Fizika va astranomiya tarixi




Download 303.34 Kb.
Pdf ko'rish
Sana30.03.2024
Hajmi303.34 Kb.
#182779
Bog'liq
fizika tarixi 1
Adir o\'simliklari, Amaliy mashg’uloti O’quvchi shaxsi tarbiyaning ob’yekti va sub’y-fayllar.org, 6-mavzu glossariy, 10-mavzu glossariy, 17-mavzu glossariy, 19-mavzu glossariy, 20-mavzu glossariy, 3-laboratoriya ishi, 3-laboratoriya ishi (1), 2-topshiriq2, 4-laboratoriya ishi, 3-topshiriq, Butanni degidridlash 15, Справка, TO‘QUYCHILIK MAXSUS TEXNOLOGIYASI VA JIHOZLARI ALIMBOYEV (1)


Burxonov Kamron “fizika va astranomiya tarixi” 121-20. 
Mavzu: Qadimgi grek olimlarining natural falsafiy qarashlari 
Antik davr ilm fani. Ilm fanning dastlabki rivojlanishi va 
shakllanishi antik davr deb hisoblanadi. Uning markazi esa - qadimgi 
Gretsiya.
Buni sababi nimada? Yuqorida aytilganidek insonning va 
sivilizatsiyaning rivojlanishi ancha oldin boshlangan (4-6 ming yillar 
ilgari). Ko’plab tabiat, osmon jaroyonlari, xarakat va boshqa turdagi 
hodisalar xaqida yetarli ma‘lumotlar to’plangan (4 ming yil ilgari qadimiy 
Vavilonda astronomik kuzatishlar natijasida hatto zilzila bo’lishi, Oy va 
Quyyoshlarni tutilish vaqtlarini zamoniga yarasha aniqlab berganligi 
xaqida ma‘lumotlar mavjud). Lekin qo’lga kiritgan bu muvaffaqiyatlar va 
yutuqlar ilmiy izlanishlar natijasida sodir bo’lgan emas. Ular asosan 
hodisalarni sinchiklab qayd etish, kuzatish, eslab qolish natijasida sodir 
bo’lgan. Keyinchalik foydalanish davomida yuqori darajali ratsional 
yondoshuv qo’llangan va “Shunday bolar ekan” yoki “Shunday ekan” deb 
ma‘lumotlarni qabul qilish ta‘minlangan. Hech qanday shubha, hech 
qanday ortiqcha savollar (―Nimaga? ―Sababi nimada?), izlanishlar va 
isbotlarga hojat yo’q edi. Eramizdan oldingi eraning VII-VI asrlaridan 
boshlab - greklar sivilizatsiyasi paydo bo’lishidan, bizning eramizni V 
asrgacha – Rim imperiyasini qulashiga qadar (12-11asr davomida). 


Demak ilmiy faoliyatga tegishli ushbu fazilatlar (shubhalanish, 
qiziqish, savollar berib ularga javoblar qidirish, izlanishlar o’tkazish va 
masalani isbotini topish, jamiyatda ilmiy ijod bilan shug‗ullanuvchi 
maxsus odamlar va markazlarning mavjudligi) birinchi marta qadimiy 
Gretsiyada uchraydi. Ana shuning uchun ham fan tarraqietini 
xronologiyasi qadimiy Gresiyada boshlangan. Dalil sifatida bir necha 
omillar keltiramiz: 
- fanlarning aksariyatini vatani Gresiya deb hisoblanadi, (matematika, 
mexaniqa, fizika, biologiya, pedagogika, psixologiya, geografiya, 
androgogika va boshqalar); 
- hozirgi zamon ilm fanda (va shu jumladan fizika va astronomiyada) 
ilmiy terminlarning (massa, atom, elektron, izotop va boshqalar) ko’plari 
jahon bo’yicha grek tilida saqlanib qolingan; 
- formulalarning grek alifbosida ishlatilishi; 
Grek olimlari eramizdan oldingi davrda yashagan bo’lsalarda ularning 
nomlari: Fales (640 — 594), Demokrit (463-370), Pifagor, Geraklit 
(530-470), Aristotel (384- 322); Platon (429-348). Arximed (287-212), 
Geron (150-100), Ptolemey (87-M5) va boshqalar keng tomonlamo 
o’rganiladi, ularning fikrlari, model va teoremalari ilmiy adabiyotlarda 
ko’pincha uchrab turiladi.
Qadimgi Gresiyada inson o’z kuchini birinchi o’rinda uning ongi 
bilan anglatadi, va fanni jamiyat taraqqiyoti rivojlanishiga qaratganlar
Birinchi olimlar, faylasuflar ya‘ni "donolik ishqibozlari" deb atalganlar. 
Donolikni o’rganishga talab kuchaya bordi, bu esa olim va o’qituvchi 
kasbini vujudga keltirdi. O’sha paytdan ya‘ni eramizdan oldingi davrda 


