II BOB. CHO’LPON ERGASH DOSTONLARINING SUJETI VA KOMPOZITSIYASI
II.1. SHOIRNING TURKUM DOSTONLARI
Ma’lumki, zamonaviy o’zbek adabiyotida dostonning lirik, dramatik, liro epik ko’rinishlari mavjud. Cho’lpon Ergash ijodida esa liro epik dostonlar asosiy o’rin egallaydi.
Liro-epik poemada voqeabandlik ya’ni voqelikka lirik munosabat bildirish etakchi bo’ladi. Buni shartli ravishda formula orqali quyidagicha ifodalash mumkin:
EPIK+LIRIK+EPIK=LIRO-EPIK POEMA
Liro-epik poemada epik tasvir kuchlilik qiladi. Shuning uchun bunda liro-epik tushunchasini qo’llash maqsadga muvofiq bo’ladi. V.Kikans ham liro-epik poemaning shu xususiyatidan kelib chiqib, «olamning epik kartinalari tasvirisiz poema o’zining mavjudligini oqlamaydi» degan fikrga keladi [133]. L.K.Dolgopolov ham epik poemalar haqida fikr yuritadi [13], ammo uning liro-epik poema atamasini qo’llashga uncha qo’shilmasligi kuzatiladi. N.Rahimjonovning ham liro-epik poema haqidagi qarashlari V.Kikansga hamohang. Olim bu haqda yozadi: «Liro-epik poemada ob’ekt bilan birga shoirning ana shu ob’ektga munosabati parallel ravishda mavjuddir. Unda voqeaning dialektik o’sishi bir necha qahramonlar taqdiri orqali ma’lum va aniq syujet oqimida tajassum topadi»[16]. E’tibor berilsa, liro-epik poemalarga berilgan ta’riflarni bitta nuqta birlashtirib turadi. Bu voqelikning yagona syujetga asoslanishidir.
Taniqli adabiyotshunos I.Sulton ham dostondagi liriklik va epiklik jihatlarni nazarda tutib shunday yozadi: «Doston aslida epik asardir, ammo she’riy shaklda yozilishi uni ayni paytda lirikaga ham mansub etadi. Dostonda epos va dramadan farqli o’laroq, lirizm alohida bir kuch kasb etadi»[ 180].
syujet deganda, asar qahramonlari hayotidagi voqealar va ana shu jarayondagi aloqalar, munosabatlar, to’qnashuvlar, o’sish-o’zgarishlar... jami tushuniladi; chunki “Adabiyotning uchinchi elementi syujetdir, ya’ni odamlarning o’zaro aloqalari, ular o’rtasidagi qarama-qarshiliklar, simpatiya (yoqtirish) va antisimpatiyalar (yoqtirmaslik), umuman kishilar o’rtasidagi munosabatlar – u yoki bu xarakterning, tipning tarixiy rivojlanishi, tashkil topib borishidir”(M. Gorkiy).
Badiiy asarda syujetning yaratilishini g’oyaviy mazmun boshqaradi, g’oyaviy mazmunning talabiga uyg’un holda xarakterlar namoyon bo’ladigan va hayot ziddiyatlarini umumlashtiradigan voqealar silsilasi kashf etiladi. Voqealar silsilasi o’z navbatida asar g’oyasini badiiylashtiradi, uni tiriltiradi.
Jumladan, tragik xarakter qaltis, og’ir holatlarni, shiddatli voqealarni talab etsa va shunday vaziyatdagina o’zligini namoyon qilsa (masalan, Otello), kulguli xarakter komik vaziyatda, kulgu qo’zg’atuvchi “arzimas” voqealarda o’zligini (masalan, “Adabiyot muallimi”dagi Boqijon Baqoyev) ko’rsatadi. Bundan aniqlashadiki, xarakterlar mantig’i voqealar mantig’iga va aksincha, voqealar mantig’i xarakterlar mantig’iga (F.M.Golovchenko, M.Qo’shjonov, T.Boboyevlar ham ta’kid qilishgan) mos bo’lishi, bir-birlarining mohiyatlarini ochish lozimdir.
Jumladan, “O’tgan kunlar”dagi Otabek o’zining sevgisiga sodiq qoladi. Zaynabga uylanganda ham, uning qarshisida “bir jonsiz haykal o’rnida” bo’ladi. homidning ig’volari tufayli Kumush Otabekdan voz kechib, Komilbekka turmushga chiqishga rozilik berganda ham, Otabek “Men sizga ishonaman” degan Kumush ishonchiga – sevgisiga sodiq qoladi, uni qutqarish uchun jonidan kechib, homid, Mutal, Sodiq bilan olishadi va yengib chiqadi... Demak, voqealar mantig’i Otabekning sofdilligi, irodaliligi, “asl yigitligi”ni bo’rttirishga, uning xarakteri mantig’ini asoslashga, ishonchligini ta’minlashga, jonli tasavvur etishga xizmat qilmoqda. Oqibatda esa, ular birlashib g’oyaviy mazmun (eng kirlik, eng qora kunlar)ni tirikligini, yuquvchanligini yuzaga chiqarmoqda.
