiy e’tibor (nimaga?) ....masalalariga qaratilgan.
Ishda (qanday?) muammolarni, (qanday?) masalalarning hal qilinishi aks ettirilgan.
....(ijodiy) xarakteri ko‘rinib turibdi
......mezonlari o‘rnatiladi
Kitobda...... aniq ochib berilgan
.....tavsiflanadi
...... ko‘rib chiqiladi
tahlil natijasida maqolada ..... ko‘rsatiladi
..... haqida gapiriladi
Xotima qismida …..qisqacha to‘xtalib o‘tadi.
Namuna
Annotatsiya
S.A.Karimovning A.Qodiriy nomidagi Xalq merosi nashriyotida 2012-yilda chop
etilgan “Til ta’limi va me’yor” nomli o‘quv qo‘llanmasiga yozilgan
ANNOTATSIYA
Mazkur o‘quv qo‘llanmasi V-220100 va 5-220100-filologiya(o‘zbek tili va
adbiyoti) - bakalavr yo‘nalishida tahsil olayotgan 3-kurs talabalariga
mo‘ljallangan bo‘lib, Davlat ta’lim standartlariga muvofiq keladigan va
107
tanlanma fan sifatida o‘tiladigan “Hozirgi o‘zbek tilining me’yoriy
muammolari” kursi dasturi asosida yozilgan.
Qo‘llanmani yaratishda va me’yoriy hodisaning lingvistik tushuncha
ekanligi, uning predmeti, maqsad va vazifalari, me’yoriy masalasining o‘zbek
tilshunosligida o‘rganilish tarixi, adabiy tilga munosabati, umumiy va xusuiy
me’yorlar, me’yorlarning tildagi imlo, talaffuz, leksik-frazeologik, Grammatik
va uslubiy ko‘rinishlari, me’yor va lug’atchilik, me’yor va nutq madaniyati
masalalarini yoritishda mustaqillik davrida o‘zbek tili va uni tadqiq etishda
yuz bergan o‘zgarishlar hamda erishilgan yutuqlarga tayanilgan.
H.Umarovning “Adabiyot nazariyasi”(Toshkent:Sharq,2002) darsligining
ANNOTATSIYASI
Respublika universitetlarining O‘zbek filologiyasi yo‘nalishi
(fakultetlari)da “Adabiyot nazariyasi” bakalvriatining 4-kursida o‘rganiladi.
Unda adabiyot, badiiy asar, ijodiy jarayonning muhim qonuniyatlari, adabiy
tur va janr, ijodiy metod va uslub muammolarining mohiyati, so‘z va
so‘zshunoslikning sehr-u jozibasi haqida zarur nazariy ta’limot beriladi.
Ushbu darslik Oliy o‘quv yurtlarining filolog talaba-bakalavrlari,
magistrlari, tadqiqotchilari, aspirantlari, doktorantlari va adabiyotga qiziquvchi
barcha ijodkorlarga mo‘ljallangan.
|
| |