Gayubova komila anvarovna yulanova nargiza davlatovna akademik yozuv




Download 7,1 Mb.
Pdf ko'rish
bet75/150
Sana09.10.2024
Hajmi7,1 Mb.
#274172
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   150
Bog'liq
Akademik yozuv o\'quv qo\'llanma

 
 
 
 
 
 


141 
Mavzu yuzasidan mashq va topshiriqlar 
1-topshiriq

Abror Hidoyatov 
Buyuk o‘zbek aktyori Abror Hidoyatov 1900 yilda 
Toshkentda tug’ilgan. Yoshligidan san’atga mehr 
qo‘ygan Abror Hidoyatov eski maktabda savodini 
chiqazdi. 1918 yilda Mannon Uyg’ur O‘zbek Davlat 
drama teatrini tashkil qiladi va unga Obid Jalilov, Sayfi 
qori Alimov, Abror Hidoyatov kabi yoshlarni jalb etadi.
G.Zafariyning«Halima» sidagi Ne’mat, U.Hojibekovning 
«Arshin mololon» idagi Asker, Shillerning «Makr va muhabbat» idagi Vurmlar
A. Hidoyatovning teatr sahnasida yaratgan ilk obrazlari bo‘ldi. 
O‘ziga ham, o‘zgalarga ham talabchan bo‘lgan Abror Hidoyatov bu yaratgan 
obrazlaridan har doim ham ko‘ngli to‘lavermas, haqiqiy aktyor bo‘lish uchun 
mukammal bilim va katta malaka zarurligini chuqur his etib, Moskavadagi o‘zbek 
teatr studiyasiga o‘qishga kirib, V. Kansel, R. Simonov, I. Tolchanov, O. Basov, 
M. Sverdlin kabi san’atkorlardan ta’lim olib, realistik sahna san’ati sirlari haqida 
chuqur nazariy va amaliy bilimga ega bo‘ladi.
O‘zbek teatr studiyasida sahnalashtirilgan Molyerning «Xasis»ida 
Gorgagon, Gogolning «Revizor»ida Skvoznik Dmuxanovskiy obrazlarini yaratadi. 
Umuman, Moskva studiyasida o‘qish A. Hidoyatovning kelgusidagi ijodiy 
parvozida muhim ahamiyatga ega bo‘ldi. 
1927—1935 yillarda A.Hidoyatov Q.Yashinning «Yondiramiz»idagi Sarimsoq, U. 
Ismoilovning «Rustam» idagi Rustam, Xurshidning «Farhod va Shirin»idagi 
Shopur, Lope de Veganing «Qo‘zibuloq qishlog’i» dagi Frandosa kabi rollarni ijro 
etib, ijod pillapoyasi sari asta-sekin ko‘tarila bordi va yеtuk obrazlarini yaratish 
yo‘lida jiddiy tayyorgarlik ko‘rdi. 
1935 yilda Hamza teatrida V.Shekspirning «Hamlet» tragediyasining 
premerasi bo‘ldi. Rejissyor Mannon Uyg’ur sahnalashtirgan bu asarda aktyor 


142 
Hamlet rolini ijro еtdiki, bu spektakl xalq orasida katta muvaffaqiyat qozondi. 
«Hamlet» spektakli, ayniqsa, Hamlet obrazi o‘zbek teatr san’ati tarixida katta 
voqea bo‘ldi, desak mubolag’a bo‘lmas.
Asar tomoshabinlarning muhabbatini qozonganligi sababli, ketma-ket 21 
kun ko‘rsatildi. Teatr jamoatchiligi, chet ellik san’at muxlislari spektaklga va 
Hamlet obraziga qoyil qoldilar. Chindan ham A. Hidoyatov yaratgan Hamlet 
obrazi nafaqat o‘zbek teatri sahnasida, balki jahon teatr san’atida ham erishilgan 
katta yutuq bo‘ldi.
1939 yilda rejissyor Y.Bobojonov Hamzaning «Boy ila xizmatchi» asarini 
sahnalashtirdi va asardagi G’ofur roli A. Hidoyatovga topshirildi. G’ofur 
Hamletdan keyin aktyor yaratgan eng yorqin xarakterli obraz bo‘lib qoldi. 
San’atkorning Hamza teatri sahnasida yaratgan eng yorqin obrazlaridan yana biri 
va aktyorga katta shuhrat keltirgani, 1941 yilda N. V. Ladigin va M. Uyg’ur 
sahnalashtirgan V.Shekspirning «Otello» tragediyasidagi Otello obrazi bo‘ldi.
Vatanimiz va chet ellardan kelgan san’at muxlislari spektaklga aktyorlar 
talantiga, ularning ijrosiga yuksak baho berdilar. 1945 yilda ingliz Parlamenti 
delegatsiyasi teatrning taassurotlar daftariga shunday deb yozgan edi: «Biz 
pyesaning bunday yaxshi qo‘yilganini hech qachon, hech qayerda, hatto Londonda 
ham ko‘rmagan edik. 
Biz, ayniqsa, Otello bilan Dezdemona rolini o‘ynagan artistlar mahoratiga 
qoyil qoldik». Otello rolini aktyor 18 yil davomida 500 marta o‘ynadi. Umuman, 
V.Shekspir ijodini o‘zbek xalqiga manzur qilishda Abror Hidoyatovning xizmatlari 
benihoyat katta bo‘ldi. Keyinchalik Hamza nomidagi O‘zbek Davlat akademik 
drama teatrida va A. Hidoyatov nomli drama teatrida Shekspirniing «Otello» 
tragediyasi sahnalashtirildi. 
Ushbu spektakllarni kamsitmagan holda aytish kerakki, ulardagi Otello bilan 
A.Hidoyatov Otellosini tenglashtirib bo‘lmaydi.Chunki A.Hidoyatov Otellosi 
betakror san’atning o‘lmas namunasidir.
A.Hidoyatovning o‘zbek tarixiy dramalarida yaratgan H.Olimjonning 
«Muqanna»sidagi (1943) Muqanna, M.Shayxzodaning «Jaloliddin»nidagi (1943) 