Syujet obrazlarning o’zaro aloqalari, ular o’rtasidan qarama-qarshiliklar, simpatiyalar va antipatiyalar ekan, demak, u hayot ziddiyatlarini ham ixtiro qiladi, umumlashtiradi, kashf etadi. hayotiy ziddiyatlar asarga ifoda etilgan g’oyalar, tasvirlangan xarakterlar, kayfiyatlar kurashi tarzida ko’chadi va u konflikt deb yuritiladi.
Kompozitsiya (lat. Compositio - tarkib, qurilish, tuzilish) deganda, tasvirlanayotgan birliklarning va nutq vositalarining badiiy asar matnidagi o’zaro bog’liqligi va joylashish (o’rinlishish) tartibi tushuniladi. U o’zida personajlar (sistemasi)ni joylashtirishni, syujet epizod (gr. epesodion-begona, aloqasiz)larini taqqoslashni, voqea haqidagi tartibli xabarni tasvirlash usullarining o’zgarishini, tasvirlanayotgan detallar va ifoda-tasvir vositalarining muvofiqligini, asarning qism, bob, bo’lim, band, parda, ko’rinish va sh.k. bo’linishini jamg’aradi.
Darvoqe, “kompozitsiya-badiiy asarni tashkil etuvchi va intizomga bo’ysindiruvchi kuch. Uning vazifasi biron bir narsaning chetga chiqib ketishiga yo’l qo’ymaslik, ayni chog’da, uning birbutunlikka birikishini nazorat qilishdir... Uning maqsadi barcha bo’laklar (parchalar)ni shunday joylashtirishki, ular alal-oqibat asar g’oyasini to’liq ifodalashga qodir bo’lsinlar”1.
Bu fikrlardan ko’rinadiki, asar g’oyasini ochishga xizmat qilmaydigan bironta obraz, bironta ko’rinish, bironta hatti-harakat, bironta so’z bo’lmasligini badiiy kompozitsiya nazorat qiladi va shu xislati bilan go’zallikda yagona bo’lgan olamni – badiiy asarni yuzaga kelishiga sababkor bo’ladi. Har qanday asardagi bosh g’oya (Mas., “O’tgan kunlar”ning bosh g’oyasi XIX asrning ikkinchi yarmidagi hayot tariximizning eng kirlik, qora kunlaridir) – kompozitsiyaning markazi sanaladi. Ana shu markazga asardagi hamma unsurlar(boblar, obrazlar, detallar, vositalar, so’zlar...) bo’ysinadi va uning talabiga ko’ra asar to’qimasidan o’z o’rnini oladi. Ayni paytda bosh g’oyaning maqsadini ochish uchun xizmat qiladi. Jumladan, birgina misolga murojat qilaylik: “O’tgan kunlar”da Kumushning ko’zyorishi (tug’ishi)ga oz vaqt qolganda buvisi Oyshabibi vafot etadi. Natijada Oftob oyim va Mirzakarim qutidor – azadorliklari tufayli Kumushning tug’ishi arafasiga yetib borolmaydilar (holbuki, o’zbek odatiga binoan qizning birinchi tug’ishida onasi uning oldida bo’lishi kerak). Bu holat - Kumushning zaharlanishini (Oftob oyim bo’lganida zaharlanish yuz bermagan bo’larmidi?) va halok bo’lishini asoslaydi. Kumushning shu tarzdagi fojeasi esa XIX asrning ikkinchi yarmidagi hayotni – eng kirlik, qora kunlar ekanligini (ko’rsatish orqali) isbotlaydi.
Kompozitsiya, bundan tashqari, tasvirdagi me’yor va muvofiqlikni ham yuzaga chiqaradi, sayozlikka, bayonchilikka, bayondagi ezmalikka, takrorga yo’l bermaydi. Agar kompozitsiyaning bu talabiga rioya etmasa, “Yozuvchi sayoz joyda cho’kadi” (A.Muxtor), bayonchilikka yo’l qo’ysa – jurnalist, publisistga aylanadi, ezmalik qilsa – san’atining qusurini namoyish etadi, takrorlarga ko’plab yo’l qo’ysa-yozuvchilik qismatini oddiy hunarmand qismatiga aylantiradi, xalos. Mana, ikkita isbot: “O’zbeknoma”dagi markaziy fikr “Bu – o’zbek xalqi buyuk xalq, u o’tmishda buyuk qadriyatlar yaratgan, buyuk shaharlar qurgan, uning ichidan buyuk zotlar yetishib chiqqan, bugun uning buyuk yurtboshisi bor, bugun o’zbek xalqi ana shu rahbari boshchiligida buyuk kelajak sari odimlamoqda, degan fikrdir... Albatta, bu fikr juda to’g’ri fikr. Lekin san’atning san’atligi shundaki, har qanday to’g’ri fikr undagi tasvirdan, asarning badiiy to’qimasidan o’zi mustaqil kelib chiqmog’i zarur, tashqaridan yopishtirilishi kerak emas. Afsuski, “O’zbeknoma”da bu fikr hali poetik g’oya darajasiga o’sib chiqmagan.
