• Mavzu yuzasidan mashq va topshiriqlar 1-topshiriq. Abu Rayhon Beruniy (973-1048)
  • Mavzu yuzasidan mashq va topshiriqlar




    Download 7,1 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet80/150
    Sana09.10.2024
    Hajmi7,1 Mb.
    #274172
    1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   150
    Bog'liq
    Akademik yozuv o\'quv qo\'llanma

    Mavzu yuzasidan mashq va topshiriqlar 
    1-topshiriq.
     
    Abu Rayhon Beruniy
    (973-1048) 
     
    O‘rta asrning buyuk qomusiy olimi Abu Rayhon Muhammad ibn Ahmad al-
    Beruniy zamonasining qator fanlari: astronomiya, fizika, matematika, geodeziya
    mineralogiya, geologiya, tarix kabilarni chuqur o‘rgandi. U Xorazmning qadimgi 
    poytaxti Kot shahrida tug’ildi va yoshligidanoq ilm-fanga qiziqishi orta bordi. 
    Beruniy keyinchalik mashhur olim Abu Nasr Mansur ibn Iroq ko‘lida ta’lim oldi. 
    Ibn Iroq astronomiya, geometriya, matematikaga oid bir qancha asarlar yozib, 
    shulardan 12 tasini Beruniyga bag’ishlaydi. Beruniy ona tilidan tashqari yana bir 
    qancha tillarni: arab, sug’diy, fors, suryoniy, yunon va qadimgi yaxudiy tillarini, 
    keyinchalik Hindistonda sanskrit tilini o‘rganadi.


    152 
    U 22 yoshida vatanini tashlab chiqib ketishga majbur bo‘ldi va bir qancha 
    vaqt Kaspiy dengizining janubi-sharqiy sohilidagi Jurjon shahrida muhojirlikda 
    yashadi. So‘ng qadimgi Ray shahriga bordi, 998 yildan keyin yana Jurjonga keldi 
    va bu yerda o‘zining ikkinchi ustozi tabib, astronom, faylasuf Abu Sahl Iso al-
    Masihiy bilan tanishib, undan ta’lim oldi. Beruniy “Osor al-boqiya an alqurun al-
    xoliya” (“Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar”) asarini Jurjonda muhojirlik 
    davrida yoza boshlagan va 1000 yilda tamomlagan. “Osor al-boqiya” Beruniyga 
    juda katta shuhrat keltirdi, uni fanning hamma sohasiga qiziquvchi buyuk olim 
    ekanini ko‘rsatdi. Bundan tashqari Beruniy Jurjonda astronomiya, netrologiya 
    tarixiga oid 10 dan ortiq asar yozdi. 
    Beruniy shoh Mahmud G’aznaviy II ning eng yaqin maslahatchisi sifatida 
    mamlakatning siyosiy ishlarida ham faol qatnashdi. 
    Xorazmning Mahmud G’aznaviy tomonidan bosib olinishi Beruniy hayotini 
    xavf ostiga qo‘ydi. U Xorazmshoh saroyidagi barcha olimlar bilan birga G’azna 
    shahriga asr qilib olib ketiladi. Beruniyning 1017 – 1048 yillarda G’aznada 
    kechirgan hayoti, bir tomondan nihoyat og‘ir kechgan bo‘lsa, ikkinchi tomondan, 
    uning ilmiy faoliyati uchun eng mahsuldor davr bo‘ldi. Beruniyning “Xorazmning 
    mashhur kishilari” asari ham shu davrda yaratilgan. Uning muhim astronomik-
    geografik asari “Tahdid nihoyot al-amoniya li tasxidi masofat al-masokin” (“Turar 
    joylar orasidagi masofani tekshirish uchun joylarning oxirgi chegaralarini 
    aniqlash” – “Geodeziya”) 1025 yilda yozib tugatilgan. 
    Beruniy o‘z asarlari ro‘yxatini tuzgandan keyin yana ikkita muhim kitobini 
    yozgan. Bulardan biri “Mineralogiya”dir. Bu risola o‘z ma’nosi uchun Markaziy 
    Osiyo va Yaqin Sharq, hatto Ovro‘pada ham mineralogiya sohasida eng yaxshi, 
    tengi yo‘q asar hisoblanadi. Beruniyning oxirgi asari – “Dorivor o‘simliklar haqida 
    kitob”ining qo‘lyozmasi XX asrning 30-yillarida Turkiyada topildi. Asar 
    “Saydona” nomi bilan mashhur, unda Beruniy Sharq, ayniqsa Markaziy Osiyoda 
    o‘sadigan dorivor o‘simliklarning to‘la tavsifini beradi. 
    Beruniy shogirdi Abu-l Fadl as-Seraxsiy ma’lumoti bo‘yicha 11 dekabr 1048 
    yilda vafot etgan. 


    153 
    Beruniy so‘nggi avlodlarga katta ilmiy meros qoldirdi. Beruniyning o‘z 
    davri ilm-fanining turli sohalariga oid 160 dan ortiq tarjimalari, turli hajmdagi 
    asarlari, yozishmalari qolganligi bizga ma’lum. Yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan katta 
    hajmdagi asarlaridan tashqari astronomiya, astrologiya, matematika, geodeziya, 
    geologiya, mineralogiya, geografiya, arifmetika, tibbiyot, farmakologiya, tarix, 
    filologiya masalalariga oid qator risolalar yaratdi va sanskrit tilidan arabchaga, 
    arab tilidan sanskrit tiliga tarjimalar qildi, badiiy ijod bilan ham shug’ullanib 
    she’rlar yozdi. “Astrologiyaga kirish”, “Astronomiya kaliti”, “Jonni davolovchi 
    quyosh kitobi”, “Ikki xil harakatning zarurligi haqida”, “Ko‘paytirish asoslari”, 
    Ptolemey “Almagesti”ning sanskritchaga tarjimasi, “Foydali savollar va to‘g’ri 
    javoblar”, 
    “Farg’oniy “Elementlar”iga tuzatishlar”, “Turklar tomonidan 
    ehtiyotkorlik”, “ Oq kiyimlilar” haqida ma’lumotlar”, “She’rlar to‘plami”, “Al-
    Muqanna haqidagi ma’lumotlar tarjimasi”, “Ibn Sino bilan yozishmalar” shular 
    jumlasidandir. 
    Matn yuzasidan topshiriqlar: 
    1. Matnni o‘qing. Matnga reja tuzing. 
    2. Reja asosida matn mazmunini qisqartirib so‘zlab bering. 
    3. Matndan tayanch so‘zlarni aniqlab, ko‘chirib yozing. 
    4. Olim fanning qaysi sohalariga oid asarlar yaratganligini yozib bering. 

    Download 7,1 Mb.
    1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   150




    Download 7,1 Mb.
    Pdf ko'rish