Cho’lpon Ergash – dostonnavis
REJA:
Kirish
I bob. Cho’lpon Ergash dostonlarining o’ziga xos xususiyatlari
I.1. Cho’lpon Ergashning ijodiy biografiyasi.
I.1. Shoir dostonlarining mavzulari va obrazlari.
II bob. Cho’lpon Ergash dostonlarining sujeti va kompozitsiyasi
II.1. Shoirning turkum dostonlari
II.3. Shoir dostonlarining badiiy olami
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar
KIRISH
Mavzuning dolzarbligi. “Ijod – bu o’zini qiynash, mashaqqat chekish, huzur-halovatdan voz kechish – tom ma’noda fidoiylik demakdir. Chinakam yozuvchi odamlarning dardu g’ami bilan yashashi, xalq ichiga kirib borishi, o’zi uchun ilhomni yangi mavzularni shu hayotdan, unda bo’layotgan o’zgarishlardan olishi kerakligini barchamiz yaxshi bilamiz”.1 Mazkur fikrni o’tgan asrning 70-yillarida adabiyot maydoniga kirib kelgan iste’dodli ijodkor Cho’lpon Ergashga ham tatbiq qilish mumkin. Shoir xalqning dardlarini oshkora aytish qiqin bo’lgan sobiq tuzum davrida ramziylik vositasida poetik fikrni badiiiy ifodalashga erishdi. Ayniqsa, bu jihat uning dostonlarida yorqin ko’zga tashlanadi. Cho’lpon Ergash o’zbek adabiyotida turkum dostonlar yozish an’anasini boshlab berdi. “Rahmon vos-vos” turkum dostonlari bu jihatdan ahamiyatli. Qolaversa, shoir dostonlari xarakteriga ko’ra o’ziga xoslik kasb etadi va zamonaviy dostonchilikda yangi yo’nalishni boshlab berdi. Shoir dostonlari xayoliy kechmish xarakteriga egaligi bilan ajralib turadi. Fantastik hikoya, qissa, romanlar qatorida bu asarlar ham o’ziga xos maqom kasb etadi. Shoirning doston janridagi asarlarini yaxlit tizim shaklida o’rganish bugungi adabiyotshunosligimiz oldida turgan vazifalardan biridir. Ushbu mo’jaz izlanishimizda bir ma’lakaviy bitiruv ishi doirasida shoir dostonlarini o’zimizgacha bajarilgan tadqiqotlarga tayangan holda o’rganishga intildik. Bu tadqiqotning dolzarblik xususiyatini belgilab beradi.
|