“Rahmonning qaytishi” dostoni kompozistiyasi o’ziga xos. Asar 1978- 1988 yillarda yozilgan va u 1995 yilda “Sharq yulduzi” jurnalida bosilib chiqqan. E’tibor berilsa, doston yozilganidan qariyb yigirma yildan so’ng nashr yuzini ko’rgan. Demak, sobiq tuzum tazyiqlari, erkin ijoddagi turli to’siqlar, eng asosiysi, shoirning kelajakni ko’ra olgani, o’sha davrning ma’naviy fojialariga fidoiylik, jonkuyarlik bilan munosabatda bo’lganligi asarning kech chop etilishiga sabab bo’lgan, deyish mumkin. Chunki Cho’lpon Ergash tabiatan tikso’z edi. Ko’z o’ngida bo’layotgan axloqsizliklar, ma’naviy o’pirilishlarni murosasiz shoir tomosha qilib o’tira olmasdi. Asar ana shunday chuqur ma’naviy dard mahsuli bo’lib oppoq qog`oz sahifalariga doston bo’lib to’kildi.
Doston kompozistiyasi jihatidan dramatik asarlar tuzilishiga o’xshaydi. Ikki manzaradan tashkil topgan dostonda tashqi olam, voqeaning yuz bergan o’rni dramatik asarlardagi kabi remarka xarakteriga ega. Shoir uni xayoliy kechmish doston deb ataydi. Zero, bunday asarlar yozishni o’tgan asr boshlarida ulug` Abdulla Qodiriy “Jinlar bazmi” hikoyasi bilan boshlab bergan edi. Aytish mumkinki, adibning an’anasini Cho’lpon Ergash doston janridagi asarlari bilan o’tgan asrning 70 80 yillarida ijodiy davom ettirdi.
Asar quyidagi voqea bilan boshlanadi: “O’n bir to’sinli vassajuft xona. O’rtada sandal, ustiga katta eski ko’rpa yopilgan. To’rt yog`ida Rahmon, onasi, aka ukasi uxlab yotishibdi. Qog`oz yopishtirilgan deraza ko’zlari tong yorisha boshlaganidan darak berib turibdi.
Rahmonning qachon kelganini uyidagilar sezishmadi. (Rahmonni otasi shayton qiyofasida yo’ldan ozdirib, ergashtirib ketgan edi)” (133)
Parchaga e’tibor berilsa, milliy hayot manzaralarini ifoda etadi. Ya’ni xonaning tuzilishi, ko’rpa tashlangan sandal kabilar tasviri buni tasdiqlab turadi. Shirmon Rahmonning onasi. U bolasining uzoq ketganidan xavotirlanadi. Aslida esa otasi shayton qiyofasida uni yo’ldan ozdirish uchun olib ketgan edi. Uch kundan keyin kelgan o’g`lini Shirmon duo qiladi, parvardigordan farzandini asrashini so’raydi. Rahmon sekin kelib sandalining bir tomoniga yotadi. Onasi uning kelganligini sezib, ukalari: Jo’ravoy va Saydilloga uni uyg`otmasliklarini uqtiradi.
O’g`lining qaytib kelganidan xursand Shirmon uning issiq nonlar yopishga,qozon osib, oshxamir tayyorlashga tushadi:
Qozon osib, olar oshxamir
Gupillaydi tandir cho’g`idan sandal,
Qaynaydi qozon.
Sho’xlik qilib bolalaridek,
Uvralari oshar o’mbaloq
Non emas olov!
Uzib uzib tandirdan ona,
Uyib tashlar sandal ustiga.
Bolalari munis ko’z solib,
Dasturxon yoyib,
Keltirar tez qaynoq uvra osh... (135)
Yuqoridagi parchada o’zbek xonadonining yashash tarzi o’z ifodasini topgan. “Tandir cho’g`idan sandalning gupillashi”, “sandal ustiga uyilgan nonlar”, dasturxonga uvra oshning keltirilishi bularning barchasi milliy hayott manzaralarini o’zida ifoda etadi.
Ma’lumki, tush badiiy asarda kompozitsion vosita sifatida qatnashadi. Tush epizodidan foydalanish dastlab epik asarlarda yuzaga kelgan bo’lsa, keyinroq liro epik asarlarga ham ko’chdi. Bu usul qahramonning ruhiy holatini ochib berishda muhim vazifani ado etadi. Dostonda ham tush epizodidan foydalanilgan. Rahmon tush ko’radi:
Jannatday bog`, bag`ri gulhovuz...
