112
журавлиный крик
vа
Он слышит как кричат журавли
gaplarini qiyoslab, bu
gaplarning tarkibiy sxemasida farq yo‘qligini, bu sxemalar bir
xil ekanligini, farq
faqat vositasiz ob’ekt ifodasi bilan berkiluvchi sintaktik o‘rinning qanday birlik
bilan to‘ldirilayotganligidaligini, bu o‘rin esa
слышат
fe’lining mazmuni bilan
bog’liqligini aytadi. Birinchi gapda mazkur sintaktik o‘rin so‘z birikmasi bilan,
ikkinchi gapda esa gap bilan berkilgan. Ana shunga ko‘ra u mazkur sodda gap va
keyingi ergash gapli qo‘shma gap o‘rtasidagi funksional
muqobillik bor deb
hisoblaydi, hatto bu qo‘shma gapni sodda gapning o‘ziga xos analogi deb qaraydi.
Sintaktik o‘rin gapdagi predikatni ifodalagan so‘zning ma’nosi va demak,
valentligiga ko‘ra yuzaga keladi. Boshqacha qilib aytganda, bosh gapning kesimi
vazifasidagi so‘zning ma’nosi va valentligi ergash
gapning mohiyatini va
qo‘llanishini ta’minlaydi. Predikatning valentligiga ko‘ra yuzaga keladigan
sintaktik o‘rin, agar predikatning mazmuniy imkoniyati yo‘l qo‘ysagina, tobe
predikativ birlik tomonidan egallanishi mumkin. Aks holda, ergash gapli qo‘shma
gap tarkib topmaydi. Shuning uchun ham ayrim tilshunoslar ergash gapli qo‘shma
gap tarkibini tasvirlashda valentlik nazariyasidan foydalanadilar. Ergash gapli
qo‘shma gaplarning mazmuniy sintaksisini o‘rganishda ham o‘rni bilan valentlik
nazariyasiga murojaat qilish maqsadga muvofiq.
Aytilgan mulohazalardan
shu narsa kelib chiqadiki, ergash gapli qo‘shma
gaplarni o‘rganishda bari bir sodda gaplardagi bo‘laklarning vazifalaridan andaza
olgan ma’qul. Chunki yaxlit sintaktik o‘rinlar tizimi pozitsion struktura sifatida
ergash gapli qo‘shma gaplar sodda gaplardek deyarli farq qilmaydi. Ergash gapli
qo‘shma gaplarda gapning grammatik «sinchi» (karkasi), asosini bevosita
bosh gap
tashkil qiladi. Ergash gap esa u yoki bu tarzda ana shu bosh gap tarkibiga muayyan
bir bo‘lak sifatida kiradi. «Bosh gap tarkibidagi muayyan bo‘lakni izohlaydigan
ergash gaplar» deb ajratilganda ham shu narsa nazarda tutilgan.
Endi «bosh gapni yaxlitligicha izohlaydigan ergash gaplar» degan «iboraga
kelsak, u mantiqan to‘g’ri emas. Bunday gaplar ham bosh gap-dagi muayyan bir
bo‘lak — xol vazifasida keladi. Ergash gaplarning bu tipini baholashda ko‘pincha
ayrim tilshunoslar ularni hol ergash gaplar deyishdan o‘zlarini tiyadilar. Bu
113
munosabat bilan R. Sayfullaeva shunday yozadi: «Hol ergash gapli qo‘shma gap
bilan ikkinchi darajali bo‘laklardan biri bo‘lgan hol turlarining son jihatidan teng
kelmasligidan cho‘chiymizmi?! Hol predikativ birlik emas, balki u gap bo‘lagidir.
Hol ergash gap esa predikativ birlik bo‘lib, diskursning bir elementi. Demak, hol
bilan hol ergash gapni bir planda o‘rganib bo‘lmaydi, ular sintaktik turlarining son
jihatidan teng bo‘lishi shart emas». Lekin R. Sayfullaeva bari bir an’anadan chiqib
ketolmaydi: «Ergash gap bosh gapning biror bo‘lagini izohlaydi.
Agar bosh
gapdagi izohlanuvchi bo‘lak ifodalanmasa, ergash gap bosh gapni butunicha
izohlaydi», Aslida «butunicha izohlaydi», «bosh gapga butunicha aloqador
bo‘ladi» qabilidagi iboralarning o‘zi aniq emas. Qanday qilib
ergash gap yaxlit
bosh gapni izohlashi mumkin? Har qanday gap bo‘lagi (aniqlovchi bundan
mustasno) funksional jihatdan faqat va faqat kesimga aloqador bo‘ladi. Keng
ma’nodagi hol sintaktik o‘rnini egallagan predikativ birlik, ya’ni demak, ergash
gap
ham yaxlit bosh gapga emas, balki uning bir konstruktiv bo‘lagi — kesimga
aloqador bo‘ladi. Masalan,