|
0 ‘zbekist0n respublikasi oliy va
|
bet | 1/109 | Sana | 14.02.2024 | Hajmi | 22,48 Mb. | | #156599 |
Bog'liq TO‘QUYCHILIK MAXSUS TEXNOLOGIYASI VA JIHOZLARI ALIMBOYEV (1)
0 ‘ZBEKIST0N RESPUBLIKASI OLIY VA 0 ‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
0 ‘RTA MAXSUS, KASB-HUNAR TA’LIMI MARKAZI
E.Sh. ALIMBOYEV, P.S. SIDDIQOV, B.K. HASANOV, S.S. RAHIMXO‘JAYEV, M.R. YUNUSXO‘JAYEVA, D.N. QODIROVA
TO‘QUYCHILIK MAXSUS TEXNOLOGIYASI VA JIHOZLARI
Kasb-hunar kollejlari uchun o ‘quv qo‘llanma
To‘ldirilgan va qayta ishlangan 2-nashri
Toshkent - «ILM ZIYO» - 2011
УДК 677.05(075) ВВК 37.2305уа722 Т99
Oliy va о ‘rta maxsus, kasb-hunar ta \limi ilmiy-metodik birlashmalari faoliyatini muvofiqlashtiruvchi Kengash tomonidan nashrga tavsiya etilgan
0 ‘quv qo‘llanma 18 bobdan iborat bo‘lib, unda to‘quvchilik texno- logiyasi, zamonaviy to‘quv dastgohlari asosiy mexanizmlarining tuzilishi, ishlash prinsipi va ularni sozlashga oid mavzular yoritilgan. Kitobda, shuningdek, to‘quvchining vazifalari, dastgohning va to‘quvchining mehnat unumdorligini aniqlash, jarayonni kompyuterda boshqarish masalalari ham o ‘z aksini topgan.
0 ‘quv qo‘llanma to‘quvchi mutaxassisligi bo‘yicha ta’lim olayotgan kasb- hunar kollejlari o ‘quvchilari uchun moMjallangan b o‘lsa-da, undan To‘qimachilik instituti talabalari, to‘qimachilik korxonalarining muhandis- texnik xodimlari ham foydalanishlari mumkin.
0 ‘quv qo‘llanmaning ikkinchi nashri ilg‘or xorijiy mamlakatlarda ishlab chiqarilgan dastgohlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar bilan to‘ldirilgan.
T a q r i z c h i l a r O. OXUNBOBOYEV — 0 ‘zbekiston Tabiiy tolalar ilmiy tadqiqot institutining rahbari, texnika fanlari nomzodi; S. MATISMOILOV — Toshkent to‘qi- machilik va yengil sanoat instituti «Yigirish texno- logiyasi» kafedrasi mudiri, texnika fanlari nom zodi, dotsent.
ISBN 978 -9943 -303 -58 -4 © «ILM ZIYO» nashriyot uyi, 2007-y.
© «ILM ZIYO» nashriyot uyi, 2011-y.
0 ‘zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishganidan so‘ng ishlab chiqarishning barcha sohalarida, jumladan, to‘qimachilik sanoatida ham katta ijobiy o‘zgarishlar bo'ldi. Respublikamiz hukumati va bevosita davlat rahbari
I. A. Karimov tashabbusi bilan to'qimachilik sanoatining deyarli hamma korxonalarida xususiylashtirish dasturiga ko‘ra, ochiq turdagi hissadorlik jamiyatlari tashkil etildi.
0 ‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1996-yil 29-aprel- dagi 166-sonli «Yengil va mahalliy sanoatlaiga davlat yordami to‘g‘risida»gi va 1997-yil 27-iyundagi 326-sonli «O'zbekyengilsanoat» uyushmasi bilan biigalikda chet el kompaniyalari, qo‘shma korxonalami joriy etish tadbirlari to‘g‘risidagi qarorlar yangi quwatlar qurilishini tezroq tugatish, mavjud kor- xonalarda texnika va texnologiyalami yangilash dasturi bo‘ldi. Dastuiga ko'ra, dunyodagi eng ilg‘or texnologiyani mamlakatimizga keltirish, chet el investitsiyalarini jalb etish, bank kreditlaridan foydalanib, dunyo bozoriga xaridorgir mahsulotlar chiqarish, ekspert imkoniyatlarini kuchaytirib, yuqori sifatli mahsulotlar assortimentini ko‘paytirish mo‘ljallangan.
Chet el ilg‘or to‘qimachilik texnologiyasi 1993—94-yillarda Buxoro ip-gazlamalar ishlab chiqarish birlashmasiga (hozirgi «Buxoroteks» HJ) birinchilar qatorida keltirildi. Shveysariyaning «Reiter» firmasidan avtoma- tik yigiruv tizimi, «Beninger» firmasidan tandalash mashinasi, Ger- maniyaning «Zukker Muller» firmasidan ohorlash mashinasi, Shvey sariyaning «Zulser Ryuti» firmasidan sochiqbop gazlama ishlab chiqa- ruvchi yuqori unumli to‘quv dastgohlari o ‘rnatildi. Bu texnologiyalar ishlab chiqarish unumini oshiribgina qolmasdan, mahsulot sifatini dunyo bozoridagi mahsulotlar bilan raqobatlashish darajasiga yetkazdi.