Oq o’rikka solib arg`umoq,
Rahmonjonni olib bag`riga
Uxlab yotar emish u, rohat.
Tourib ketay dermishu ammo,
Ko’tarolmas barmog`ini g`am.
Bir to’damish hur qizlar bo’lib,
Bilolmas hech, qaerda ko’rgan.
Uchirarmish osmon falakka... (135)
Bu tush qahramondagi ruhiy o’zgarishlar bilan bog`liq.
Shirmon Rahmonni xuddi bolaligidagiday erkalaydi:
Hali bir yigit bo’lsin
Ko’rganlar kuyib o’lsin
Odamlar qarab tursin
Qizlar yugurib yursin
Erka bolam uyg`onsin
E’tibor berilsa, erkalama xalq og`zaki ijodidagi bolalar qo’shiqlariga kiradi. Shoir erkalamani asar strukturasiga olib kirar ekan, Rahmonning kelajagiga katta umid bog`laydi. Biroq u bilmasdiki, vaqti vaqti bilan shayton uni vasvasaga solib yo’ldan ozdirishga harakat qilardi. Shundan so’ng Rahmon uyg`onadi. U onasiga maktab bormoqchiligini aytadi:
Katta odam bo’laman, mana ko’rasiz!
Bitta yurtmas, dunyoni tso’rayman unda...
...O’qiyman va o’rganaman u
O’tda yonmas kitobni ham.
O’tda yonmas kitob haqida eshitib, onasi hayron bo’ladi. Aslida shayton Rahmonga olvrang kitob berib, u o’tda yonmasligi, uni o’qigan odam dunyoda eng zo’r pahlavon bo’lishi va boshqa xislatlarni aytgan edi. Onasi shundoq qarasa, yonida onasi o’tiribdi, rahmon unga buvi deb turibdi. Sharofat buvi tashqi ko’rinishi inson, biroq ichki ko’rinishi alvasti qiyofasida ular huzuriga tashrif buyurgan edi. U Shirmonni koyiydi. Shu orada alvasti uning ichidan chiqb ketadi va haqiqiy Sharofat buvi qoladi. Sharofat buvi duoga qo’l ochib, ularni duo qiladi. Rahmon va uning onasi ikki xil manzaradan hayron edilar.
Dostonning ikkinchi manzarasida Rahmonning beliga ikki zog`orani bog`lab qo’liga uzun oq chelakni olib tog` etaklariga ketishi tasvir etiladi. U erda arpazorga sho’ng`ib ketadi. Shu o’rinda shoir xalqning arpa qo’shig`i dehqonchilik qo’shig`ini asar matniga olib kiradi:
Arpa boshoq shingil shingil
Tez ko’payar bug`doydan arpa.
Shunday deb Rahmon arpadan un tayyorlab keladi. Onasi hayron. U tezda non tayyorlaydi. Xalqda yangi pishirlgan nonni sovuq suvga botirib eyish odati bor. Shu o’rinda shoir shu odatni olib kiradi.
Havoning issig`ida Rahmon echki sog`adi, makkajo’xori boshoqlarini tashiydi. Shoir xalqning shamol qo’shig`ini matnga olib kiradi:
Shamol, shamol, kel tezroq.
Shamol, shamol, kel, tezroq...
Xotiningni o’g`ri olib qochdi i
Ketmon olib cho o p.
Shunda shamol kun tikkadan oqqan mahalda bu bola ejndi meni uxlatmaydi, debesa boshlaydi. Xalq orasida havo isib ketganda shamol qo’shig`i kuylanadi. Rahmon shamol bo’lganidan foydalanib, tergan boshoqlarini sovurib, boshoq va somonga ajratadi. RRahmon yayrab, donni chelakka solib, chorsi bilan og`zini bog`laydi. Keyin ozgina cho’ziladi. Shu muddatda xayol suradi: akasini o’ylaydi, akam ham boshoq terganda qishi bilan bug`doy non erdik. Bug`doyni sotib avvval tovuq, keyin qo’y sigir olishni xayol suradi. Shu payt arpapoya tomondan otasi ko’rianadi. Uning peshonasidan o’pib, asta oldiga cho’kadi. Aslida u otasining ruhi edi, shayton otasi qiyofasiga kirib yana Rahmonga qutqu solishga kelgan edi. Rahmon esa dastlab sezmaydi. Keyin o’tlab yurgan moli tomondan pariy qiyofasida onasi kirib keladi. U otasining pariylardan uylangan xotini edi. Pariy Rahmonga yolg`ondakam mehr ko’rsatadi. Rahmon bir payt qarasa atrofda hech kim yo’q. Bu qanday tomosha bo’ldi, deya hayron bo’ladi. Aslida unga shayton qutqu solayotgan edi. Bo’layotgan voqealar xayolida kechadi. Shu o’rinda shoirishayton qiyofasiga chizgilar berib o’tadi: “ola kula ko’zlar, quloq burunlar, tishli kemshik og`izlar”. Bu shayton tashqi ko’rinisha xos belgilardir. Ularni ko’rib Rahmon dod soladi. Shunda oppoq soqol chol uni yupatib, uning olov emas sharpaligini, yurtdan yurtga ko’chib yurishini aytadi. Shunday deb alanga ham, boyagi chol ham ko’zdan g`oyib bo’ladi. Uchinchi manzarada ham Rahmon turli holatlarga. Duch keladi. Aslida uni notinch qilgan, ruhiyatiga ta’sir qilgan bu voqelarning asosida shayton vasvasi yotadi. Shoir uchinchi manzara mazmunini aniqlashtirsh maqsadida asar strukturasiga rivoyat olib kiradi.
