118
2- topshiriq
.
FSMU jadvalini tuzing
Nima uchun o‘qituvchilik eng mashaqqatli va sharafli kasb
hisoblanadi?
3-topshiriq.
Quyida berilgan mavzulardan birini tanlab, 5 daqiqali axborot
nutqi tayyorlang:
a) mamlakatdagi yangiliklar haqida;
b) xorijdagi yangiliklar;
c) madaniy yangiliklar;
d) badiiy adabiyot yangiliklari;
e) ishlab chiqarishda kompyuterning roli.
4-topshiriq.
O‘lmas Umarbekov
Poytaxtning Yakkasaroy tumanidagi Abdulla Qahhor mahallasi yuzlab oddiy
mahallalardan biri — hovli joylar va yigirmadan ziyod ko‘p qavatli uylardan
iborat, besh mingga yaqin aholisining ham el qatori tashvishu xursandchiliklari
bor.
Ular ertalab ishga, kechqurun esa uylariga oshiqadilar. Yo‘li mahallaning
F
S
M
U
Fikringizni bayon eting
Misol keltiring
Fikringizni umumlashtiring
Sabab ko'rsating
119
Xumo tor ko‘chasidan o‘tadiganlar
«Bu uyda 1959-1994 yillar O‘zbekiston xalq
yozuvchisi O‘lmas Umarbekov yashab, ijod qilgan»
lavhasini ko‘rib,
nurli
xotiralarini yodga olsalar ajab emas. Tengdoshlari uning go‘zal suhbatlarini,
yoshlar esa maslahatlarini, shu bilan birga amaliy yordamini esga olishadi.
Hozir bu xonadonning chirog’ini yozuvchining rafiqasi yoqib o‘tiribdi.
Filologiya
fanlari nomzodi, dotsent, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan yoshlar
murabbiyi Zuhra Umarbekova bilan suhbatimiz ularning tanishuvi mavzusidan
boshlandi.
Yaqindagina «O‘lmas Umarbekov zamondoshlari xotirasida» nomli to‘plam
nashrdan chiqdi. Kitobni O‘lmas Umarbekovning
qizi Umida chop ettirdi,
yozuvchi Omon Muxtor materiallarni to‘plash va saralashda xolis xizmat qildi.
O‘lmas «O‘zbekfilm» kinostudiyasi rahbari edi. Bir kuni oshxonamizdagi kran
quvuri yorilib, suv toshib ketdi. Bosim juda kuchli edi. U kishiga qo‘ng’iroq
qildim, darhol ishxonalaridan odam jo‘natdilar. Ustalar qaytib borgach,
xodimlar
ularni o‘rtaga olishibdi.
...O‘lmas Umarbekov Moskvada davolanayotgan kezlarida qiziga yozgan
maktublaridan birida unga nasihat-maslahatlarini aytadi. Jumladan, «bu yog’i
oying bilan bor imkoniyatga qarab yasha, sendan sharoiti yaxshi hech kimga rashk
bilan qarama, birovni ko‘rolmaslik hech qachon odamga baxt keltirmagan» deb
yozar ekan, oxirida qo‘shib qo‘yadi:
Nutq tugashi bilan boshlangan telefon qo‘ng’iroqlari
hali ham davom
etyapti.
Qarindosh-urug’,
tanish-bilishlar
uni
tabriklayapti.
O‘lmas
Umarbekovning umr yo‘li, insoniylik fazilatlari yana qayta-qayta tilga olinyapti.
Bittagina farzandidan o‘zini unutmasligini xokisorlik bilan so‘ragan bu
buyuk insonga xalqning ehtiromi sababini qisqagina izohlash mumkinmikan?
To‘g’ri, adib el ko‘nglidan joy olgan asarlar yaratdi, turli vazifalarda ishlaganda el
koriga yaradi. El ehtiromining yana bir boshqa sababi ham bor. Buni yana
«Qizimga maktublar» dagi mana bu oddiygina so‘zlardan ilg’ab olish qiyin emas
Matn yuzasidan savol va topshiriqlar.
1. Matnni o‘qing. Matnga reja tuzing.