128
Mustaqillik davri o‘tmish tarixiga yaqindan haqiqat ko‘zgusida boqishni
taqozo etgach, bunday nuqsonlar ma’lum bo‘lib qoldi. Shu tufayli shoir ijodini
zarracha kamsitmagan holda unga tanqidiy yondashishni taqozo etadi.
30-yillar G’afur G’ulom hikoya, ocherk, felyetonlar qatori «Netay»,
«Yodgor», «Tirilgan murda» kabi qissalarini ham o‘z kitobxoniga taqdim etdi.
Ulug’ Vatan urushi yillarida shoir o‘z ijodining butun haroratini fashist
bosqinchilariga qarshi kurashayotgan xalqqa, uning muqarrar g’alabasiga
bag’ishladi. U «Sen yеtim emassan», «Oltin medal», «Kuzatish», «Vaqt»,
«Sog’inish» kabi she’rlarini ijod qildi, publitsistik ocherk va maqolalar yozib,
xalqni jang va mehnat g’alabasiga otlantirdi. So‘nggi yillarda G’afur G’ulomning
20 ga yaqin she’riy to‘plamlari chop etildi. Ayniqsa, shoirpning «Kuzatish», «Sen
yеtim emassan», «Qish», «Bizning ko‘chada ham bayram bo‘lajak», «Vaqt»,
«Onalar» singari asarlarida dunyo xalqlarini fashizm vabosidan xalos etgan
jangchilarimning mardona kurashlari tasvirlangan.
G’afur G’ulom urush yillarida yozilgan she’rlaridan jamlangan «Sharqdan
kelayotirman» to‘plami uchun 1946 yili Ittifoq Davlat mukofotiga sazovor bo‘ldi.
G’afur G’ulom o‘z davrida «Hurmat belgisi» (1944), uch marta «Mehnat Qizil
Bayroq» ordeni (1937, 1951, 1961), Lenin ordeni (1949), medallar va faxriy
yorliqlar bilan taqdirlangan. U O‘zbekiston Fanlar akademiyasining a’zosi (1943)
edi. 60 yillik yubileyi munosabati bilan unga O‘zbekiston xalq shoiri faxriy unvoni
berildi. Shoirning ko‘pgina asarlari qardosh xalqlar, Osiyo va Yevropa tillariga
tarjima qilingan.
Matn yuzasidan savol va topshiriqlar.
1. Matnni o‘qib gapirib bering.
2. Notanish so‘zlar lug’atini tuzing.
3. Matn yuzasidan esse yozing.