“Arosat” dostonida Rahmonning armiyadagi hayoti tasvirlanadi. Bu asar ham manzralardan tashkil topgan. Asar strukturasi dramatik asarlarni yodga soladi: “Harbiy yotoq. Yarim kecha. Kiraverishda avtomatiga suyanganicha, soqchi mudrab o’tiribdi. Uzunasiga to’rt qator, ikki qavatli karavotlarda askarlar uxlashmoqda. Ikkinchi qatordagi oltinchi karavot tepasida Rahmon uyg`oq. Xayol surib yotadi ”3. Remarka xarakteridagi badiiy parchada armiya hayoti lavhalari aks etgan. Rahmon xayol surib turganida bir soya paydo bo’ladi. Soya soqchi uxlaganidan foydalanib, kazarmagam kirib olgan edi. Ust karavotlar oralab, Rahmonni qidira boshlaydi. Shu damda Rahmon suyuklisi Ra’no haqida o’ylardi. Soya Rahmonning oyoq tomoniga kelib to’xtaydi. Uni ko’rib Rahmon irg`ib o’rnidan turadi. Soya undan hol ahvol so’raydi. Rahmon uning shayton ekanligini fahmlaydi. Soya esa unga xuddi odamdek mehribonlik ko’rsatadi. Shuningg uchun unga “Nafasingdan odam isi keladi, ajab?! Inson kushandasi shayton bo’lsang ham”. Shayton unga “Qutqaraman seni bu erdan”, deydi. Yana uning ko’ngilga qutqu solishni boshlaydi. Shayton uning otasini yodga olib, rahm shafqat tuyg`usini uyg`otishga intiladi. Rahmon:
Muborak suvrati ko’zim oldida
Jilmayib turganday bo’ladi hamon!..
Shu payt Soya yuzi yorishib, unda Rahmonning otasi Ergash namoyon bo’ladi. Demak, otasi Ergash shayton qiyofasida Rahmonning huzuriga tashrif buyuradi. Shu orada kazarma chiroqlari yonadi. Yigitlar boshlarini ko’tarishib, har yon alanglab boqadilar. Soqchi karavotlarnin ko’zdan kechirib chiqadi va yig`lab o’tirgan Rahmonning oldiga keladi. Uning ustidan kulib, otangni tushda ko’rdingmi, deb ustidan kuladi. Soqchi ularni turishga komanda beradi.
Ikkinchi manzara rotaning saf tortish voqeasi bilan boshlanadi. Askarlar buyruq bo’yicha harakat qiladilar. Rahmon g`oz turganicha, osmonga tikilib qoladi. Ko’z oldida otasiningqiyofasiga o’xshash, xira bir odam gavdasi paydo bo’ladi. Uning ko’ksi, yuz ko’zlari bo’ylab allaqanday pariychehra qizlar saf bo’lishib, ba’zan davra olishib, raqs tushib, kuylaydilar. Uzoqdan shovullab ulug` bir daryo ovozi eshitilib qoladi. Birinchi saf qizlar shunday kuylashadi:
Yoshlik degan toshqin daryo,
Bo’ylaridan gullar safo.
Gul ochilib boshlaneg xandon,
Har kim tengi bilan oshno
Yuring qizlar, dayor bo’yiga.
Ikkinchi saf qizlar:
Tashlab ketmas g`amga chin yor
Ko’zlar yoshga to’lmas bekor.
Sochlarini yoyib har yon
To’lg`onar bir pariynigor
Yuringlar, qizlar, daryo bo’yiga. (127)
Shu tarzda qizlar qo’shiq o’qishib, Rahmonnning fikrini o’g`irlaydilar. Qizlar jam bo’lishib, rahmon sevgan qiz ra’no haqida kuylay boshlaydilar:
Gullar ichida ra’not qiz Ra’no
Ra’nolar ichra zebo qiz Ra’no!
Kuyar buncha kim dardida
Bu chiroyli qiz?
Qanday baxtiyor yishit u, dono?
Ring, qizlar. Gul bahriga
Bosh qo’yaylik biz
Hpar qizning boshida bor bu savdo (127).
