I.2. SHOIR DOSTONLARINING MAVZULARI VA OBRAZLARI




Download 160,96 Kb.
bet8/18
Sana23.07.2021
Hajmi160,96 Kb.
#15893
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   18
I.2. SHOIR DOSTONLARINING MAVZULARI VA OBRAZLARI

Cho’lpon Ergash she’rlari, dostonlari soddaligi, jaydariligi, ortiqcha zamzamalardan, ortiqcha hashamlardan, chuchmal tashbehlaru murakkab istioralardan xoliligi bilan ajralib turadi. Aksariyati syujetli, voqeaband, she’riy hikoyalardan iborat. Ularda turli voqealar, turli holatlar aks etsa-da, hammasining maqsadi bitta: inson erki, millat ozodligi, vatan mustaqilligi, istiqlol. Uning barcha she’rlari mana shu o’q fikr atrofida aylanadi. Ammo bu o’q fikrni hamma ham ilg`ayvermaydi. Buning uchun umuman o’tgan asrning oltmishinchi-etmishinchi yillari she’riyati, xususan Cho’lpon Ergash she’rlarining tilini bilish kerak. Bu tilni yaxshi tushunmagan kishi uning she’rlarini «Ha, endi shunchaki she’rlar ekan-da» deb biladi va katta xato qiladi. O’sha davr she’riyati, jumladan, Cho’lpon Ergash she’riyati pardalash usuliga ko’ra tasavvuf adabiyotiga yaqin edi. Bilamizki, tasavvuf – tilsim. Masalan, «Ovqat va pat» rivoyatidagi bir parchaning ichki va tashqi ma’nolarini olib ko’raylik. «Qachonlardir, qaydadir buxorolik Abu Kulol degan bir tolib bor ekan. U har kuni muallim huzuriga qatnab, uning poyida tiz cho’kib o’tirar va u nima desa, hammasini patqalam bilan daftariga yozib olar ekan. Har kuni shunday qilar ekan.Bir kuni xotini uning oldiga og`ziga ro’molcha yopilgan xurmacha qo’yibdi. U xurmachada o’zi ishlatgan patlarni, o’zi to’ldirgan daftarlarni ko’ribdi va ro’molchani olib bo’yniga o’rabdi.– Har kuni to kechgacha qiladigan ishingiz shu ekan-da, – debdi xotini. – Endi marhamat qilib, ovqat o’rniga ham shularni eng…»

Bu – rivoyatning eng yuza, avomga mo’ljallangan ma’nosi. Uning boshqa ma’nosiga, asl mag`ziga etish uchun undagi pardalarni bir-bir ko’tarish kerak bo’ladi. Pardalar esa, afsuski, bitta-ikkita emas, qirqta. Karam xuddi qat-qat bargdan iborat bo’lganiday bu rivoyatning ham qavat-qavat ma’nolari bor. Insonda ilohiy haqiqat sezimlarini uyg`otguvchi bunday rivoyatlarni, afsuski, odamlar odatda bolalarini uxlatish uchungina aytadilar, faqat yuza ma’nosini biladilar xolos. U yog`iga tishlari o’tmaydi yoki «tishlab-chaynab» ko’rishga hafsala qilmaydilar. Umar Xayyom bekorga: «Men o’z haqiqatimni etti muhr va qirq qulf ortiga yashirdim», demagan. Haqiqatga etish uchun riyozat chekish, o’sha etti muhrni va qirq qulfni ochish kerak, ya’ni, tasavvuf tilini – lug`atini bilish talab etiladi. Tasavvuf esa hammaga ham o’zining chin ma’nolarini ochavermaydi. Bu faqat xos bilimga ega bo’lgan kishilargagina nasib etadi. Mazkur rivoyatga kelsak, undagi «tolib» aql va ruh yordamida haqiqat izlovchi kishi ma’nosini bildiradi.Demak, rivoyatning parda ortidagi ma’nosi taxminan shunday: «Haqiqat izlovchining aqli ( ya’ni, «u» – «aql») har kuni dunyoni bilish uchun haqiqat huzuriga boradi. Oliy Haqiqatni va Qudrati Oliyni bilish uchun Parvardigor («muallim») poyida o’tiradi. Aql hamma bilganlarini xotirasida saqlab qolishga («daftariga yozib oladi») harakat qiladi. Umri oxirida esa ruh («xotin») aql bilib olgan barcha narsani unga ko’rsatadi («xurmacha»), aql u erda xotiradan («daftarlar») va o’lik fikrlardan («patlar») boshqa hech narsa topolmaydi. Shunda ruhiy iztirobda qolib, o’zini o’zi osmoqchi («ro’molchani bo’yinga o’rash») bo’ladi. Parchada ilgari surilgan fikrlardan yana biri keyingi parda ko’tarilgach, ayon bo’ladi: bu, Haqiqatni, ya’ni Allohni aql yordamida bilishga urinish befoyda, degan fikrdir.

