135
3-topshiriq.
Berilgan matnda tushirib qoldirilgan abzatsni yozib, maqolani
tiklang.
Pifagor teoremasi
Pifagor teoremasi — ……….. tomonlari haqidagi teorema. Unga ko‘ra, agar
to‘g’ri burchakli uchburchak tomonlari bir xil masshtabda o‘lchangan
bo‘lsa, katetlar uzunliklari kvadratlari yig’indisi gipotenuza uzunligi
kvadratiga
teng:
Pifagor teoremasiga asosan, ………………………Pifagor
teoremasiga
Qadimgi Misr va Bobilda ma’lum °VD shakl bo‘lgan, lekin birinchi isboti
Pifagorga tegishli deb hisoblanadi.Hozir Pifagor teoremasining o‘ndan ortiq isboti
ma’lum.Yuqorida keltirilgan Pifagor teoremasi ta’rifi …………… o‘rinli, lekin
noyevklid geometriyalarda Pifagor teoremasi boshqacha ifodalanadi.
Qaysi universitet eng yaxshi?
Oxirgi yillarda xalqaro miqyosda oliy o‘quv yurtlari
darajasini aniqlovchi tadqiqotlar o‘tkazish ommalashyapti.
O‘tkazilayotgan reytinglarda sayyoramizdagi universitet va
institutlarga turli mezonlardan kelib chiqib baho berilmoqda.
Xitoyning Szyao Tun universiteti 2003
yildan buyon
dunyoning eng yaxshi oliy o‘quv yurtlari ro‘yxatini tuzib chiqadi. Garchi
reytinglar uyushtirish G’arbda keng tarqalgan va Xitoy davlatiga xos bo‘lmagan
hodisa sanalsa-da, Szyao Tun o‘tkazayotgan tadqiqot natijalari ilmiy doiralarda
jiddiy qabul qilinadi. Jumladan, 2007 yilgi tadqiqot ham ko‘pchilikning
diqqatini
tortmoqda.
Garvard universiteti xitoylik tadqiqotchilar tomonidan 2007 yilda
sayyoramizning eng yaxshi oliygohi deb topilgan.500 ta oliy o‘quv yurti nomi zikr
qilingan reytingning kuchli beshligidan Stenford, Kaliforniya, Kembrij
universitetlari hamda Massachusets texnologiya instituti o‘rin olgan.
Szyao Tun
136
tuzgan ro‘yxatga Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi oliygohlaridan
Moskva davlat
universiteti kirgan.Lomonosov nomidagi universitet reytingda 76-o‘rinni band
etgan. Xitoylik tadqiqotchilar xulosasiga ko‘ra, Amerika, Buyuk Britaniya,
Yaponiya va Germaniya eng nufuzli oliygohlarga ega bo‘lgan davlatlar sanaladi.
Ayrim tashkilotlar uchun o‘ziga xos mezon vazifasini ham bajarayotgan
ushbu ro‘yxat qanday asosda tuzilishi o‘quvchini qiziqtirishi tabiiy. Xitoy
universiteti oliygohlarni o‘rinlarga taqsimlashda ta’lim sifati (10 foiz), pedagog
xodimlar kasbiy darajasi (40 foiz), ilmiy tadqiqot ko‘rsatkichlari (40 foiz) va
umumiy raqamlar (10 foiz) ga e’tibor qaratadi.
“Vebometriks” guruhi tomonidan tuziladigan yillik reyting ham katta ilmiy
doiralarda alohida e’tiborga olinadi.Ushbu ro‘yxatning o‘ziga
xos xususiyati
shundaki, u oliy o‘quv yurtlarining xalqaro kompyuter tarmog’idagi faoliyatiga
asoslanadi. Ya’ni, oliygohlarning veb-saytlari, elektron kutubxonalar bazasi,
xalqaro tarmoqqa kiritilayotgan darslik, qo‘llanma
va boshqa ilmiy nashrlar
asosida 4000 ta ilm maskaniga baho beriladi. “Vebometriks”ning yaqindagina
e’lon qilingan 2007 yilgi reytingida birinchi o‘rin Stendford universitetiga
berilgan.Ikkinchi o‘rinni esa Massachusets texnologiya instituti egallagan. Shu
tariqa Kaliforniya, Garvard, Pensilvaniya kabi nomdor universitetlar nufuzli
reytingning old o‘rinlarini band etgan.
Shuningdek, «Times» gazetasining THES loyihasi
asosida ham jahonning
nufuzli oliygohlari ro‘yxatini e’lon qilish an’anaga aylangan. Ushbu ro‘yxatda
nisbatan kam-roq — 200 ga yaqin oliy o‘quv yurti nomi kiritiladi.Bu esa tanlov
nufuzini yanada oshiradi.THES ro‘yxati dunyo miqyosida mutaxassislar o‘rtasida
o‘tkaziladigan ijtimoiy so‘rov natijalariga asoslanadi.Masalan, ushbu loyiha
asosida o‘tgan yilgi reytingni tuzish uchun 5000 ga yaqin mutaxassis fikri o‘rganib
chiqilgan. To‘g’ri, THESning 2007 yilgi reytingi hozircha e’lon qilinganicha yo‘q.
Lekin eslatma sifatida o‘tgan yili ro‘yxatda Garvard, Kembrij, Oksford,
Massachusets va Yel kabi oliy o‘quv yurtlari yuqori o‘rinlarda qayd etilganini
aytish mumkin.
137
Aytish kerakki, yuqorida zikr qilingan barcha reytinglar ham mavjud
voqelikni to‘la va haqqoniy ifodalaydi deb bo‘lmaydi. Deylik, Szyao Tun
universiteti o‘tkazadigan tadqiqotlarda gumanitar fanlarga kam e’tibor
beriladi.“Vebometriks” guruhi esa faqatgina internet resurslariga asoslanadi.THES
esa ro‘yxatni shakllantirishda faqat ekspertlar xulosalari bilan cheklanadi.
Shundan ham bilish mumkinki, o‘tkazilayotgan tadqiqotlar dunyo
mamlakatlaridagi oliy o‘quv yurtlari faoliyatiga u yoki bu nuqtai nazardan baho
beradi.Aslida e’lon qilinayotgan turli nomdagi reytinglarning foydali jihati ham
shunda.
Matn yuzasidan topshiriqlar.
1. Matnni o‘qing va undagi termin va iboralarning ma’nosini izohlang.
2. Matnga reja tuzing va uni reja asosida so‘zlab bering.
3. Turli mamlakatlarning ta’lim tizimlari haqida esse tayyorlang.
4. Matndan ta’lim sohasiga oid terminlarni ko‘chirib yozing.