Qizlar birdan zarrin qanot, afsonaivy qo’shlarga aylanishib, chug`urlashib, daryo bo’yiga uchib boradilar. E’tibor berilsa, bu tasvir xalq ertaklaridagi lavhalarni esga soladi. Shu payt olisdan rahmonning qulog`iga Ra’noning quyidagi so’zlari eshitiladi:
Xazon fasli edi ul kun
Baholarga bergisiz.
Qayon ketdi tilib bag`rim
Xazon yanglig` belgisiz.
Ko’zlarim ochguncha bo’lmay
Ochilib so’ldi gulim
Berib kuz taftiga ko’ngil
Qoldi bu qishga kunim.
Ra’noning fikrlarida ishqda o’rtangan ma’shuqaning holati namoyon. Bunda ramziylik bor. Rahmon va Ra’noni uchrashtirgan va ko’ngil muhabbat solgan fasl smifatida xazon, kuz fasli tilga olinmoqda. Rahmonning armiyaga ketganligi Ra’noni firoqqa soldi. Hijron qishi deyiladi badiiy asarlarda. Bunda ham qish ishq sohiblarini hijronga yo’lladi.
Demak, askarlar saf tortgunga qadar shaytonning harakati bilan dastlab pariy qizlar Rahmonning ko’ziga ko’rinadi. Keyin esa ular Ra’no haqida so’zlaydilar va hatto Ra’noning ovozini unga eshittiradilar. Starshina Rahmonni tartibga chaqirganida u ana shunday holatda edi. Qaytadan buyruq yangraydi. Endi Rahmonning ko’zimga pariy qizlar emas, saf tortgan qurolli askarlar ko’rinadi. Biroq shayton Rahmonga xalaqit berishdan to’xtamaydi. Yana uning ko’ziga Ra’no ko’rina boshlaydi. Ra’no qayoqdandir paydo bo’lib, askarlar ortidan Rahmonni izlab chopa boshlaydi. Aslida u ra’no emas edi. Shayton Ra’no qiyofasida Rahmonga ko’rinayotgan edi.
Uchinchi manzarada quyidagi voqea tasviri beriladi: yo’l yoqasidagi katta davoza qarshisiga harbiy mashina kelib to’xtaydi. Undan papka qo’ltiqlagan bir mayor bilan Rahmon tushib keladi. Ular darvoza biqinidagi eshikka kirib ketadilar. Mayor uni darvoza oldida qoldirib, o’zi ichkariga kirib ketadi. Shu erda Rahmon yana atrofga nazar soladi va o’ylaydi:
Hovlisi ham keng ekan juda
Sayr qilib yurganlar ham bu
Askarlarga o’xshamas sira
Yo’q, bu harbiy gospital emas.
Harbiylar ham bor ekan, ammo
Ana u chol hadeb nimaga
Mengga bunday olayib qarar?
Karnaychidek ikki lunjini
Pufak pufak shishirib nuqul.
Haryog`iga tuflar to’xtamay...
Shu orada bir yigitga ko’zi tushadi:
Qiz boladay sochlari uzun,
Qayrilmachoq kipriklari ham.
O’zidan o’zi ishshayib, yana
Xo’mrayadi megnga po’stak qosh.
Aslida bu er haqida to’g`ri fikrlaydi Rahmon. Uning kazarmadagi holati harbiylarni tashvishga solgan edi. Uni shuning uchun jinnixonaga olib kelishgan edi. Ya’ni rahmon zimdan kuzatgan joy jinnixona edi. Xullas, qaytimb kelayotgan mayor Rahmonni chetlab o’tib, ko’cha eshikdan tez chiqib ketadi.buni ko’rib Rahmon hovliqib. Darvoza turumiga yopishadi. Qanchalik harakat qilmasin, uni jinnixonaga olib kirishadi. Shu erda ham yana shayton qutqusiga duch keladi. Shayton bergan kitobni o’qigan Rahmonning ko’ziga bu erda shayton sher, yo’lbars, qoplon bolalari bo’lib ko’rinadi. Rahmon katta bo’lgach, ular bilan jinlarga qarshi kurashishni orzu qilgan edi. Xullas, asar Rahmonning jinnixonaga tushishi bilan yakun topadi. Shoir nima demoqchi? Rahmonnning shu olatga tushishi va ruhiy kasallikldar kasalxonasiga keltirilishiga sabab Shaytonning uni yo’ldan ozdirishga harakat qilishi edi. Chunki shayton asar boshida unga harbiy xizmatdan seni olib ketaman, degan edi. Rahmonning ko’ziga otasi,Ra’no bo’lib ko’ringan kimsalar aslida shaytonning o’zi edi. Binobarin, shoir o’ztgan asrning 70 yillaridagi ma’naviy hayot manzaralarini tasvirlar ekan, ijod erkinligi bo’g`ilgavn bir davrda, ramziylik orqali shu ma’naviy dardlarni qalamga oladi.
