• To‘quv dastgohida to‘qimaning shakllanishi va unda qatnashadigan mexanizmlar
  • 0 ‘zbekist0n respublikasi oliy va




    Download 22,48 Mb.
    bet6/109
    Sana14.02.2024
    Hajmi22,48 Mb.
    #156599
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   109
    Bog'liq
    TO‘QUYCHILIK MAXSUS TEXNOLOGIYASI VA JIHOZLARI ALIMBOYEV (1)

    Gilam — badiiy to‘qima buyumi. Yozma tarixiy manbalar va arxeologik qazilmalar gilam qadim zamonlarda ham mavjud bo‘lganligini ko‘rsatadi. Xorazmda olib borilgan arxeologik qazilmalar paytida miloddan awalgi birinchi ming yillikka mansub gilamlar topilgan. Bobil, Assuriya, Midiyada, keyinroq Hin-
    diston, Eron, Turkiya va 0 ‘rta Osiyoda to‘qilgan rangdor gilamlar juda mashhur bo‘lib, ro‘zg‘or ashyosi va badiiy buyum sifatida keng tarqalgan.
    Gilamchilik — gilam to‘qish kasbi, badiiy to‘qish turi, hunar- m andchilik sohalaridan biri. Qadim dan, asosan, ayollar shug‘ullanib keladigan mashhur hunarlardan biri. Ayniqsa, bu kasb chorvachilik bilan shug‘ullanadigan xalqlar orasida keng tarqalgan.
    Oldinlari gilamni o‘simlik (paxta, zig‘ir, jut) tolasidan, jun (qo‘y, echki, tuya) va ipak iplardan tayyorlaganlar. Hozir gilam ishlab chiqarishda sun’iy va sintetik tolalardan keng foydala- nilmoqda.
    Gilam o‘tmishda yer bag‘irlab yotiq holda o‘matilgan pastak dastgohlarda qo‘lda to‘qilgan. Gilam to‘qish yaxshi rivojlangan mamlakatlarda esa vertikal (tik) o‘matilgan to‘quv dastgohlari­ ning ancha mukammallashtirilgan va bir necha to‘quvchi yonma- yon o‘tirib birdaniga to‘qiyveradigan keng g'altakli xillari yaratil- gan. Qo‘lda gilam to‘qish 0 ‘rta Osiyoda, ayniqsa, Turkmanistonda keng rivojlangan. Bu sermashaqqat ish bo‘lib, gilam to‘qish ustasi lm 2 tukli gilamni bir oy davomida to‘qiydi. Shuning uchun ham qo‘lda to‘qilgan gilamlar narxi qimmat bo‘ladi.
    Gilamlar kalta tukli (3 — 7 mm) va uzun tukli ( 8 — 17 mm) qilib to‘qilgan. 0 ‘zbekistonda gilamlar qo‘y va tuya junlaridan, paxta va ipak iplaridan to‘qiladi. Ayniqsa, tukli gilamlami to‘qish texnikasi murakkab hisoblanadi. Ularni to‘qishda asos (zamin) tanda va arqoq iplaridan tashqari, tuk tanda va qo‘shimcha siquvchi tanda iplari ishlatiladi. Bu tuk eski dastgohlarda faqat qo‘lda hosil qilinardi.
    0 ‘tgan asrning 30-yillaridan keyin tuk kesuvchi maxsus dastgohli korxonalar paydo bo‘ldi.
    Tukli gilamlaming naqshi yoki guli sanama iroqiga o‘xshatib, rangli iplarni nusxaga qarab terish asosida yaratiladi. Lekin kashtadagi naqsh kesishgan bahyalar soniga, tukli gilamda esa bog‘langan bandlar soniga bog‘liq bo‘ladi. Naqsh yaratishda bandlarning hisobi aniq bo‘lishi kerak. Bir qator band bog‘lab chiqilgach, arqoq o‘tkazilib, taroq bilan to‘qima qirg‘og‘iga jipslanadi, to‘qish shu taxlitda davom etaveradi. To‘quvchi kalta tukli gilamning 1 dm2 yuzasida 600 — 1200 tagacha tuk bog‘lashi
    18
    kerak. Sanoat asosida gilam ishlab chiqarish respublikamizda Ikkinchi jahon urushidan keyin rivojlana boshladi.
    Tuk hosil qilish usuliga qarab gilam ishlab chiqarishda to‘quv dastgohlarining ikki turi mavjud.
    Birinchi «Xivichli» usulda gilamning ma’lum tartibdagi arqoq ipi bilan ketma-ket homuzaga ilgakli xivich tashlanadi va xivich- lami gilamdan tortib olish jarayonida tuk hosil qilinadi.
    Ikkinchi usulda to‘quv dastgohida 3 ta tanda iplari: 1-zamin tanda, 2-siquvchi tanda va 3-tuk tanda o‘matiladi. Odatda, zamin va siquvchi tanda iplari paxta tolasidan yigirilgan iplar, tuk tandada jun tolalarining kimyoviy tolalar bilan aralashmalaridan olingan iplar ishlatiladi. Dastgohda bir paytning o‘zida ustma-ust ikkita homuza hosil bo‘lib, ularga ikkita arqoq tashlanishi natijasida ikki qatlamli to‘qima shakllanadi. Qatlamlar o‘zaro tuk tanda vositasida bogianadi, so‘ngra qatlamlar orasiga maxsus pichoqlar kirib, ularni kesib ajratadi, natijada dastgohda ustma-ust joylashgan ikki polotnoli gilam hosil bo‘ladi. Bu usulda ishlab chiqariladigan gilam yuzidagi naqshlarning rangli tuk tanda iplari jakkard mashinasida hosil qilinadi. Tuk tanda iplari har xil rangli va ularning sarfi turlicha bo‘lishi mumkin, ular zamin va siquvchi tanda iplariga o‘xshab bitta to‘quv g‘altagiga o‘ralgan bo‘lmaydi. To‘quv dastgohi tandalash romiga o ‘xshash qurilma bilan jihozlangan bo‘lib, tuk tanda iplari yakka ip o'ralgan bobinalarga uzatiladi.
    Ikki polotnoli gilam ishlab chiqarish usuli eng serunum usul hisoblanadi. Zamonaviy korxonalarga shunday dastgohlar o‘matilgan.
    0 ‘zbekistonda sanoat asosida zamonaviy texnologiyalar joriy etilgan gilam kombinati o‘tgan asrning 70-yillari o‘rtalarida ishga tushirilgan. Xiva gilam kombinati shular jumlasidandir. Bu kombinatning loyiha quwati 2 mln m2 gilam ishlab chiqarishga mo‘ljallangan bo‘lib, uning tarkibida apparat tizimida kimyoviy tolalar bilan jun aralashmasidan yigirilgan ip ishlab chiqaruvchi yigiruv korxonasi, to ‘quv korxonasi va pardozlash sexlari mavjud.
    Kombinat tarkibidagi yigiruv korxonasining paxta tolalaridan yigirilgan ip ishlab chiqaruvchi korxonalardan farqi, yigiruv korxonasining tarkibida tola bo‘yovchi sexning mavjudligidir.
    Buxoro ip to'qimalar kombinatida rangli iplar yigirilgan ip o'ralgan maxsus bobinalarda bo'yalsa, Xivadagi kombinatda esa awal tolalar bo'yalib, keyin ulardan rangli ip ishlab chiqariladi. Bu korxonaning ip ishlab chiqarish texnologiyasini ancha murak- kablashtiradi.
    Gilam kombinati to'quv korxonasining o'ziga xos tomoni quyidagilar: mavjud zamin va siquvchi tanda iplari 5 —6 qavat qilib qo'shib pishitilganligi uchun ohorlanmasdan, bevosita tandalash mashinasidan to'quv g'altaklariga olinadi; ancha yo'g'on bo‘1- ganligi uchun arqoq ipi ham naychasiz usulda arqoq o'ramasi maxsus o'rovchi avtomatlarga olinadi.
    Tuksiz gilam mahsulotlari — polos, sholchalar oddiy to'quv dastgohlarida maxsus tayyorlangan tanda va arqoq iplaridan foydalanib tayyorlanadi.
    Keyingi yillarda gilam mahsulotlari ishlab chiqarishning yangi usuli — to'qima asosiga tuk yoki ip halqalaridan yopishtirish usulida gilam tayyorlash texnologiyasi yaratilgan.


