|
0 ‘zbekist0n respublikasi oliy va
|
bet | 5/109 | Sana | 14.02.2024 | Hajmi | 22,48 Mb. | | #156599 |
Bog'liq TO‘QUYCHILIK MAXSUS TEXNOLOGIYASI VA JIHOZLARI ALIMBOYEV (1)0 ‘timlarning qisqacha tavsifi
Y e l i m s i z l a n t i r i s h ( q a y n a t i s h ) — tabiiy ipakdagi seritsin moddasini yuvib, chiqarib yuborish. Bunda sovun, ishqor va sirka kislotasidan foydalaniladi.
S u v s i z l a n t i r i s h ( s i q i s h ) — tabiiy ipakdan markazdan qochma kuch yordamida ortiqcha suvni chiqarib yuborish.
Q o q i s h , q ur iti s h — siqishdan keyin kalavalarni maxsus moslamada to‘g‘rilab qoqiladi va quritiladi.
B o b i n a g a qayta о ‘ ra s h — keyingi jarayonni osonlashtirish uchun kalavalardan bobinalarga o‘raladi.
L i b i t l a b t a n d a l a s h — bobinalami bobina o‘matgichga o‘rnatib, libitlab tandalanadi. Gul izini tushirish, libitlami bog‘lash (abrband jarayoni) — libitlar maxsus so‘rilarga tortilib, rassomlar tomonidan gul izlari tushiriladi, so‘ngra libitlaming bo‘yalishi kerak bo‘lmagan qismlari abr iplari yordamida bog‘lanadi.
L ib itl a m i i v i t i s h — libitlaming bog‘langan qismlariga bo‘yoq o ‘tib ketmasligi uchun libitlar suvli vannalarda 18 — 24 soat davomida ivitiladi. Bunda bog‘langan abr iplari shishib, bog‘langan qismlarini yanada zichroq berkitadi.
L i b i t l a m i b o ‘ y a s h — abr bog‘langan va ivitilgan libitlar kerakli rangga bo‘yaladi. Ba’zi bir mayda qismlar qo‘lda
«kosa bo‘yoq» usulida bo‘yaladi.
A b r i p l a r i n i y e c h i s h — bo‘yalgan libitlar siqiladi, quritiladi va bo‘yalgan abr iplari yechiladi.
O c h d i - q o ‘ s h d i — libitlar guli bo‘yicha to ‘g‘rilab, dastlabki to‘quv g‘altagiga o‘raladi. Tayyor bo‘lgan libitlami tandalarga jamlab, gulini to ‘g‘rilab to‘quv g‘altagiga o‘raladi.
T a q o v o t qilish v a t i g ‘d a n o ' t k a z i s h — taroqlash jarayonini osonlashtirish uchun tanda iplari juft va toq qismlarga ajratiladi va tig‘dan o‘tkaziladi.
A b r l i t a n d a l a r n i t a r o q l a s h — taroqlashdan maqsad bo‘yoqchilik jarayonida yopishib qolgan tanda iplarini juft va toq qismlarga ajratish, uzilgan iplarni ulash, yetishmayotgan tanda iplari o‘miga ip qo'yish va to‘quv g‘altagiga o‘rash. Bu ishlar taroqlash mashinasida amalga oshiriladi.
Shodabog1 s o l i s h — to‘quvchilik dastgohining tig‘ va shodalarini almashtirish kerak bo‘lganda tig‘dan va gullardan o‘tkaziladi. Bunday zarurat bo‘lmasa, tandalar to‘g‘ridan to‘g‘ri to‘quvchilik dastgohlariga o‘matiladi va eski tandaning oxiri bilan yangi tandaning boshi uloqchilik mashinasi yordamida ulanadi.
Har ikki holatda ham tanda iplarining to‘liqligini tekshirish maqsadida shodabog1solinadi.
A r q o q tayy orl ash . Arqoq uchun pishitilgan ipak qaynatiladi va bo‘yaladi. Bo‘yalgan arqoq siqiladi, qoqiladi, quritiladi, bobinaga o‘raIadi va naychalash mashinasiga beriladi.
B o b i n a d a n n a y c h a g a q a y t a о ‘ r a s h —bobinadagi bo‘yalgan arqoq ipagi naychaga olinadi. Naychalar to‘quvchilik dastgohiga uzatiladi.Dastgohda to‘qilgan xom to‘qima saralanib, sifati aniqlanadi va qaysi to‘quvchining necha metr to‘qiganligi aniqlanadi.
Tozalash mashinalarida to‘qimaning yuzasiga chiqib qolgan tolalar va to‘qimaning qirg‘og‘iga chiqib qolgan arqoq iplar olib tashlanib, to‘qima tozalanadi.
A p p r e t l a s h — to‘qimaga zichlik, ko‘rkamlik, yaltiroqlik berish uchun polifenil spirti, glitserin yordamida appretlanadi.
K u d i n g l a s h — to‘qimani yanada zichroq qilish uchun yuqori harorat va bosim yordamida kudinglanadi.
Xonatlas to ‘qim alarini to ‘qish texnologiyasining ko‘p jarayonliligi ularni ishlab chiqaruvchi korxonalarning tarkibini ham aniqlaydi.
Marg‘ilon atlas ishlab chiqarish birlashmasi tarkibida pishituv, bo‘yashga tayyorlash, bo‘yash, to ‘quvchilikka tayyorlash, bevosita to‘quvchilik va to‘qimaga qo‘shimcha ishlov berish korxonalari mavjud.
Namangan abrli to 'q im alar ipak kombinati tarkibida pillakashlik fabrikasi va mustaqillik yillarida tashkil etilgan 0 ‘zbekiston —Yaponiya qo'shma korxonasi faoliyat yuritmoqda. Bu qo‘shma korxonada ipak chiqindilaridan yuqori sifatli yigirilgan ipak ip ishlab chiqarilmoqda.
Gilam va gilam mahsulotlarining tuzilishi, ularni to‘qishning o‘ziga xos tomonlari
|
| |