“Ra’noning savdosi” turkumdagi dostonlardan yana biri hisoblanadi. Doston quyidagicha boshlanadi: “Qosh qoraygan payt. Tor va tuproq bog` ko’cha. Uning bir tomoni katta yo’lga, ikkinchi tomoni istimrohat bog`iga tutashgan. Bog` tomondan daryo shovqini aralash tegirmon guvlashi eshitilmoqda. Rahmon Ra’noning uyi to’g`risida yuradi” bu remarka xarakteridagi badiiy parcha kitobxonni voqeaga olib kiradi. Rahmon derazadan ko’z uzmay Ra’no tomonga qarar ekan:
Bo’ylariga ko’zlarim xumor,
Kunim o’tdi buloq boshida
Ko’rsatmas u soyasini ham
Charaqlaydi qo’shni hovlilar.
Ammo, ajib, notinch ko’nglumday,
Qop qorong`u hamon bu chorbog`...
Nola qilib tegirmontosh ham
Xuddi ko’ksim ustida yurar.
Ko’zlarini yashirib go’yo
Yig`lar bog`da holimga buloq
Qutqu solib xayolimga tun
Dilim o’rtar yovuz bir shubha4
Rahmon shunday o’ylar og`ushida Ra’noni kutayotgan bir paytda uni yana alvasti, jin, pariylar qurshab olishadi. Alvastilar Rahmonni kuzatib turib, o’ylashadi:
Eh, bu nodon odamzod
Quldir sarob umidga.
Bog`lab go’yo par qanot
Etar hozir xurshidga.
Aslida u ko’rar tash
Dam bosriqar, dam kular.
Uyg`onsaki, u sarxush
Yog`och ot minib borar.
Alvastilar Rahmonning ishqiy daqiqalaridagi o’y xayollaridan xabardor. Xurshid deyilganda bunda Ra’no nazarda tutilmoqda. Biroq ular ikki sevishganga yo’l berishmoqchi emas. Jinlar ham Rahmonni kuzata turib, o’ylaydilar:
Nazdida bu yigit ham
O’zgalardan a’lodir
Ammo o’zi muttaham,
Boshga bitgan balodir.
Na biz jin, pariy va na
Odamzodga og`ishar.
Mushtdek joniga yana
Shayton bilan olishar(161).
Jinlar ham Rahmonga yo’l bermoqchi emas, aksincha ming yilardan buyon inson tanasida qoni bilan qo’shilib oqayotgan shaytonning kuchiga ishonishmoqda. Pariylar ham shu fikrda. Ular alvastiga iddao qilib shunday deyishadi:
Bu shumtaka Rahmonga
Bekor umid bog`larmiz
Yurar go’yo osmonda
Hurlar bilan betamiz.
Vaholanki, poyida
Qon yutamiz pariylar
Ilinib ishq domiga.
Shundoq bizdan ayrilar.
Dunyo o’zi bevafo
Qayda unda sadoqat
Odam bo’lmas bu aslo
Kutmang undan shafoat (161).
Pariylar Rahmonning Ra’noga muhabbat bog`laganidan xursand emas. Alvastilar ularni tinglar ekan, sabr qilishlarini aytadi. Rahmon esa bularning maqsadidan bexabar, Ra’noning o’yi bilan band:
Kipriklari ... ko’zalri...go’yo
Yashirinib ohu to’qayga,
Cho’chib boqar qiyoqlar aro
Bellarida to’lg`anga armon
Sochlarini o’ylab jon azob,
Eziladi yuragim battar.
Lablaring deb, Ra’no, qizil gul,
Gado bo’lib chaman yuzingga.
Ra’no muhabbatiga orzumand bo’lib turgan Rahmonga yana shayton xalaqit bera boshlaydi. Jin, pariylar oshiq ma’shuq qiyofasida Rahmonning ko’ziga ko’rinadilar. Shu o’rinda yozuvchi yoshlar tarbiyasiga daxl qiladi. Dastlab shayton qiz va yigit qiyofasida Rahmonning ko’ziga ko’rinib, axloqsizlik qiladilar. Keyin esa ayol va erkak qiyofasiga kirb, Rahmonni yo’ldan ozdirishga harakat qiladilar. Misol uchun shoir qiz dunyoqarashining darajasi pastligini quyidagicha ifoda etadi:
Bizni bilib bilmay siz
Har kimga teng qilmangiz.
Mahallamizad yolg`iz
Madaniy oila biz.
Qachon ko’rgingiz kelsa
Katta ochiq derazam.
Adam o’zlari kecha
“Mayli”, dedi, so’rasam.
E’tibor berilsa, bu ibo hayoli qizning fikrlari emas. O’zbek xonadonlarida bunday behayolikka yo’l qo’yilmaydi. Qizning uyda yigit bilan ko’rishishiga ruxsat beradigan oila agar madaniy oila bo’ladigan bo’lsa, demak jamiyat fojialar girdobida qogani bo’ladi. Shoir bunda shu jihatni nazarda tutgan. Yoxud boshqa bir o’rinda yigit qizga tegajog`lik qila boshlaganda, qiz “Avval boqqa kiraylik. Bir joyga o’tiraylik” deb, unga moyillitk ko’rsatadi. Bu holat o’zbek mentalitetiga umuman to’g`ri kelmaydi.