143 
Temur Malik, Uyg’un va Izzat Sultonning «Alisher Navoiy»sidagi (1945) Alisher 
Navoiy obrazlari ham katta e’tiborga sazovor obrazlar sirasiga kiradi. 
«Abror Hidoyatov o‘z tomoshabiniga ega zabardast aktyor edi,—deb hikoya qiladi 
O‘zbekiston xalq artisti Mahmudjon G’ofurov,— Abror akani G’ofur, Hamlet, 
Alisher Navoiy, Otello rollarida ko‘rganman. Keyinchalik u Hamlet va Alisher 
Navoiy rollarini Olim Xo‘jayevga, G’ofurni Shukur Burxonovga berib, o‘zi faqat 
Otelloni o‘ynadi. 
Abror aka haqiqiy Otello edi. Men Abror akadan boshqa aktyorni Otello 
rolida qabul qila olmayman. Abror Hidoyatov vafotidan keyin Otello rolini Shukur 
Burhonov o‘ynashi mumkin edi. Ammo, u o‘ynamadi. Chunki Otello Abror 
Hidoyatov ijrosida tomoshabinlar qalbidan chuqur joy olgan edi. Abror Hidoyatov 
fojiaviy rollarning mohir ustasi edi». 
Abror Hidoyatovning o‘zbek kino san’atida yaratgan yorqin obrazlaridan 
biri 1945 yilda suratga olingan «Tohir va Zuhra» filmidagi Sardor obrazi bo‘ldi.
Abror Hidoyatov umr yo‘ldoshi, taniqli san’at ustasi Sora Eshonto‘rayeva bilan 
ko‘p yillar birga yashashdi, birga ijod etishdi, o‘lmas obrazlar yaratishdi, havas 
qilsa arziydigan oqil va fozil farzandlarni tarbiyalab voyaga yеtkazishdi, munosib 
shogirdlar yеtishtirishdi. 
Xalqmizning sevimli farzandi Abror Hidoyatoz 1958 yilda Toshkentda vafot 
etdi. Toshkentdagi markaziy ko‘chalarning biri uning nomi bilan ataladi. 
Poytaxtimizda A. Hidoyatov nomli drama teatri ishlab turibdi. Rejissyor Bobo 
Xo‘jayev Abror Hidoyatov to‘g’risida film yaratgan. 
Mashhur o‘zbek san’atkorining o‘lmas xotirasi xalqimiz qalbida abadiy 
yashamoqda. O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 9 yilligi munosabati bilan 
o‘zbek milliy madaniyati rivojiga qo‘shgan ulkan hissasi uchun Abror Hidoyatov 
«Buyuk xizmatlar uchun» ordeni bilan mukofotlandi. Respublikamiz madaniy 
jamoatchiligi 2000 yilda san’atkorning 100 yillik tavallud sanasini nishonladi. 
Matn yuzasidan topshiriqlar 
1. Matnni o‘qing va asosiy qismlarini tezis ko‘rinishida yozib oling. 
2. Matnga reja tuzing va uni reja asosida so‘zlab bering. 


144 

Download 7,1 Mb.
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   150




Download 7,1 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Gayubova komila anvarovna yulanova nargiza davlatovna akademik yozuv

Download 7,1 Mb.
Pdf ko'rish