161
2- topshiriq.
“Termin” so‘zi namunasiga ko‘ra “Uslub” so‘ziga sinkveyn
tuzing va umumlashtiruvchi xulosa chiqaring.
“Sinkveyn” (5-qator) texnikasi:
1-qator - tushuncha - ot
2-qator - 2 so‘zdan iborat sifat
3-qator - 3 so‘zdan iborat fe’l
4-qator - 4 so‘zdan iborat munosabat
5-qator - 1 so‘zdan iborat sinonim
Namuna:
1.Termin
2.Iqtisodiy, sohaviy
3.Anglatadi, ishlatiladi, aniqlaydi
4.Birgina ma’noga ega bo‘lgan so‘z.
5.Atama.
3- topshiriq.
Gaplarni o‘qing, ularni til va yozuv taraqqiyoti nuqtai nazaridan
tartib bilan ko‘chiring.
1. VIII asrda O‘rta Osiyoda islom dini bilan birga arab yozuvi ham tarqaldi.
O‘zbek xalqi bu yozuvdagi 28 harfga yana qo‘shimcha to‘rtta harf kiritib, o‘z tiliga
moslashtirdi.
2. 1940- yil 8- mayda O‘zbekiston Respublikasi hukumatining qarori bilan
kirill yozuviga asoslangan yangi o‘zbek alifbosi qabul qilindi. Ushbu alifbo
asosida «O‘zbek tilining asosiy imlo qoidalari» 1956- yil 4-
aprelda tasdiqlangan
edi.
3. 1993- yil 2- sentabrda «Lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosini joriy etish
to‘g’risida» Qonun qabul qilinishi mustaqil Vatanimizning ma’naviy-madaniy
hayotida jahonshumul ahamiyat kasb etdi. Yangi alifboga kiritilgan o‘zgarishlar
asosida «O‘zbek tilining asosiy imlo qoidalari» ishlab chiqildi va O‘zbekiston
Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan 1995- yil 24- avgustda tasdiqlandi.
162
4. O‘zbek yozuvi dastlab 1929- yilda lotin grafikasiga asoslangan alifboga
ko‘chirilgan edi.
5. Turkiy xalqlarning ko‘plab bebaho yodgorliklari qadimgi turk va uyg’ur
yozuvlarida bitilgan. O‘rxun-Enasoy yozuvi harf (tovush)
yozuvining ancha
mukammal shakli bo‘lib, har bir tovush uchun maxsus shakl qo‘llangan.
6. O‘rta Osiyo xalqlari eng qadimdan o‘z yozuv madaniyatlariga ega bo‘lganlar,
harf (tovush) yozuvining eng qadimgi shakllari hisoblangan so‘g‘d va Xorazm
yozuvlaridan foydalanganlar. Bu yozuvlar oromiy alifbosi asosida yuzaga kelgan.