Tasavvuf adabiyotida shu tariqa pardalar ko’tarilgani sari yangi-yangi ma’nolar chiqaveradi. Xo’sh, fikrni pardalash nega kerak? Umar Xayyomning aytishicha, u o’z haqiqatini shuning uchun pardalaydiki, «toki bu haqiqat bir to’da yovuz odamlar qo’lida Yovuzlikka xizmat qilmasin», deb pardalaydi. Cho’lpon Ergash she’rlari ham shunday. Bordiyu uning haqiqatlari ham yovuzlar qo’liga tushsa, uning o’ziga qarshi, uning zarariga ishlashi tayin edi. Umar Xayyom ruboiylarining o’z lug`ati bo’lgani kabi Cho’lpon Ergash she’rlarining ham o’z lug`ati bor. Er, quyosh, bulut, yulduz, tun, nur, zulmat, el, shamol, bo’ron, osmon, momaqaldiroq, tong kabi tabiiy hodisalar va jismlarning har biri o’rni bilan o’z ramziy, majoziy ma’nosiga ega. Masalan, uning «Ellar» she’ridagi: «Hey, shamollarning nevaralari, qo’lingizni bering, qo’lingizni! Hey, siz – bo’ronlarning chevaralari, etagimdan tuting, bo’ling tezdan, manzil yaqin, porloq… Dadil ko’krak kering, chaqmoqli yo’llar, lov-lov yonib quyosh kutadi bizni… qora bulutlarni suraylik ko’kdan, quyosh dargohiga manzil quraylik» satrlarini mana bunday «tarjima» qilish mumkin: «Ey ota-bobosi mardi maydon bo’lgan yosh-yalanglar! Kurashga shaylaning, menga ergashing, sizni ozodlik, mustaqillik kutyapti, qaramlikdan qutulishimiz, mustaqil hayotni qo’lga kiritishimiz kerak!»

Cho’lpon Ergash dunyoviy munosabatlarda ilohiy, tabiiy muvozanatning buzilishini istamaydi. Birovning eriga boshqaning xo’jayinlik qilishi, birovning rizqiga o’zganing sherik bo’lishi, birovning mamlakatida begonaning hukmron bo’lishi, birovning ustidan boshqa birovning zo’ravonlik qilishi, bir tilning ikkinchi bir til tomonidan siqib qo’yilishi, bir axloq-odob yoki madaniyat o’rniga boshqa bir madaniyat yoki axloq-odobning kirib kelishi, bir e’tiqod o’rniga boshqa bir e’tiqodning o’rnatilishi va hokazolarni aqliga sig`dirolmaydi, bularni ilohiy-tabiiy muvozanatning buzilishi deb biladi.

«Hayvonot bog`ida» she’rida qafasdagi sherning o’tmishi eslanadi: «Shoh ko’tarar hayvonlar o’ziga bu zolimni, asragay deb bizlarni yovlardan u begumon». Lekin sher «shoh»likka erishgach, ularning bu xohishiga qarshi boradi. Istak va uning ro’yobi o’rtasidagi muvozanat buziladi. Hayvonlarning ishonchi oqlanmaydi. «Shoh» faqat o’zini o’ylaydi va atrofiga ham nuqul o’ziga o’xshaganlarni to’playdi:



Qanotiga olar «shoh» yirtqichlarni eng burun,
Bo’z qushlar taqdirini quzg`unlarga topshirar.
Xavf-xatardan xabardor etgay meni deb, butun
O’rmonzorda tulkining obro’sini oshirar.
Xizmatida bo’ldilar qancha hayvonlar yana,
Bo’yin tovlaganlarni qoniga botiradi,
 –

va natijada ilohiy-tabiiy adolat qaror topadi, «shoh» qafasga tushadi. Mana endi «bolalar cho’p suqishib qafasiga» uni ermak qiladi, o’tgan-ketganga tekin tomosha bo’lib o’tiribdi. Shoir demoqchiki, zolimlikning, zulmning oxiri bir kunmas-bir kun albatta voy bo’ladi. Boshqa bir qafasdagi qarchig`aylar ahvoli mana bunday tasvirlanadi:



Poda-poda chumchuqlar yopirilib paydar-pay,

Download 160,96 Kb.
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   18




Download 160,96 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



I.2. SHOIR DOSTONLARINING MAVZULARI VA OBRAZLARI

Download 160,96 Kb.