116
gaplar esa avtosemantik, ya’ni ergash gaplardan ajratib olinganda ham mazmunan
nisbiy mustaqilligini saqlay oladi, mazmunan chala, noto‘liq bo‘lib kolmaydi.
Ergash gapli ko‘shma gaplarning ayrimlarida bosh gapdagi havola bo‘lakning
o‘zi bilan chegaranilmaydi. B
U
xavola bo‘lak bilan
muvofiq keluvchi boshqa bir
havola bo‘lak ergash gap tarkibida ham mavjud bo‘ladi. Bosh va ergash gaplardagi
6
U
havola bo‘laklar savol-javob tarzidagi doimiy qarshilantirish (oppozitsiya)ni
tashkil etadi:
kim
—
u, kim
—
o‘sha, kimlar
—
ular, nima
—
o‘sha, nima
—
shu, nima
—
u,
kancha
—
shuncha,
kanday
—
shunday,
nechta
—
shuncha,
kanchalik
—
shunchalik, qaer
—
shu еr, qay tomon
—
shu tomon
kabi. Ana shu havola
bo‘laklardagi qarshilantirishga ko‘ra bosh va ergash gaplar o‘rtasidagi aloqa
tabiatida ham o‘ziga xoslik yuzaga keladi. Masalan:
Kim mehnat qilsa, u roxat
ko‘radi. Qaerda intizom bo‘lsa, u yеrda muvaffaqiyat bo‘ladi.
Bu gaplardagi tobelilik aloqasi boshqa ergash gapli qo‘shma gaplardagidan
farqli o‘laroq,
ikki tomonlamadir, ya’ni «aloqa yo‘nalishi ergash gaplardan bosh
gaplarga, ayni vaqtda bosh gaplardan ergash gaplar tomon harakat qiladi».
Tobe aloqaning o‘ziga xos bu turi turli tilshunoslar tomonidan turlicha
nomlangan. O‘zaro tobelanishli ergash gapli qo‘shma gaplarda ergash gap oldin,
bosh gap esa keyin keladi. Ergash gap tarkibidagi havola bo‘lak umumlashgan
so‘roq ma’nosida
(kim, nima, qancha, kanday, qaer
kabi), bosh gap tarkibidagi
havola bo‘lak esa shu so‘roqqa umumiy javob ma’nosida
(u, o‘sha, shuncha,
shunday, o‘sha еr
kabi) bo‘ladi. Bunda ergash
gapning kesimi shart ergash
gapning kesimi kabi shart maylidagi fe’l (yoki ba’zan shart ma’nosiga ega bo‘lgan
boshqa fe’l: masalan
-r ekan)
orqali ifodalangan bo‘ladi, lekin undagi shart
ma’nosi kuchsizlangan bo‘lib, bu shakl mazkur havola bo‘laklar bilan birgalikda
bosh va ergash gaplarni bog’lovchi vosita vazifasini bajaradi. Ayni havola
bo‘laklar shart ma’nosini xiralashtiradi, shuning uchun ham o‘zaro tobelanishli,
demak, har ikki qismida ham havola bo‘laklar mavjud bo‘lgan
ergash gapli
qo‘shma gaplar sirasida shart ergash gapli qo‘shma gaplar yo‘q. Agar imkon bor
o‘rinlarda havola bo‘laklar tushirib qoldirilsa, gapdagi shart mazmuni iqqol yuzaga
chiqadi va gap ergash gapli qo‘shma gapga aylanadi. Qiyoslang:
Kim mehnat qilsa,
117
u rohat ko‘radi
(ega ergash gap) —
Mehnat qilsang, rohat ko‘rasan
(shart ergash
gap).
Qayerda intizom bo‘lsa, u yеrda muvaffaqiyat bo‘ladi
(o‘rin ergash gap) —
Intizom bo‘lsa, muvaffaqiyat bo‘ladi
(shart ergash gap).
Ammo ta’kidlash lozimki, havola bo‘lak faqat bosh gapdagina mavjud
bo‘lganda, havola bo‘lakning tushirib qoldirilishi ergash gap turiniig o‘zgarishiga
olib kelmaydi. Qiyoslang:
Tolib aka shuni bilib qo‘ysinki, Akrom Saidning ham
ocherki jurnalda chiqmaydi.
—
Tolib aka bilib qo‘ysinki, Akrom Saidning ham
ocherki jurnalda chiqmaydi.
Har ikki holatda ham to‘ldiruvchi ergash gap mavjud.
Ikkinchi holatdagi, ya’ni bosh gapdagi havola bo‘lagi tushib qolgan gaplarni ham
havola bo‘lakli bosh gap sifatida qarash maqsadga muvofiq, chunki havola bo‘lak
bunday hollarda qo‘llanmaganda ham, uning sintaktik o‘rni ochiq ekanligi aniq
sezilib turadi.
Odatda, bosh gapdagi havola bo‘lakning
tushib qolishi, asosan, ega va
to‘ldiruvchi ergash gapli qo‘shma gaplarda kuzatiladi. Gapdagi predikat
ifodasining kuchli sintagmatik valentliklari ko‘pincha ana shu bo‘laklar — ega va
to‘ldiruvchi bilan berkiladi. Ana shuning uchun ham bosh gapdagi ega va
to‘ldiruvchi vazifasida kelgan havola bo‘laklar qo‘llanmaganda ham, bari bir,
uning borligi anglanadi, istagan paytda uni tiklash mumkin.
Ega, kesim, aniqlovchi, to‘ldiruvchi ergash gapli qo‘shma
gaplar havola
bo‘lakli gaplar hisoblanadi, ularda ba’zan bosh gapda, ba’zan ham bosh, ham
ergash gapda havola bo‘lak mavjud bo‘ladi. Ulchov-daraja, payt va o‘rin ergash
gapli qo‘shma gaplarning ma’lum qismida ham ikki havola bo‘lak (ham bosh, ham
ergash gapda) mavjud bo‘ladi. Natija ergash gapli qo‘shma gaplarda havola bo‘lak,
asosan, bosh gapda bo‘ladi. Qolgan barcha ergash gapli qo‘shma gaplar havola
bo‘laksiz gaplardir.
Xullas, ergash gapli qo‘shma gaplarning mazmuniy
sintaksisi uchun bosh
gaplardagi bunday xususiyatlar ham benihoya ahamiyatlidir.