|
0 ‘zbekist0n respublikasi oliy va
|
bet | 3/109 | Sana | 14.02.2024 | Hajmi | 22,48 Mb. | | #156599 |
Bog'liq TO‘QUYCHILIK MAXSUS TEXNOLOGIYASI VA JIHOZLARI ALIMBOYEV (1)i l l W k
1 2 3 4 5 6
1.2-rasm. Kerakli o ‘rilishni taxtlash dasturi:
1 — o'rilish tasviri; 2 — tanda iplarini tig'dan o'tkazish tartibi;
3 — tanda iplarini shodadan o'tkazish tartibi;
4 — shodalarning ko'tarilish tartibi.
To‘qimalarning turlari
To‘qimalaming tola bo‘yicha tarkibini aniqlash eng ahamiyatli tadbir hisoblanadi. To‘qimaning tola bo‘yicha tarkibi modellash, loyihalash, bichish va tikishda hisobga olinishi lozim. To‘qi- malarning tashqi ko‘rinishi, qayishqoqligi, qirqishga qarshiligi, sitiluvchanligi, cho‘ziluvchanligi, dazmollanuvchanligi ho‘llash- dazmollash rejimlariga va uning tola bo‘yicha tarkibiga bog'liq bo‘ladi.
To‘qimalardagi dogMarni ketkazish paytida ham ularning tolaviy tarkibini va shu to'qimani hosil qiladigan tolalarning kimyoviy xossalarini hisobga olish lozim. To‘qimalaming tarkibiga kiradigan tolalarning xiliga qarab, barcha to‘qimalar bir va aralash tarkibli xillarga bo‘linadi.
Bir xil tolalardan ishlab chiqarilgan to‘qimalar bir tarkibli to‘qimalar, har xil tolalardan to‘qilgan to‘qimalar esa aralash to‘qimalar deyiladi. Barcha aralash to‘qimalar quyidagi uch guruhga bo‘linadi:
Aralash-qo‘shma to‘qimalar — tanda va arqoq iplarga yigirilgunga qadar turli tolalar qo‘shilgan to‘qimalar.
Aralash to‘qimalar — tolalari har xil iplar sistemasidan iborat to ‘qimalar.
Aralash-yarimqo'shma to‘qimalar —bir sistema iplari 1-tar kibli, 2-sistema iplari esa tolalar aralashmasidan iborat to‘qi- malar.
Paxta tolalarini yigirish natijasida olingan iplardan ishlab chiqarilgan matolar ip to ‘qima deb ataladi. Paxta to‘qimalar to'quv matolar ishlab chiqarish hajmining eng katta qismini, ya’ni 65 —75 % ini tashkil etadi.
Paxta to‘qimalaming turlari juda ko‘p va xilma-xildir. Ulami ishlab chiqarishda paxta tolasidan karda (oddiy tarash), qayta tarash va apparat tizimida halqali va pnevmomexanik mashi- nalarda yigirilgan turli chiziqli zichlikdagi yakka, pishitilgan va shakldor iplar ishlatiladi. Ba’zan bu to‘qimalarni ishlab chiqa rishda, sof paxta tolalaridan yigirilgan iplardan tashqari ara- lashmasi (paxta tolasi bilan kimyoviy tolalar) dan yigirilgan iplar ham ishlatiladi.
Paxta to‘qimalarni to‘qishda to‘quvchilikda mavjud o‘rilish- laming barcha sinflari qo‘llaniladi.
Badiiy bezatish jihatidan ip to ‘qimalar ham oqartirilgan, sidirg‘a, naqshdor, naqsh bosilgan xillarga bo‘linadi. Ulardan tashqari rangli iplardan chipor, rangli tolalar aralashmalaridan esa melanj to ‘qimalar ishlab chiqariladi. Bo‘yoqlari yuvilib ketmaydigan qilib pardozlangan paxta to‘qimalar ishlab chi qarish hajmi yildan yilga ko‘paymoqda.