Ma’lumki, 0 ‘zbekistonda bugungi eksport mahsulotlari ichida paxta tolasi va undan yigirilg^n ip yetakchi o'rinlardan birini egallab kelmoqda. l.A.Karimovning «Biz qudratli to‘qimachilik va yengil sanoatni yarati- shimiz kerak. Hamma taraqqiy etgan — sivilizatsiyalashgan davlatlar singari xomashyo — paxtani emas, tayyor mahsulotni sotishimiz zarur», degan so‘zlari respublikamiz to‘qimachilik sanoatini rivojlantirish dasturi bo'lib qoldi.
To ‘quvchilik tarixiga oid qisqacha та ’lumot
To‘qimachilik sanoatining yetakchi tarmoqlaridan biri to'quvchi- likdir. To'quvchilik, shubhasiz, dunyoda eng qadimgi san’at va hunarlardan biri hisoblanadi. Ibtidoiy odam «tabiiy» mehnat quroli sifatida o ‘z
qo'llaridan foydalana boshlagan, o‘z tirikchiligini osonlashtirish yo‘llarini izlab, har xil narsalami yaratgan. Bunday ijodning eng oddiy usullaridan biri hayvon terisi tilimlari, o ‘tlar, qamishlar, chirmoviqlar, buta va daraxt novdalarini bir-biriga o ‘rish bo'lgan. Qadimgi odamlar bu narsa lami yonma-yon qo‘yib, bir-biriga o ‘rib chiqaverishgan. Natijada muayyan buyum hosil bo‘lgan. To'quvchilikning eng sodda xili —o ‘rish shu tariqa yuzaga kelgan. Dastlabki kiyim va poyabzallar, pataklar, savat va to‘rlar ilk to'quvchilik buyumlari bo‘lgan. T o‘quvchilik yigiruvchilikdan oldin paydo bo‘lgan deb hisoblashadi. Odam ba’zi o ‘simliklarning tolalarini yigirishni o ‘rganishdan oldin to‘qishni bilgan.
To'quvchilik buyumlari Misr, Hindiston, Xitoy, Amudaryo va Sir- daryo orasidagi yerlarda, Peru va Meksikada olib borilgan ko‘p yillik qazish ishlari natijasida topilgan. Bu buyumlar qadimgi odamlarning yaratishga bo'lgan tabiiy intilishi tufayli to'quvchilik paydo bo‘lganligini va shu bilan birga, u jahonning har xil joylarida bir-biridan mustaqil ravishda vujudga kelganligini tasdiqlaydi.
Dastlabki to‘quv dastgohlarida tanda tik joylashtirilib, daraxt shox- laridan yasalgan gorizontal chiviqlarga bog‘lab qo‘yilgan. Tandaning bun day joylashtirilishi to‘quvchi uchun qulay bo‘lgan. Tandaning tagiga osib qo‘yilgan yuklar uni tarang tutib turgan.
Bronza asriga kelib, to‘quv dastgohlari shunchalik takomillashtirilgan ediki, ba’zi qabilalar hozir ham o ‘sha to‘quv dastgohlaridan foydalanish- moqda. Ikkita ustunni tik ko‘mib, ustiga kashak mahkamlashgan va unga arqoq iplarini bog‘lab qo‘yishgan. Bu tipdagi dastgohlaming takomil- lashishi tufayli tanda va xom gazlama yig‘gichlari (navoy va tovar valigi) ixtiro qilindi.
Misrda topilgan mumiyolar egnidagi kiyimlar gazlamalari o ‘sha vaqtlarda odamlar to‘quvchiIik san’atini mukammal egallaganliklarini ko'rsatadi. Hozir to'quvchilik jihozlari shunchalik taraqqiy etgan bo‘li- shiga qaramay, qadimgi ustalar erishgan ba’zi natijalarga erishib bo‘l- mayapti. Masalan, ingliz muzeylaridan birida saqlanayotgan mumiyo peshanasidagi peshanabog1 gazlamasi shunchalik zich to‘qilganki, uning hir santimetriga tanda bo‘yicha 213 ta, arqoq bo‘yicha 83 ta ip to‘g‘ri keladi. Hozirgi zamon to'quv dastgohlarida esa har santimetrida tanda bo‘yicha
150 tadan ortiq ip bo‘lgan zichlikdagi gazlamani to‘qib bo‘lmaydi. Bunday kalava ip bir kilometrining og‘irligi 185 mg.ni, uning sirtqi zichligi esa 5 g.ni tashkil qilgan bo‘lar edi. Qadimgi Misrda ham vertikaliga, ham gorizontaliga to‘qiydigan dastgohlar keng tarqalgan.
Qo‘lida moki ushlab turgan Misr xudosi Izidaning ko‘p suratlari topilgan. Bu — Misming oliy xudosi Oziris (Quyosh) ning singlisi va xotini, san’at va hunar xudosi to‘quvchilik homiysi ekanligini ko'rsatadi.
4
To'quvchilikdagi ilk buyuk ixtiro 1733-yilning 26-mayida Jon Key tomonidan qilingan edi. Shu kuni u «uchar moki» yoki Rossiyada atal- ganidek «samolyot moki» uchun patent oldi. Bu moki juda tez ishlagani uchun shunday atalgan.
|
| |