• 3- topshiriq. Quyida keltirilgan
  • 4- topshiriq . “Jonli kutubxona”
  • Gayubova komila anvarovna yulanova nargiza davlatovna akademik yozuv




    Download 7,1 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet81/150
    Sana09.10.2024
    Hajmi7,1 Mb.
    #274172
    1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   150
    Bog'liq
    Akademik yozuv o\'quv qo\'llanma

     
    2-topshiriq. 
    Tushunchalar tahlili metodi jadvalini to‘ldiring

    Taqriz 
     
    Annotatsiya 
    Esse 
    Matn 
     
    Uslub 
    Referat 
    Tushunchalar
    Tushunchalar tahlili


    154 
    3- topshiriq. 
    Quyida keltirilgan
     
    klishelangan iboralarni davom ettirib, gaplar tuzing. 
    1) Maqola (matn) muallifi – mashhur olim..... 
    2) Maqola (matn) …….mavzusiga bag’ishlangan. 
    3) Kirish qismida (matn boshida) ….ta’rifi shakllantiriladi. 
    4) Muallif …..haqida xulosa chiqaradi. 
    5) Shunday qilib, …. haqida xulosa chiqarish mumkin. 
    6) Taqdim etilgan ma’lumotlar yangiligi bilan farq qiladi va … foydalanish mumkin. 
    7) Ishning (maqolaning) afzalliklari (kamchiliklari) quyidagilarni o‘z ichiga oladi: 
    4- topshiriq
    .
    “Jonli kutubxona” 
     
    “Jonli kutubxona”lar (ing.Human Library) aynan shunday imkoniyatni 
    beruvchi noodatiy kutubxonalaridan biridir. Bu kutubxonalarning boshqalardan 
    yagona farqi shundaki, unda siz kitoblar o‘rniga jonli insonlarni tanlaysiz, mutolaa 
    esa tanlangan insonlarni tinglash hamda ularning hikoyalari bo‘yicha turli savol-
    javoblar o‘tkazishdan iborat.
    “Jonli kutubxona” tashkil etish g‘oyasi 2000-yili Daniyaning Kopengagen 
    shahrida Ronni Abbergel va uning jamoasi tomonidan yoshlar o‘rtasida 
    zo‘ravonlikni kamaytirish maqsadida to‘rt kun davomida o‘tkazilgan festivaldan 
    so‘ng paydo bo‘lgan. Ijobiy natijalarga boy ushbu festival birozdan so‘ng “Jonli 
    kutubxona” uyishmasini tashkil etishga turtki bo‘ldi. Dastlab Daniyada 
    muvaffaqiyatga erishgan bu turdagi kutubxonalar tashabbuskorlar va Yevropa 


    155 
    kengashi kabi jamoat kutubxonalari institutlari tomonidan qo‘llab-quvvatlanishi 
    natijasida dunyo bo‘ylab keng miqyosda tarqalmoqda. 
    Bugungi kunda 70dan ortiq davlatlarda “Jonli kutubxona” kutubxonalari 
    tashkil etilgan bo‘lib, bu harakatlar butun dunyoning ijtimoiy hayotiga sezilarli 
    darajada ta’sir etmoqda. Dastlab o‘quv dargohlari, san’at ko‘rgazmalari hamda 
    yoshlar kongresslarida inson huquqlariga bag‘ishlagan festival sifatida tashkil 
    etilgan bu tadbir, keyinchalik alohida kutubxona sifatida faoliyat yuritishga o‘tdi. 
    2006-yili esa Avstraliyaning Lismore shahrida birinchi doimiy faoliyat ko‘rsatish 
    uchun jonli kutubxona binosi qurib foydalanishga topshirildi. 
    “Jonli kutubxona”larda kutubxonachilar ko‘ngilli ravishda ishlab, ularning 
    asosiy vazifasi jonli kutubxonalarni kitobxonlarning qiziqishiga ko‘ra tanlashga 
    ko‘maklashish, ularga yo‘l-yo‘riq ko‘rsatish, yangi kitobxonlarga bu kutubxona 
    haqida ma’lumot berishdan iboratdir. Kitob bo‘lib xizmat qiluvchi insonlar ham 
    ko‘ngilli sifatida o‘z hayot tajribalari bilan o‘rtoqlashadi, kitobxonlarning 
    savollariga ochiq-oydin javob berishadi.
    Yaqinda o‘tqazilgan tadqiqot natijalari ushbu kutubxonalarning yaratilishi 
    oliy o‘quv yurtlari talabalari uchun ijobiy ta’sir o‘tkazib, ulardagi noto‘g’ri 
    tushunchalarning kamayishi, o‘qish real aloqalarni rivojlantirish, insonlarga 
    ko‘maklashish kabi insoniy fazilatlari ortib borayotganini ko‘rsatadi. 
    Xulosa o‘rnida aytish joizki, bugungi kunda zamonaviy texnologiyalar rivoji 
    hayotimizni tubdan o‘zgartirdi, telefon, kompyuter va ijtimoiy tarmoqlarning 
    paydo bo‘lishi insonlarni real hayotdan virtual olam tomon yetaklab borayotgani 
    ayni haqiqat. Buning natijasida insonlar o‘rtasida yuzma-yuz muloqot keskin 
    kamayib, o‘zimiz yaratgan aqlli qurilmalar go‘yoki bizlarni boshqaruvchi kuchga 
    aylanadi. Insonlar endi bilimlarni kitobdan emas, balki turli qidiruv tizimlari yoki 
    boshqa internet saytlaridan izlashmoqda. Bu esa, kitob o‘qish madaniyatiga ta’sir 
    etibgina qolmay, kitoblarga bo‘lgan talabning kamayishiga olib keldi. Kitob 
    mutolaasiga talab qanchalik pasaygani sari, kutubxonalardan kitobxonlarni jalb 
    etishning yangi-yangi yo‘llarini topish taqozo etiladi. “Jonli kutubxona”lar 
    yuqorida keltirilgan muammolarga yechim bo‘lsa ajab emas. 


    156 
    Matn yuzasidan savol va topshiriqlar: 
    1. Matnni o‘qing. Matnga reja tuzing.
    2. Reja asosida matn mazmunini so‘zlab bering. 
    3. Matndan klishelangan so‘zlarni aniqlab, ko‘chirib yozing. 
    4. Dunyodagi mashhur kutubxonalar haqida taqdimot tayyorlang.

    Download 7,1 Mb.
    1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   150




    Download 7,1 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Gayubova komila anvarovna yulanova nargiza davlatovna akademik yozuv

    Download 7,1 Mb.
    Pdf ko'rish