Paxta to‘qimalar klassik assortimentining katta qismi: chit, bo‘z, satin, batis, markizet, vual va boshqalarni tashkil etadi. Dunyo to‘quvchilik amaliyotida keyingi yillarda paxta to‘qimalar tarkibiga kimyoviy tolalardan viskoza va lavsan aralashtirilmoqda. Viskoza tolalari to‘qimaga yumshoq moysimon ko‘rinish berish bilan birga, uning gigiyenik xususiyatini saqlaydi, lekin to‘qima- ning yuvishga chidamliligini birmuncha pasaytiradi. Paxta tolalariga lavsan tolalari aralashtirilsa, ip to‘qimalarning g‘ijimlanishi va kirishishi kamayadi, lekin to‘qima dag‘alroq bo‘lib, uning gigiye nik xususiyati yomonlashadi. Bu salbiy ta’sir aralashmaning ulushiga bog‘liq.
Savdo preyskuranti bo‘yicha ip to‘qimalar bir necha guruhga bo‘linadi: chitlar, bo‘zlar, ich kiyimlik to‘qimalar, satinlar, ko‘y- laklik to‘qimalar, kiyimlik va h.k. Maishiy to‘qimalar assorti mentining katta qismi olti guruhga, ba’zi guruhlar kichik guruh- larga bo‘linadi. Masalan, ichki kiyimlik to‘qimalarning bo‘z, mitkal (chit) va maxsus xillari bor. Ko‘ylaklik to‘qimalar yozgi, qishki, mavsumiy va boshqa tola aralashmali xillarga bo‘linadi.
C h i t — o ‘rtacha yo‘g‘onlikdagi oddiy tarash (karda) tizimida yigirilgan, polotno o‘ralishida to‘qilgan to‘qima. Xom chit ishlab chiqarishda m i t k a l , deb ataladi. Ko‘p hollarda chitlarga naqsh bosiladi, ularning sidirg‘a xili ham ishlab chiqariladi.
Bolalar va ayollaming yozgi ko'ylaklari, bluzkalar va erkaklar ko‘ylaklari, xalatlar, cho‘milganda kiyiladigan ichki kiyimlar, yostiq jildi, ko‘rpa jildi, tungi ko‘ylak!ar va h.k.lar chitdan tikiladi.
S a t i n guruhiga satin o‘rilishida va atlas o‘rilishida to‘qilgan lastiklar kiradi.
K o ‘ y l a k l i k to‘qimalar juda turli-tuman. Bu guruhga yozgi, qishki, mavsumiy va kimyoviy tolalar aralashmasidan to‘qilgan to‘qimalar kiradi.
Yo z g i t o ‘ q i m a l a r kichik guruhiga siyrak, yupqa va yengil to‘qimalar kiradi. Ular, asosan, naqsh bosib pardozlanadi, lekin oqartirilganlari ham bo‘ladi.
Maya, volaja, vual, markizet, batist qayta tarash tizimida yigirilgan ingichka iplardan polotno o‘rilishida to‘qiladi. Kaniyer, bahor, krep mayda naqshli o'rilishda to‘qiladi.
Ma y a va v o l t a — qayta tarash tizimida yigirilgan yakka ipdan to‘qilgan naqsh bosilgan yupqa to‘qima.
Vu a l va m a r k i z e t — yaxshi pishitilgan, qayta tarash tizimida yigirilgan ingichka ipdan to‘qilgan to‘qimalar. Vualga naqsh bosiladi. M arkizet vualdan yupqaroq bo‘ladi, uni oqartirib, mayin rangga bo‘yab va naqsh bosib ishlab chiqarish mumkin.
B a t i s t — qayta tarash tizimida yigirilgan, kichik teksli yakka ipdan polotno o'rilishida to ‘qiladigan yupqa, mayin to‘qima, oqartirib yoki oq sathiga naqsh bosib ishlab chiqa riladi.
