Malakaviy bitiruv ishining tuzilishi




Download 160,96 Kb.
bet6/18
Sana23.07.2021
Hajmi160,96 Kb.
#15893
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
Malakaviy bitiruv ishining tuzilishi. Tadqiqot kirish, uch asosiy bob, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar ro’yxatidan iborat bo’lib, hajmi 52 sahifani tashkil etadi.

I BOB. CHO’LPON ERGASH DOSTONLARINING O’ZIGA XOS XUSUSIYATLARI

I.1. CHO’LPON ERGASHNING IJODIY BIOGRAFIYASI

Milliy poetik tafakkur, betakror an’ana va qarashlarni o’zida mujassam etgan o’zbek dostonchiligi tarixi qadimgi davrlarga borib taqaladi. O’zbek folklori va mumtoz adabiyot an’analari ta’sirida shakllangan zamonaviy doston XX asrning 30-yillariga kelib mustaqil janr sifatida shakllandi. XX asrning 50-80 yillarida hukmron mafkura sharoitida ijodkorlar erk va ozodlik mavzusini, davr bilan bog`liq ijtimoiy muammolarni muayyan timsollar orqali va ramzlar vositasida aks ettirishga harakat qildilar. Mustaqillik yillarida qo’lga kiritilgan hur fikrlilik, erkinlik xalq ongi va dunyoqarashi yangilanishiga olib keldi. Shu bois poetik konstepstiyalar – hayotga, ijtimoiy voqelikka, inson shaxsi va faoliyatiga bo’lgan munosabat o’zgardi. Badiiy ifodadagi sobiq tuzumga xos bo’lgan tantanavorlik o’rnini estetik psixologizm – hayotiylik, haqqoniylik, real tasvirlar egallay boshladi. Zero, «Chinakam yozuvchi odamlarning dardu g`ami bilan yashashi, xalq ichiga kirib borishi, o’zi uchun ilhomni, yangi mavzularni shu hayotdan, unda bo’layotgan o’zgarishlardan olishi kerakligini barchamiz yaxshi bilamiz».

Darhaqiqat, XX asrning ikkinchi yarmi o’zbek dostonchiligida jamiyat taraqqiyotida yuz bergan ijtimoiy-siyosiy o’zgarishlar, ayniqsa, xalqimizning mustaqillik haqidagi orzu-o’ylari aks ettirildi.

XX asr o’zbek adabiyoti taraqqiyotini belgilashda nasrda roman qanchalik rol o’ynagan bo’lsa, nazmda doston shunchalik mavqe egalladi. Ayniqsa, o’tgan asrning 60-70 yillarida doston janri jadal rivojlandi. O’zbek dostonnavislari qatoriga yangi-yangi nomlar qo’shildi. Aytish mumkinki, Cho’lpon Ergash ana shu yangi nomlardandir. U o’zbek dostonchiligiga yoniq bir ruh va ovoz bilan kirib keldi.

Cho’lpon Ergash 1937-yilda qo’shni Qirg`iziston Respublikasining O’sh shahrida tug`ildi. Bolaligi ikkinchi jahon urushi davriga to’g`ri kelib, ancha mashaqqatli kechdi. U to’qqiz yoshida maktabga bordi. Harbiy xizmatdan so’ng 60 yillarda toshkentga kelib, avval madaniy oqartuv texnikumida, so’ngra Toshkent teatr va rassomchilik institutida tahsil oldi. Biroq u sahnani emas, adabiyotni tanladi. Yosh qalamkashning birinichi she’ri “O’zbekiston” jurnalida chop etildi. Uning 1970 yilda “Tong yulduzi” nomli birinchi to’plami bosilib chiqdi..

Shundan so’ng Cho’lpon Ergashning “Bizning uyimiz”, “Muborak kunlar” (1972), “Umid chirog`i” (1979), “Bahor orzulari” (1980), “Toongotar sadolari” (1982), “Sehrli qo’ng`iroq”, “Oy chodir tikmoqda” (1985), “Eng baland qasr” (1986), “Karvon kelar”, “Orzuning og`ir kipriklari” (1990) kabi o’nga yaqin kitoblari bosilib chiqdi.