Platon akademiyasi, Aristotel litseyi tashkil etilgan edi. Bu tashkil etilgan 
o’quv maskanlari, tor sohadagi kasb egalari, injinerlar, vrachlar, 
astronomlar, matematiklar, fiziklar, geograflar va boshqa kasb egalarini 
shakllantirishda muhim omil bo’lib xizmat qilgan. Yagona natural falsafa 
sifatida tabiat xaqidagi ilm fan Qadimiy Gresiyada 2,5 ming yil ilgari 
paydo bo’lgan. Atrofdagi dunyoni va xayotni sinchkovlik odamlar 
tomonidan olib borilgan kuzatishlar bu ilm fanni paydo bo’lishiga va 
rivojlanishiga tabiiy asos bo’ldi. Kuzatishlardan hulosalar qilingan, ular 
umumlashtirilgan va yaratilgan teoremalarga isbot sifatida qo’llangan. 
Qadimiy zamonlarda o’lchov yoki tajriba sinovlar o’tkazishga 
deyarli qiziqish bo’lmaganlik sababli kuzatishlar asosan falsafaviy 
muhokama qilish, hulosa chiqarish, juda deganda - tahlil etish natijasida 
dohiyona g’oyyalarni shakllantirish bilan cheklangan halos. Bunga 
ko’pgina sabablar bo’lishi mumkin. Lekin asosiysi - bu iqtisodiy sababdir. 
Quldorlik jamiyatda madaniy, ruhiy faoliyatni erkin aholi olib borar 
edi, barcha qora 9 ishlarni bajarishni esa , huquqlari keskin cheklangan, 
qullarga topshirishgan (Tarixda bu holat xaqida Aristotel nomi bilan 
bog‗lik bir kulgilik afsona saqlanib qolgan . Kunlardan birida Aristotel 
ayollarda tishlar soni erkaklarnikidan kam bo’ladi degan g’oyyani nazariy 
va mantiqiy isbotlab berganmish. Lekin bu g’oyyani hatto o’zining hotini 
yoki ayol hizmatkorini ozini ochib tekshirishga jurrat etgan va umrini 
ohirigacha g’oyyasini to’gri deb hisoblagan). Ilmiy eksperiment va 
sinovlar o’tkazish erkin odamlarga to’g’ri kelmaydi deb hisoblashga 
ikkinchi sabab - buning uchun tegishli moddiy-texnik baza bo’lishi, 
texnikani rivojlangan darajasi yuqori bo’lishi zarur. Lekin u vaqtda 
bularni ta‘minlab berish imkoni yo’q edi. Shuning uchun bazibir jiddiy 


ilmiy eksperimentlar o’tkazishni o’rniga oddiy kuzatish va muxokama 
qilish bilan deyarli barcha tadqiqotlar yakunlangan edi. Bunday holat ko’p 
hollarda Olamning tuzilishi bo’yicha idealistik modellarni kelib 
chiqishiga sabab bo’lgan. Masalan, Platondan ilgari yashagan Eleylik 
Parmenidning (520-445y.y. eramizdan oldingi era) fikricha atrofimizdagi 
materiyani yoki moddani ko’rinishi, shakli insonning tasavvurida qanday 
bo’lsa, xayotda ham shunday bo’ladi, ya‘ni narsa – bu insonning u 
xaqidagi fikridir, narsa - real mavjud materiya emas deb qaralgan. 
To’plangan bilimlar alohida fanlarga ajralmasdan yagona shaklda 
tabiat xaqidagi fan sifatida saqlanib kelgan. Balki aynan shuning uchun 
ham (deyarli 1,5-2 ming yil davomida, XVII asrgacha) dastlabki ilm 
fanning nomi naturfilosofiya bo’lgan. Bu so’z tabiat xaqida donishmand 
muhokama (munozara) qilish degan ma‘noga ega Natural grek tilida – 
tabiat; fil..., filo...- sevaman, sevish; sofiya – donishmandlik, filosofiya – 
donishmandlikga qiziqish) V. Qadimiy grek olimlarining fizika va ilm 
fanga qo‘shan hissalari.
Grek olimlarning fizika sohasiga tegishli ayrim dohiyona 
g’oyyalarini sharqlab o’tamiz. Miletlik Fales (625-547 eramizdan oldingi 
era): - Barcha yulduzlar Yer turkimiga kirgan moddalardan tashkil 
bolgan. - Birinchilar qatorida masalarni oddiy hisoblashdan nazariy 
isbotlashga o’tgan. Bizga uni 3 ta isbotlangan teoremasi ma‘lum: 1. 
Istagan doyirani uning diametri ikki teng yarimlikga bo’ladi. 2. Diametrga 
tirkalgan burchak –to’g’ri burchakdir. 3. Tengyonli uchburchakning yon 
burchaklari bir biriga teng. Anaksimandir (610-547 eramizdan oldingi 
era): - Dunyolar doyimo paydo bo’lishadi va keyinchalik buzilishadi. 
Epikur (341-270 eramizdan oldingi era): - Bizning Yerga o’hshash odam 