Rahmonga shayton qiyofasidagi ayol va erkakning ro’baro’ stilinishi ham bejiz emas. Bunda ham axloqsizlik, behayolik holatlari kuzatiladi. Ayol va erkak qiyofasidagi alvastilar birlariga behayo so’zlarni aytadilar. Aslida ayol eridan ajralgan, erkak esa oilasini tashlagan odam. Shu obrazlar orqali jamiyatdagi oilaviy munosabatlarning nechog`li tubanlashib ketganligini ko’rsatmoqchi bo’ladi.
Rahmon yo’lda yana bir voqeaga guvoh bo’ladi. Sinfdoshi Soli mashinada o’tib ketayotib, uni mashinasiga taklif qiladi. O’rtog`ining mashinasida o’tirga paytda orqa o’rindiqdagi qizga ko’zi tushadi. Rahmon uni o’rtog`ining xotini deb o’ylaydi. Aslida bunday emas edi. Uning xotini haqida yaxshi gap aytganda, Soli shunday japvob qaytaradi:
Nima, men senga
Akang cho’qir buningdan ham zo’r.
Qanchalarni qo’ldan chiqargan!
Ostingda toying bo’lsa, bas
Emish ko’rgan tilla baliqday
Dumlarini likillatishib
O’zi kela beradi bular (167).
Demak, Soli bunda ma’naviy axloqiy buzuq kishilar timsolini ifoda etmoqda. Qarang, Solining fikrlash darajasi: agar boyligi ko’p bo’lib, tagida mashinasi (toy) bo’lsa “emish ko’rgan tilla baliq” axloqsiz ayollar o’zi kelaveradi. “Emish ko’rgan tilla baliq” shoirning badiiy topilmasi bo’lib, salbiy mazmun tashiydi. Ya’ni axloqsiz, buzuq ayolllar timsolini aks ettiradi.
Boshqa bir o’rinda shayton Pakana odam qiyofasida Rahmonga ro’para qilinadi. Pakana odamga ro’baro’ qilishdan oldin shayton yana bir tadbir o’ylaydi. U pariylardan birini Ra’no qiyofasiga kiritadi va uni boshqa bir shayton qiyofasidagi yigit bilan uchrashtiradi. Ularni ishqiy munosabatda Rahmonga ko’rsatishadi. Maqsad, Rahmonning Ra’nodan ko’ngli qolsin. Ra’no esa bunday bexabar. Pakana odam ham bu sahnani davom ettiradi va Ra’noni yomonlashda davom etadi:
Bizni yolg`iz falokat emas,
Baxt tole ham kutar har qachon!
Shunday, o’g`lim, hali ko’p yoshsiz,
Yo’l boshida turibsiz faqat.
Har narsaga “lov” etib yonmang
Bunday qizlar birmas olamda.
Yana bir xunuk holat Rahmonga ko’z o’ngida sodir etiladi. Ya’ni Ra’no go’yo turmushga chiqqan, u Rahmonning yonidan kuyov bilan birga o’tib ketadi. O’tib ketayotganda kuyov Rahmon tomonga qosh qoqadi va Ra’noga suykaladi. Aslida esa hayotda boshqacha holat edi. Shaytonning maqsadi Rahmonni toza muhabbatidan ayirish va o’zining yo’liga solishdan iborat edi. Xullas, bu xunuk manzarani ko’rgan Rahmon boshini changallab, katta ko’cha tomonga qarab telbanamo chopib ketadi. Ortidan jin, pariy, alvastilar ham ergashadilar. Pakana odam shayton qiyofasida Rahmon ortidan qah qah otib kuladi:
Tamom, endi qalaysan, Rahmon?..
Bino qilib yo’q erdan o’zim
Yana undan judo etdim, bas,
Bu ham senga bitta dars bo’lur!
Ha, odamzod izmi qo’limda.
Uni egam yaratib boshda
Tashlab qo’ydi menga podaday.
Bir o’zimga og`ir bu yumush..
Yaralgandan buyon u loydan
Botib loyga, avlodini ham
Sudrar qo’shib balchiqqa, tinmay (174).
E’tibor berilsa, shayton o’z maqsadiga erishayotgan edi. Rahmonning boshini changapllab ketishi unga zavq bag`ishlaydi.
Umuman olganda, shayton asarda turli qiyofada turlanib, namoyon bo’ladi. Alvasti, jin, pariylar, Pakana odam ko’rinishida ko’rinib, yaxshi insonlarni yo’ldan ozdirishga, ular hayotini ostin ustun qilisha qarakat qilishadi. Shoir mazkur obrazlar vositasida sobiq tuzum davridagi axloqiy jihatlarni qalamga oladi.
|