Shoir she’rlarini kuzatar ekanmiz, unda havoyilikdan xoli, og`ir, vazmin va “gap tagida gap yotar” qabilidagi tuyg`ular tizmasiga duch kelamiz. Cho’lpon Ergashning she’riyat yo’llari garchi mutlaqo o’ziga xos bo’lsa-da, u bir paytlar Tavallo, Fitrat, Abdulhamid Cho’lpon boshlagan yo’lning davomi edi. Uning bosh dardi – millat dardi edi. Millat dardi qon-qoniga singib ketganini, u ichimizda eng ashaddiy va sobit milliyatchi ekanini, o’z salaflarini – yigirmanchi yillarning milliyatchi shoir va yozuvchilarini benihoya e’zozlagan. Adabiy suhbatlarda uning Yusuf Saryomiy, Tavallo, Behbudiy, Abdulla Qodiriy, Abdulla Avloniy, Cho’lpon, Fitrat, Munavvarqori nomlarini tez-tez tilga olishi buni tasdiqlab turadi. Ayniqsa, u Cho’lponni nihoyatda ardoqlaydi. Shoir o’zini ana shu millat jonkuyarlarining sadoqatli vorisi deb biladi. Chindan-da shunday edi.

Bilamizki, jadidlar milliyatchilikni milliy mafkura darajasiga ko’targan edilar. Ammo sho’rolar tuzumi, kommunistik siyosat bundan o’tdan qo’rqqanday qo’rqadi. Milliyatchilarni, muxtoriyatchilarni ayovsiz ta’qib va tazyiq ostiga oladi. Sasini chiqarmay tezda bo’g`ib qo’ya qoladi. Milliyatchilik to’g`risida gap ketsa, hozir ham labiga uchuq toshadigan kimsalar bor.

Qirqinchi, qirg`inli yillarda, garchi xalq nafratini gitlerchi fashistlarga qarshi qaratish uchun yozilgan bo’lsa-da, Oybekning «Mahmud Torobiy», Hamid Olimjonning «Muqanna», Maqsud Shayxzodaning «Jaloliddin Manguberdi» kabi tarixiy asarlari afkor ommani milliyatchilik g`oyasining o’lmaganligidan voqif etdi. Bu asarlarda bosqinchilarning, mustamlakachilarning maqsadi, – u mo’g`ulmi, nemismi, o’rismi, – kim bo’lishidan qat’iy nazar, mohiyatan milliy boylikni talon-toroj qilishdan, xalqning ma’naviy-axloqiy qadriyatlarini poymol etishdan, tilini, tarixini, dinini, urf-odatlarini yo’qotishdan, g`ururini, or-nomusini erga urishdan va o’zini qul qilishdan iborat ekanligi, demakki, bunga qarshi albatta kurashish lozimligi g`oyasi ilgari surildi, tarixiy milliy qahramonlarimiz harakati namuna qilib ko’rsatildi. Milliyatchilik mafkurasi yashiringan bu o’rtikning nomi «Qizim, senga aytaman, kelinim, sen eshit» bo’ldi. Xuddi shu o’rtik ostida o’ta xokisor va zahmatkash adib Mirkarim Osim Shiroq, To’maris, Spitamen, Temur Malik singari olis ajdodlarimizning kelgindi-bosqinchilarga qarshi jasoratli kurashlari timsolida ibrat olishga undovchi asarlar yozdi.