yashaydigan ko’plab dunyolar mavjud. 10 - Demokritning atomistik 
g’oyyalari qayta ko’rib chiqildi va toldirildi (uning asosida uchta prinsip 
yotadi: materiyani saqlanishi, shakllarning saqlanishi hamda bo’shliqni 
mavjudligi). Mitrodor (eramizdan oldingi eradagi III-II asrlar): - Yerni 
qamrab olgan bepoyon fazoda u yagona odam yashaydigan joy deb 
hisoblash bug‗doy ekilgan katta maydonda yagona bug’doy boshog’i 
o’sib chiqadi degan g’azablantiruvchi bema‘nilik bilan teng. Geraklit 
Efesskiy (eramizdan oldingi eradagi V asr): - Materiya butun 
mavjudotning bosh negizidir. Aristarx Samosskiy (eramizdan oldingi 
eradagi IV-III asrlar): - Olamning geliotsentrik tuzilishi hamda barcha 
osmon jismlarini Quyosh atrofida xarakati xaqida g’oyya kiritdi. Aristotel 
(384-322 eramizdan oldingi era): - Olam (Koinot) miq‘yosida tabiatni 
kelib chiqish, uyushtirilish, tashkil etilish muammolari (ya‘ni 
tabiatshunoslik muammolari), kosmologiya va kosmogoniyalar bilan 
shug’ullanuvchi barcha olimlarni fizika sohasini o’rganuvchilari degan. 
Bu ma‘‘noda Aristotelni o’zini shartli ravishda birinchi fizik deb aytsa 
bo’ladi. Kontinual dasturining (konsepsiyasining) negizida dunyo 
materiyadan tashkil topgan yoki boshqacha aytganda barcha material 
dunyo uzluksiz xarakatdagi substansiyadan tashkil topgan.
Tabiatda mavjud barcha narsa o’zidan-o’zi paydo bo’lmaydi va 
yoqolmaydi. U abadiy yashaydi va ushbu substansiyaning hilmaxil 
shakllarida o’zini namoyish etadi (bir shakldan ikkinchisiga o’zgarish 
oqibatida). Zamonaviy ilmiy tilda bu elementar zarralardan tashkil topgan 
moddaning tuzulish nazariyasining asosidir Xayot davomida Aristotel ilm 
fanning xar xil sohalari bo’ycha 61 kitob yozib qoldirgan. Bizgacha 4 ta 
saqlanib qolganlari: ―Fizika, ―Osmon xaqida, ―Paydo bo’lish va yo’q 


qilish xaqida va ―Meteorologika. - Olam - bu doimiy aylangan 
Kosmosdir va uning xarakati (qandaydir bir kichik fazo xajmidan) 
dastlabki bir turtkidan boshlangan (zamonaviy Katta Portlash va 
kengayuvchi Olam nazariyasini o’zi). Kosmos esa - bu qandaydir bir 
cheklangan va markazada Yer joylashgan sfera. Fazo va vaqt shu Kosmos 
chegarasidagina mavjud va doimiy xarakatdagi dastlabki materiya - 
substansiya bilan toldirilgan. ―Dastlabki materiya bir necha ―dastlabki 
kuchlar yoki dastlabki elementlar (to’rta kuch: havo, suv, olov, va yer) 
ta‘sirida va to’rta stixiya-tabiat hodisalari (sovuq, issiq, namlik, quruqlik) 
yerdamida biridan biriga o’tadi (issiqlik va quruqlik birlashib, olov 
yaratidi; issiqlik va namlik birlashib, havo yaratiladi; sovuqlik va namlik 
birlashib, suv yaratiladi; sovuqlik va quruqlik birlashib, yer yaratiladi 
degan xulosalarga kelingan.

Download 303.34 Kb.




Download 303.34 Kb.
Pdf ko'rish