163
Ibn Sino 1002 yilda Buxorodan chiqib ketadi, Urganch, Obivard, Naso,
Nishopur, Jurjon, Ray, Isfahon, Hamadon kabi shaharlarda bo‘ladi. U 1037 yilda
(hijriy 428) 57 yoshida Hamadon shahrida vafot etadi.
Agar buyuk tabibning ijodiy merosini ko‘zdan kechirsak,
uning naqadar
serqirra iste’dod egasi ekanligining guvohi bo‘lamiz. Mutafakkirning turli fanlarga
oid 450 dan ortiq ilmiy asarlar yaratganligi ma’lum. Biroq bizgacha Ibn Sinoning
242 ta asari yetib kelgan. Shulardan 4 tasi adabiyotga, 5 tasi musiqaga, o‘ndan
ortig’i astronomiyaga oid asarlardir va h.k.
Ibn Sino Sharqda «Shayxur-Rais», G’arbda esa «Avitsenna» nomi bilan
mashhur. Lekin u agar buyuk tabib bo‘lmaganida edi, adabiyot va san’atga oid
ishlari bilan ham madaniyatimiz tarixida o‘chmas iz qoldirgan bo‘lar edi. «Yusuf
qissasi» Qur’on syujeti asosida yozilgan birinchi asar bo‘lib,
ramziy-majoziy
usuldadir. «Rasolat - at tayr» («Qush risolasi»), «Uyg‘oq o‘g‘li Tirik» («Hayy ibn
Yaqzon») kabi asarlari ham ramziy-majoziy uslubda, «Salomon va Ibsol» yesa
ishqiy-sarguzasht asardir. Ibn Sino shoir sifatida doston, qasida, g’azal, ruboiy,
fardlar yaratgan. Uning she’rlari ilm-ma’rifatga da’vat qiladi; shoir dunyo sirlarini
bilishga intiladi, yaxshi axloqiy xislatlarni yegallashga chaqiradi. She’riyatning
nazariy masalalari uning «Musiqa ilmida katta to‘plam»
asarida ham tadqiq
yetilgan. U tibbiy yo‘l-yo‘riqlarni, ko‘rsatmalarni she’riy yo‘l bilan bayon yetgan.
Bular urjuzalar deb atalgan. Bunga sabab ularning rajaz vaznida yozilganidir.