O’tgan asrning oltmishinchi-yetmishinchi yillaridagi yoshlari qatori Cho’lpon Ergash shu jihatlarni dildan his eta oldi. Butunlay boshqa maqsadda aytilgan gaplarni ham milliyatchilikka yo’yib tushunishga, yopishsa-yopishmasa, «o’zbek» so’zi tilga olingan satrlarni, misralarni, she’rlarni Tavallo, Cho’lpon, Fitrat ruhidagi she’rlar deb qabul qilishga moyillik bor edi. Hatto G`afur G`ulomning «Kreml minbarida mag`rur turgan o’zbekman», «Mening og`am rus bo’lur, vijdonim buyurganin shu she’rda yoza olsam, vijdonday durust bo’lur» kabi satrlaridan ham allaqanday ishoralar topib, buni «Shoir vijdoni buyurganini yozolmayotganidan noliyapti» deb bilar yoki Mirtemirning «Qora tevat ham, malla ko’ppak ham bari bir it…. baralla deymanki qon qus, yelkadoshim rus!» kabi satrlarini shoir o’zining asl maqsadini stilistik mahorat ostiga qoyilmaqom qilib yashira olgan deya tushunilgan. O’sha yillari oldinma-keyin paydo bo’lgan Abdulla Oripovning «O’zbekiston», Erkin Vohidovning «O’zbegim» she’rlari mohiyatan «ulug` Sovet oilasida»gi o’zbekka va O’zbekistonga qasida bo’lsa-da, milliy tuyg`ularimizni yanada jo’shtirib yuborgani rost. Millatni, milliy vatanni, hattoki uning tarixini ulug`lashga ham izn bermayotgan bir paytda dunyoga kelgan bu she’rlar ruhiyatimizga yoqimli yomg`ir oldidan chaqnagan chaqmoqday ta’sir qilgan edi. Zero, shunday vaziyatda millat nomini radif qilib yoki milliy mustamlaka o’lka nomini sarlavha qilib she’r yozishning o’zi ham bir jasorat edi. Shunga qaramasdan, ochiq aytish mumkinki, o’sha kezlarda xalqni uyg`otish, to’g`rirog`i, unda milliy g`urur va milliy mustaqillik tuyg`ularini paydo qilish istagi yosh o’zbek she’riyatining yashirin maqsadiga aylanib ulgurgan edi.

Cho’lpon Ergash birinchilardan bo’lib «Uyg`on, o’g`lon» deb she’r yozdi. She’r garchi «Tur, choyingni ichvol, o’g`lim, ichib qo’ymay mushuging. Oq paypoqli kaptaringni quvlab yurar kuchuging… O’g`lim, o’zing qaramasang, kaptaringga kim qarar? To tushgacha uxlab yotsang, gullarni kim qo’riqlar?.. Hovlimizga kim tosh otsa, qulog`ini cho’zib qo’y!..» kabi otalarcha jo’n nasihat tarzida bo’lsa-da, bu gaplar zamirida «o’z mulkingga o’zing egalik qil» degan g`oya yotadi. Oddiy, turmushdagi gaplarga o’xshash «Oppoq oying qizalog`i (mustamlakachilar deb o’qing) gullaringni yulmoqda… Uyg`on, sen ham, qora ko’zim (o’zbegim deb o’qing), Erkin (erking deb o’qing) kutib turmoqda… Bo’ronlarning erkatoyi – ellar (kurashlar deb o’qing) seni kutmoqda» kabi satrlardan g`aflat uyqusidan uyg`onishga da’vat isi ufurib turganini sezish qiyin emas.

Abdulla Oripov she’riyatida nish ko’rsatgan milliy kayfiyat, milliy tushunchalar («Sen bahorni sog`inmadingmi?», «Men nechun sevaman O’zbekistonni?», «Ona tilimga» kabi she’rlarida) yosh adabiy avlod ijodida zaif bo’lsa-da (zaiflik, yuqoridagi misolda ko’ringanidek, bu kayfiyatning ramzlarda, timsollarda, majozlarda in’ikos etishida edi) yangicha milliy-hissiy dunyoqarashning yuzaga kelishiga turtki berdi. Millatni ozod ko’rish orzusi, millat taqdiriga qayg`urish hissi bilan bog`liq iztirobli o’ylar tamsiliy pardalarga o’rab ifoda etila boshlandi. Shu tariqa saksoninchi yillarning ikkinchi yarmida ancha oshkora (xususan, Rauf Parfi, Shavkat Rahmon she’rlarida) tus olgan, bevosita kelinning o’ziga qarata yozilgan milliy-ruhiy, milliy-hissiy she’riyatga ilk tamaltoshi qo’yildi.