      1. To‘quv dastgohida to‘qimaning shakllanishi va unda qatnashadigan mexanizmlar

    To'qima to'quv dastgohida ikki sistema iplarning o'zaro o'rilishi natijasida hosil bo'ladi. To'qima uzunligi bo'ylab joylashgan iplarni tanda yoki tanda iplari, ularga tik, ya’ni to'qima eni bo'ylab joylashgan iplarni arqoq yoki arqoq iplari deyiladi.
    To'quv dastgohida to'qimaning shakllanish jarayoni quyi- dagicha bajariladi: tayyorlov bo'limida ohorlangan tanda ipi o'ralgan to'quv g'altagi (1) (1.3-rasm) dastgohning orqa tomoniga o'matiladi. Tanda iplari to'quv g'altagidan chuvalib chiqib, skalo (2) ni egib o'tib, lamel (3) va shodalar (5,6) da o'rnatilgan gula (galevo) (4) ning tirqishlaridan o'tadi. So'ngra tanda iplari tig' (7) ning tishlari orasidan o'tadi. Tig' (6) dastgoh batan mexanizmi to'siniga qo'zg'alm as qilib o'rnatilgan. To'qim ani hosil qilish uchun shodalar yordamida tanda iplarining bir qismi ko'tarilib, ikkinchisi pastga tushadi, natijada bo'shliq — homuza (зев) hosil bo'ladi, bu bo'shliqqa moki (8) dan yoki boshqa usul bilan arqoq ipi tashlanadi.



    Download 22,48 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   109




    Download 22,48 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    0 ‘zbekist0n respublikasi oliy va

    Download 22,48 Mb.