145
imloviy-grammatik qoidalariga, adabiy til meyorlariga rioya qilgan tarzda
ifodalashni talab qiladi.
4-topshiriq.
Internet va undan foydalanish madaniyati
Internet bu - hozirgi zamon talabidagi yagona ommabop kompyuter tarmog‘i
hisoblanib, bizga barcha sohalarga oid noaniqlik ya’ni ongimizga mavhum bo‘lgan
tushunchalar haqida ochiq, oddiy va ravon ma’lumot beruvchi axborot manbaidir.
Tabiiyki, hozirgi kunda ushbu omilga bo‘lgan
ehtiyojmandlar soni kundan
kunga ortib bormoqda. Mazkur tarmoq butun dunyo miqyosida global tarmoqdir.
Zero unda mavjud yangiliklardan xabardor etuvchi matnlar, tasvir hamda ovoz
xizmatlari va bir qator imkoniyatlar barcha jabhada katta yеngilliklarni yuzaga
keltirayotgan bo‘lsa-da, ammo ikkinchi tomondan insoniyatni beixtiyor virtual
olamga jalb etib bormoqda.
Ayniqsa, bu ta’sir doirasidan o‘smir yoshlar ham yo‘q emas.
Bu borada
mutaxassislarning so‘zlari quyidagi natijalarni isbotlamoqda: internet tarmog’idagi
ijobiylik insonning fan, soha va faoliyatiga bog’liq muhim aniq dalillarga ega
bo‘lishida har tomonlama qulay va tegishli vaqt miqdorining tejalishiga olib
keladi.
Lekin
qiziquvchanlik
sababli
Internet
axborotlaridagi
ortiqcha
ma’lumotlarga haddan ziyod berilib ketishlari mumkin. Bu esa izlanuvchanlik,
fikriy
rivojlanish, mushohada, tahlil qilish qobiliyati va xotiraning o‘tkirlik
darajasini susaytirishga sabab bo‘lmoqda.
146
Ma’lumki, Internet vositasidan foydalanish hech kimga majburiy bo‘lmagan
va insonning o‘z tafakkuridan kelib chiqqan qonun-qoidalar asosida bo‘lishi
kerakligi hamda undagi me’yor talablari, ya’ni Internet tarmog’idan axborotlarni
to‘g‘ri tanlash har jihatdan o‘rinlidir. Bundan ko‘rinib turibdiki,
ushbu tarmoq
vositasining o‘z ichiga qamrab olgan axborotlar miqyosi shu qadar keng va ko‘p
ekanligi gohida o‘zimizga kerakli bo‘lgan ma’lumotlarni ajratib olishimizda ham
qiyinchilik tug’dirmoqda. Barchamizga ma’lumki, Internetda ishlashimiz uchun
qidiruv tizimining o‘rni beqiyos. Internet tarmog‘ida: Yahoo, Google, Ref.uz
singari yana boshqa nomlar bilan ataluvchi qidiruv tizimlari mavjud. Yuqoridagi
qidiruv dasturlari haqida batafsil va umumiy ta’rif berishda ularni biror bir tizim
orqali masalan, Google tizimini tushuntirish maqsadga muvofiq bo‘ladi.
Darhaqiqat, hozirda nafaqat Internet tarmog‘i
vujudga kelganligi, bundan
tashqari shu kabi jahonaro rivojlanib kelayotgan turli-tuman axborot texnologiyalar
yosh avlodga ijobiy ta’sir kuchini o‘tkazayotganligi bir tomondan quvonarli
bo‘lsa-da, ikkinchi tomondan ularni turli salbiy saboqlardan asrash maqsadida
tarbiyaviy muhitni kuchaytirishga undaydi.
Matn yuzasidan savol va topshiriqlar
1. Matnni o‘qing va undagi termin va iboralarning ma’nosini izohlang.
2. Matnda bayon etilgan fikrlarga o‘z munosabatingizni bildiring.
3. Ta’lim jarayonida eng ko‘p foydalaniladigan internet saytlari ro‘yxatini
tuzing.