114
qiluvchi voqea bilan u yoki bu jihatdan bog’laigan voqeani ifodalovchi gap bo‘lagi
bo‘lib, mazmun tomondan «gap ichida gap ifodalovchisi» sifatida kelishdek o‘ziga
xoslik bilan xarakterlanadi. Bu, tayinki, predikativ birliklarni bu sintaktik o‘rinni
egallab, ergash gap bo‘lib kelishlari uchun juda ham qulaydir. Shuning uchun ham
bu hol sintaktik o‘rnini u sodda gapda bo‘lsa ham, ergash gapli qo‘shma
gapda
bo‘lsa ham, nisbatan erkin deb qarash mantiqiydir.
Ko‘rinadiki, ergash gaplarning har qanday turi ham u yoki bu tarzda bosh
gapda muayyan bir bo‘lak bilan aloqalanadi. Tabiiyki, bu aloqalanish usullari
xilma-xil. Lekin ergash gap yaxlit
bosh gap bilan aloqalanadi, deb qarash bosh
gapdagi kesimning mazmuniy-sintaktik maqomini kamsitishga olib keladi.
Shuning uchun ham N. A. Baskakov hozirgi turk tilidagi ergash gaplarni
quyidagicha guruhlarga ajratadi:
1.Bosh gapdagi substantiv bo‘laklar bilan aloqalanadigan ergash-gaplar. Bu
guruhga ega va to‘ldiruvchi ergash gaplar kiradi.
2.Bosh gapdagi atributiv bo‘laklar bilan aloqalanadigan ergash gaplar. Bu
guruhga kesim va aniqlovchi ergash gaplar kiradi.
3.Bosh gapdagi atributiv—hol bo‘laklar bilan aloqalanadigan ergash gaplar.
Bu guruhga sabab-natija, shart, to‘siqsiz, maqsad, payt, o‘xshatish va
chog’ishtirish ergash gaplar kiradi.
O‘zbek tilshunosligida ergash gaplar (boshqa ko‘pgina
tilshunos-liklardagi
kabi) mazmuniy-shakliy jihatdan 14 turga ajratiladi: 1)ega, 2) kesim, 3)
to‘ldiruvchi, 4) aniqlovchi, 5) ravish, 6) o‘lchov daraja, 7) chog’ishtirish-
o‘xshatish, 8) sabab, 9) maqsad, 10) payt 11) o‘rin, 12) shart, 13) to‘siqsiz,
14) natija ergash gaplar. Bunday tasnif, umuman, ma’qul bo‘lsa-da, aytish kerakki,
ayni tasnifda bosh gap xususiyatlari u qadar aks etgan emas. Bu tasnif,
aytilganiday, ergash gaplarning tasnifi, ergash gapli qo‘shma gaplarniki emas.
Bizningcha, bosh gaplarning o‘zini ham ikki turga ajratib olish maqsadga
muvofiqqa o‘xshaydi: 1) havola bo‘lakli bosh gaplar va 2) havola bo‘laksiz bosh
gaplar. «Havola bo‘lak» deganda umumiy til-shunoslikdagi «deyksis belgilar»ni
nazarda tutamiz. Deyksis belgi-larning mohiyati shundan iboratki, ular mazmunni
115
— voqea, belgi, narsalarni
bevosita ifodalamaydi, balki ularga ishora, havola
qiladi, shunga ko‘ra ularni mazmunan kuchsiz, bo‘sh so‘zlar
sifatida qarash
mumkin. Uzbek tilidagi olmosh va boshqa nisbiy so‘zlar ana shunday deyksis
belgilar bo‘lib, ular qo‘shma gaplarda havola bo‘laklar sifatida ishtirok etish
mumkin.
Havola bo‘lakning mavjud emasligi bilan bog’liq holatda, bosh gap ham,
ergash gap ham muayyan mazmuniy va sintaktik xususiyatlar bilan xarakterlanadi.
Quyidagi gaplarni qiyoslaylik: