133
qismida hodisaning ahamiyati va unda ishtirokchining roli ko‘rsatilishi shart.
Esse-ta’rif
ta’rifi berilgan tushunchani tahlil qilish zarurligini ko‘rsatadi.
Esse -taqqoslash
tahlil qilinayotgan tushunchalar taqqoslanganda yoziladi,
ular o‘rtasida parallelliklar o‘tkaziladi, o‘xshashliklar va farqlar qayd etiladi.
Bunda muallif misollarga o‘z munosabatini ifodalashi kerak.
Agar bu hikoya
bo‘lsa, u illyustratsiyalar (test misollar) bilan mustahkamlanadi,
u holda esse-
illyustratsiyaga o‘tadi.
Essening har qanday shakli prinsiplarga asoslangan bo‘lishi kerak:
bayon qilish erkinligi;
to‘g’ri yozish qoidasiga rioya qilish;
ta’riflangan yoki tahlil qilinadigan mavzularning sabab-natija munosabatlarini
hisobga olish;
qoidalarning dalillarga
asoslanishi;
yozma nutq qoidalariga rioya qilishning aniqligi;
bayonning qisqaligi va aniqligi;
obyekt-subyekt munosabatlaridagi aloqa.
Mavzu yuzasidan mashq va topshiriqlar
1-topshiriq.
Erkin Vohidov
Taniqli o‘zbek shoiri va jamoat arbobi. 1936 yilning 28
dekabrida Oltiariq tumanida o‘qituvchi oilasida tug‘ilgan.
To‘qqiz yoshida otasidan, bir yildan so‘ng onasidan ajralgan.
Toshkentlik
tog‘asi
Karimboy
Sohiboyev
qo‘lida
tarbiyalangan. ToshDU (hozirgi O‘zMU)ning o‘zbek
filologiyasi fakultetida (1955-1960) tahsil olgan. So‘ng turli
nashriyot va gazeta-jurnallarda ishladi. Respublikamiz yoshlarining birinchi jurnali
«Yoshlik»ning asoschisi (1982).U I va II chaqiriq O‘zbekiston Respublikasi Oliy
134
Majlisi
deputati, qo‘mita raisi vazifasida ishlagan. Uning birinchi kitobi «Tong
nafasi» 1961 yilda chop etildi. Shundan so‘ng uning “Qo‘shiqlarim sizga” (1962),
«Yurak va aql» (1963), «Mening yulduzim» (1964), «Nido‘ (1964), «Lirika’
(1965), «Palatkada yozilgan doston» (1966), «Yoshlik devoni»(1969),
«Charog’bon» (1970), «Quyosh maskani» (1972), «Tirik sayyoralar» (1978),
«Sharqiy qirg’oq» (1981), «Kelajakka maktub’ (1983), «Muhabbat» (1984),
«Hozirgi yoshlar» (1986), «Iztirob’ (1991), «Yaxshidir achchiq haqiqat» (1992)
kabi she’riy to‘plamlari nashr qilindi. «Nido‘ (1964), «Palatkada yozilgan doston»
(1966), «Charog’bon» (1970), «Ruhlar isyoni» (1980), «Ko‘hinur» (1982) kabi
dostonlar yozgan.
«Oltin devor», «Istambul fojeasi», «Ikkinchi tumor» kabi dramalar muallifi.
S. Esenin, A. Tvardovskiy, M. Iqbol, G. Emin she’rlarini, Gyotening «Faust», R.
Hamzatovning «Dog’istonim» asarlarini o‘zbek tiliga tarjima qilgan. 1999 yilda
O‘zbekiston Qahramoni unvoniga sazovor bo‘ldi.
Erkin Vohidov menga oq yo‘l tilagan inson va ustoz sifatida azizdir. Uztozning oq
yo‘li bilan 1976 yilda o‘sha davrning eng obro‘li jurnali «Guliston»da ilk she’riy
turkumum bosilgan edi.
Matn yuzasidan savol va topshiriqlar.
1. Matnni o‘qib gapirib bering.
2. Notanish so‘zlar lug’atini tuzing.
3. Matn yuzasidan esse yozing.
2- topshiriq.
“Qanday ?” sxemasini to‘ldiring.
Davrimizning qanday global muammolari bor ? Ularni
qanday bartaraf qilish
mumkin?