ularning donlarini bemalol eb to’yishar.
Qarchig`aylar tabiati muloyim, beozor, insofli va yuvosh bo’lgani uchun chumchuqlar yopirilib kelib, ularning nasibasini tuya qiladilar. Ko’rinadiki, bu erda ham adolat lat egan: bir millat boshqa bir millatning rizqiga sherik.
Hurriyat hamisha Cho’lpon Ergash uchun eng sevimli mavzu bo’lib keldi. U inson erkini, ayniqsa millat erkini hamma narsadan ustun qo’ydi. Uning uchun fikr erkinligi – millat erkinligi, millat hurriyati – fikr hurriyati edi. Erkinlik tushunchasini u ijodida juda keng ma’noda qo’lladi va talqin etdi. Milliy mustaqillik deganda u nafaqat hududiy, siyosiy, iqtisodiy mustaqillikni, balki nafsga qullikdan, shaxsiy manfaatga qaramlikdan, huzur-halovatga mutelikdan qutulishni ham tushundi. Cho’lpon Ergash uchun Vatan va Millat tushunchasi egizak edi. U milliy or-nomusni g`oyat baland tutguvchi shoir bo’lib tug`ildi va umrining oxirigacha o’z e’tiqodida sobit qoldi. Uning she’rlarida millatni uyg`otish, uni mustaqillik uchun kurashga da’vat etish bilan birga bir vaqtlar dunyo ilm-fani, riyoziyoti, falakiyoti, adabiyoti, tibbiyoti, me’morlik san’ati taraqqiyotiga beqiyos ulush qo’shgan, biroq so’nggi asrlarda zalolatga botgan, milliy tutqunlikka giriftor etilgan millatning fojiali ahvoli haqidagi majoziy o’ylar, iztiroblar ham o’z ifodasini topdi.
Cho’lpon Ergash dostonlarida jamiyat taraqqiyotida yuz bergan ijtimoiy-siyosiy o’zgarishlar, ayniqsa, xalqimizning mustaqillik haqidagi orzu-o’ylari aks ettirildi. Shoir dostonlari asosan, o’tgan asrning 80-90 yillarida yaratilgan Turg`unlik davrining bir qismi hisoblangan 80-yillarda paxta yakkahokimligi, qayta qurish va oshkoralik shabadalarining esishi shu vaqtda yaratilgan dostonlarning asosiy mavzu-mundarijasini tashkil etdi. Mustabid tuzum iskanjasidagi millat qalbida yashirinib yotgan dardlarni, tuyg`ularni oshkor etishda; erkka intilish, Vatanni ozod va mustaqil ko’rish kabi davrning dolzarb g`oyalarini ochib berishda folklorning afsona, rivoyat, ertak, doston singari epik janrlari syujeti, motiv va obrazlaridan foydalanish qulay ifoda vositasi sifatida xizmat qila boshladi. Cho’lpon Ergash esa o’z dostonlarida ramziylikdan foydalanib, ma’naviy-ruhiy hayotdagi turli voqeliklarni hayotiy aks ettirishga erishdi. «Hasharchilar» dostonida mustaqil hayot bo‘sag‘asida xatoga yo‘l qo‘ygan yosh qizning iztiroblari, yaxshi insonlarning mehribonligi tufayli uning yorqin hayotga qaytishi haqida hikoya qilinadi.
Mustaqillik millat tarixida ham, adabiyot tarixida ham muhim davr bo’ldi. Bu davrda so’z va fikr erkinligi sari keng yo’l ochildi. Tarixiy, diniy-axloqiy, madaniy-ma’naviy qadriyatlarga alohida e’tibor qaratildi. O’zbek xalqining ongi, dunyoqarashida tub o’zgarishlar yuz berdi, qalbida esa istiqlolga shukronalik, ertangi kunga ishonch tuyg`ulari qaror topdi. Binobarin, davr dostonchiligida mana shunday yangilanishlarni ifodalash, millatning milliy mustaqillikka kirib kelish tarixini badiiy yoritish bosh xususiyatga aylandi. Ana shu xususiyatlar shoirlarimizning hayot materialini tanlashda, unga yondashishda, badiiy-estetik talqin qilishda, o’z individual mahoratlarini namoyon etishida yorqin kuzatiladi.
O’tgan asrning 70-80 yillar dostonlarida ramziy obrazlar ko’plab yaratilgan. Binobarin, Abdulla Oripovning «Ranjkom»dostonida[150] ranjituvchilar qo’mitasi a’zolari obrazi berilgan. Ular asarda insonlar qalbini vayron etib, ozor berishdan rohat qiluvchi shaxslar timsolida namoyon bo’ladi. Shu tarzda shoir ma’naviy tanazzul ildizlarini mavjud tuzum, unda yashayotgan bir guruh kishilar qiyofalarini aks ettirish orqali ochishga intilgan.
S.Sayyidning «Tanazzul yoki bir begonaning iztiroblari»dostonida insonning botiniy olamida kechadigan turfa qarama-qarshiliklar yoritib berilgan. Asardagi obrazlar ramziy ma’noga ega. Jumladan, Begona – qalb kishisi, u dunyoni ko’ngilsiz tasavvur etolmaydi. U hayotda ozor chekkan, iztiroblar iskanjasida qolgan kishilar timsolidir. Shu bois u o’zini taftish qiladi, umr yo’liga nazar tashlaydi:
... Hasratlarning hirqasiga o’zni burkayman.
Kelaverar oq ot mingan oppoq mo’ysafid.
Lekin menga yaqinlashmay yana qaytadi.
Men ikkiga bo’linganman:
Bir men bundadir.
Bir men esa moziylarda takbir aytadi.
Biroq bular bir-biriga begonadirlar[163].
E’tibor qilinsa, parchadagi «oq ot mingan oppoq mo’ysafid» tasviri folklordagi Xizr obrazini yodga soladi. Ammo Xizr ko’pincha piyoda kezadi. Shoir esa uni «oq ot mingan» holatda tasvir etmoqda. Xalq qarashlariga ko’ra, Xizr doimo biror ko’rinishda namoyon bo’ladi. S.Sayyid aynan ana shu jihatga diqqatini qaratgan. Asarda bu dunyo ko’rguliklaridan ozor chekkan lirik obraz Xizrdan madad so’ramoqchi bo’ladi. Inson botinida hamisha ikki xil shaxs yashaydi. Begona ham qalbida ikki shaxsni ko’radi: biri moziy, ikkinchisi zamon kishisi. Zamon kishisining ma’naviy dunyosi, undagi kemtikliklar lirik obrazni qiynaydi. Chunki u mehru e’tiqodda moziy kishisidan ortda qolgan.
Soya esa qalbi ko’r bo’lgan, bu dunyoda faqat soyaga aylanib qolgan kishilar obrazidir. Oshxo’rlar hayotni faqat moddiylikdan, eb-ichishdan iborat deb bilgan shaxslarni o’zida aks ettiradi.
Cho’lpon Ergash ham ramziylik usulidan foydalanib, qator obrazlarni yaratishga erishgan. Bular: pari, alvasti, shayton, hur qizlar kabilardir. Uning turkum dostonlarining asosini ma’naviy ruhiy hayot manzaralari tasviri tashkil etadi.
|