Cho’lpon Ergashning 1970-yili yozilgan, o’g`li Abdulhamidga bag`ishlangan «Da’vat» she’ri: «Xalqing ulug`dir! Bilki, undan boshqa, topinishga loyiq hech narsa yo’qdir», deb boshlanadi (Bugun Allohdan boshqaga topinish shirkligini bilamiz. Lekin inson tug`ilganidan boshlab, to qabrga kirguniga qadar qoniga dahriylikni singdirish bilan mashg`ul bo’lgan qizil mafkura zamonida yashagan shoir buning shirkligini bilmagan, bilishi mumkin ham emasdi, chunki u zamonda Qur’oni karimni xatm qilish, uni qo’lga ushlab ko’rish u yoqda tursin, umuman ko’rishmagan. Nafaqat Cho’lpon Ergash, hamma ham shunday bo’lgan. Buni shirk deb emas, balki Xoliq xalq qilgan xalqqa topinish ham Xoliqqa topinishdir deb tushunilsa, to’g`riroq bo’ladi). Shoir sho’ro hokimiyatini avval qo’l-oyog`i bog`liq holda yotgan, keyin beshikdan ozod qilingan bolaga o’xshatadi. Va: «Bugun jahon-olam oyoqqa qalqar uning nomi bilan, bugun nomsiz daydir beshafqat tahqir uning nomi bilan!» deydi. Qarang, o’sha zamonda ochiqdan-ochiq sho’ro nomi bilan hamma yoqda beshafqat tahqir daydib yuribdi deyish uchun qanday katta yurak kerak edi. Bu ham etmaganday xuddi shu she’rda «Dod! Kerak emas bizga bunday tuzum – sig`ib-sig`dirmagan istibdod. To’yib-to’ydirmagan zug`um!» deydi asr avlod tilidan baralla. So’ng o’g`liga: «Bolajon! Qo’l cho’zmoqda bizga, qo’limizni so’ramoqda zamon! O’t qo’yib sabotga, shoshmoqda najotga – senga, bu jahonda asirlik yo’lida erk deya qoqilgan, so’yilgan xaloyiq. Qo’llaringni uzat, qo’l-oyog`i bog`liq o’sha qullarga! Toki erimizni to’pga solib otmay istibdod!» deb buyuradi.Naqadar aniq, naqadar ravshan maqsad. Ortiqcha izohga hojat yo’q.

«Xonadon» she’rida esa gap sirtdan qaraganda oddiy tog`a-jiyanlar oilasi haqida boradi. Jiyan G`ulomjon, tog`a Egamjon bir hovlida yashaydi. Hammasining qorni to’q, usti but. Yurt tinch. Ba’zan tog`a ichib olsa, «Mensiz qayoqdaydi bu turmush, madaniy yurish, oliy ma’lumot, ilmiy tadqiqot. Yurar eding ota-bobongga o’xshab» deya malomat qilib qoladi. G`ulomjon ishlab topganini xonadon egasi – tog`aning qo’liga tutqazadi. Tog`aning bola-chaqalari qo’g`irchoqday kiyinib, xotini-yu qizlari zarga belanib, bo’yanib-taranib yuradi. G`ulomjonning xotini ham ularga taasub qiladi: qosh-ko’zlarini ko’kka bo’yashsa – ko’kka bo’yaydi, qoraga bo’yashsa – qoraga (xotin-qizlarimizning kiyinishda, pardoz-andozda ovrupoliklarga taqlid qilishini, masalan, bugungi kunda shim kiyib, sochini sariqqa bo’yab yurishlarini eslang). Lekin ora-sirada ming`irlab ham qo’yadi:




Download 160,96 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Download 160,96 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Malakaviy bitiruv ishining tuzilishi

Download 160,96 Kb.