To‘qimachilik korxonalarida to‘quvchilikda ishlab chiqari- ladigan paxta to‘qimalaming xomashyosi sifatida paxta tolasidan olingan yigirilgan iplar ishlatiladi. Umuman, ip to‘qimalarni tasniflashda ularning nima maqsadda ishlatilishi asosiy omil qilib olinadi. Shu sababli ip to‘qimalar ishlab chiquvchi korxonalardagi mahsulot turi ko‘p bo‘lmaydi.
Shoyi to‘qimalar ishlab chiqarishda tabiiy tolalardan tashqari kimyoviy tola, iplar va ularning aralash xillari qo‘shilib ishlatiladi. Bu esa korxonalarda ishlab chiqariladigan mahsulotning assorti- mentini oshiradi.
Shoyi to‘qimalarni tasniflashda, xomashyo turi asosiy omil bo‘lib, unga ko‘ra hamma shoyi to‘qimalar 7 sinfga; sinflar esa kichik sinflarga bo‘linadi.
Shoyi to ‘qima artikulidagi birinchi raqam sinf tartib raqamini, ya’ni tola tarkibini, artikulning ikkinchi raqami kichik sinf tartib raqamini, ya’ni to ‘qimaning tuzilishi va nima maqsadda ishlatilishini ko‘rsatadi.
Shoyi to'qimalar assortimenti doimo o‘zgarib turadi. Assor tm ent:
o'rilish xilini murakkablashtirish hisobiga (murakkab
to'qimalar va yirik naqshli o‘rilishlarni keng qo'llash hisobi
ga);
elastik, hajmdor va profillangan kimyoviy iplar qo‘llash hisobiga (bu iplar mustaqil va tabiiy hamda sun’iy ipak bilan qo'shib ishlatilishi mumkin);
shoyi to'qimalarni pardozlashning turli usullarini (gofre, ishqorlash, bosib naqsh tushirish, termik ishlov berish usullari ni) qo'llash hisobiga kengaytiriladi.
Abrli to‘qimalar ishlab chiqarishning o‘ziga xos tomonlari
Xonatlas, beqasam, banoras kabi turkumdagi to'qimalar abrli to'qimalar deyiladi. Ulami ishlab chiqarish qadimdan ma’ lum.
Tabiiy ipak, tabiiy ipakning sun’iy ipak bilan aralashmasi va sun’iy ipakdan ishlab chiqarilgan to'qimalar turlari ayollarning turli kechalar va marosimlarda kiyiladigan ko'ylaklarini tikishda, shuningdek, har bir o'zbek oilasida ko'rpacha, ko'rpa, yostiqlar tikishda ham keng ishlatiladi.
Dastlab xonatlaslar kosiblarning uylarida o'rnatilgan qo‘1 dastgohlarida to'qilgan. O'tgan asming 20—30-yillarida yakka hu- narmandlar artellarga birlashtirilib, xonatlasni mexanik to'quv dastgohlarida ishlab chiqarish yo'lga qo'yildi.
O'tgan asming 60-yillarida O'zbekistonda abrli to'qimalarga ehtiyoj oshishi uni yirik sanoat asosida ishlab chiqarishni taqozo etdi. Shunga ko'ra, avval Marg'ilonda atlas ishlab chiqarish birlashmasi, keyinroq Namanganda abrli to'qimalar ishlab chiqaradigan kombinatlar tashkil etildi. Ulardan tashqari sobiq mahalliy sanoat vazirligi tasarrufida Shahrixon, Izboskan (Andijon viloyati), Kosonsoy (Namangan viloyati), Boysun (Surxondaryo viloyati) tumanlarida shoyi to'quv korxonalari ishga tushirildi. Ular, asosan, abrli to'qimalar ishlab chiqarishga ixtisoslashgan edi. Bu sohaning jadal rivojlanishiga, avvalo,
|
| |