Ilmiy sharh ma’lum bir vaqt mobaynida muayyan mavzu bo‘yicha ko‘plab asosiy manbalardan tanlash, tahlil qilish, tizimlashtirish va mantiqiy umumlashtirishdan olingan ma’lumotlarni o‘z ichiga olgan matndir.
sharh - muayyan davr uchun axborotni umumlashtirish va baholash asosida
muayyan mavzudagi eng muhim ma’lumotlarni izchil bayon etish;
sharh - ma’lum bir vaqt ichida asosiy manbalardan olingan ma’lumotlardan
foydalanishga asoslangan ma’lum bir savol yoki muammo bo‘yicha
umumlashtirilgan axborotlarni o‘z ichiga olgan sintezlangan matn ;
sharh –muayyan vaqt ichida nashr etilgan ushbu maqsad uchun tanlangan
ilk ilmiy manbalardan olingan ma’lum bir savol yoki bir qator masalalar
bo‘yicha sintezlangan ma’lumotlarini o‘z ichiga olgan matn.
158
Sharh tuzilishi bo‘yicha bir nechta qoidalarni esda saqlaylik: Qoidalar 1-qoida: Sharhning aniq mavzusini va auditoriyasini aniqlab oling
Mavzu shaxsan sizga qiziq bo‘lishi kerak
Mavzu dolzarb, “qaynoq”bo‘lishi kerak
Sharh aniq muammolarni ko‘rib chiqishi
kerak
Maqsadli auditoriyangizni aniqlang.