|
0 ‘zbekist0n respublikasi oliy va
| bet | 2/109 | Sana | 14.02.2024 | Hajmi | 22,48 Mb. | | #156599 |
Bog'liq TO‘QUYCHILIK MAXSUS TEXNOLOGIYASI VA JIHOZLARI ALIMBOYEV (1)Jon Key ixtirosining mohiyati quyidagicha: bu ixtiroga qadar to'quvchi tig‘ni homuza orasida bir qo‘li bilan irg‘itib, ikkinchi qo‘li bilan ilib olar, to'qima chetiga arqoq ipini tig'ni irg‘itgan qo‘li bilan o'rar edi. Enli dastgohlarda ikki to‘quvchi ishlar edi. Ular bir-biriga bog‘langan richaglarni ishlatib, mokini bir tomondan ikkinchi tomonga irg‘itar edilar. Ikkala to‘quvchi uchayotgan batan bilan arqoq ipini to‘qima chetiga o'rishda qatnashardilar.
Ko‘pchilik to‘quvchilaming qarshiligiga qaramay, «samolyot moki» chorak asr mobaynida butun dunyoga yoyildi. 1787-yilda Amerikada Beverlidagi manufakturada birinchi marta «samolyot moki»dan foydalanildi. Bu yerda 16 ta to'quv dastgohida shunday qurilma o‘rnatildi.
Rossiyada «samolyot moki» 1814-yildan keng qoilanila boshlandi. 0 ‘rta Osiyoga bunday mokilar XIX asrning ikkinchi yarmidan kirib keldi. 1786- yilda dunyoda mexanik tarzda ishlaydigan to‘quv dastgohi paydo bo‘ldi. Uni to‘qimachilikdan butunlay bexabar kishi — qishloq ruhoniysi Edmund Kartrayt yaratdi.
XIX asr oxirida chamasi Dansigda paydo bo'lgan pilta to‘quv dastgohining konstruksiyasi to'quvchilikni mexanizatsiyalash masalasini hal qilish yo‘lidagi ilk urinish bo‘lgan. XVII asrda butun Yevropada bunday to‘quv dastgohi joriy qilinishiga qarshi ishchilaming chiqishlari bo‘lib turdi, lekin dastgoh borgan sari kengroq yoyila boshladi. XVIII asr fransuz ensiklopediyasida bu dastgohni «hamma yoqda keng qo'llanilgan», deb ta’riflandi. Ammo, hatto XIX asrda ham uni takomillashtirishni taklif qilishgan.
Kartraytning mexanik to‘quv dastgohi qo‘l to'quvchiligiga jiddiy xavf tug‘diradigan darajada mukammal emas edi. Biroq, davr mexanik to‘quv dastgohi yaratishni taqozo qilardi. Ko‘p ixtirochilar, ayniqsa, Uilyam Xorroks va mashhur ingliz mexanigi Richard Roberts dastgohni bizning davrimizga yetib kelgan to‘quv dastgohlaridan farq qilmaydigan dastgohga aylantirishdi.
Nemis ixtirochilari Bodmer hamda aka-uka Shenxerlar, italiyalik Bonelli (elektr yuritmali dastgohi uchun patent olgan), ko'p mokili dastgoh konstruksiyasini yaratgan amerikalik Kromton m exanik to'quvchilik taraqqiyotiga katta hissa qo'shdilar.
XIX asrda to'quvchilik texnikasi taraqqiyotiga yangi yo'l ochgan bir necha ixtirolar qilindi. 1844-yilda mokisiz dastgoh yaratish uchun birinchi urinish bo'ldi. Shu yili Jon Smit o'z dastgohiga patent oldi. Unda arqoq ipi homuzaga
halqa ko‘rinishida igna bilan kiritiladi. Qarama-qarshi tomonda ipni tutgich to yangi halqa kiritilgunga qadar ushlab turadi. To'qimaning bir chetini mahkamlash uchun qo'shimcha tanda ipi qo‘yish kerak bo‘ladi. Popuk to‘qishda bunday ipga zarurat yo‘q edi.
Mexanik to'quv dastgohi dastaki to‘quv dastgohiga qaraganda ancha unumli edi. U to'quvchining ishini ancha yengillashtirdi. Shuning uchun to‘quvchi bir yo‘la bir necha dastgohda ishlash imkoniga ega bo‘ldi. Uning ko‘p vaqti arqoq naychalarini kuzatish va ulami almashtirib turishga keta boshladi. To‘quvchini ana shu ishdan ozod qilish va shu yo‘l bilan mehnat unumdorligini oshirish yo‘lidagi to'siqni yo‘qotish —to'quvchilikdagi yana bir buyuk ixtironing mohiyatidir. Gap 1894-yilda AQSHda D.G. Nortrop patent olgan naychani almashtirish ustida ketmoqda.
Mexanik to‘quv dastgohlarini Nortrop mexanizmlari bilan jihoz- lashga urinishlar zoye ketdi. Avtomatik dastgohlarning to‘qimachilik sanoati jadal rivojlanayotgan mamlakatlarda, xususan, AQSHda tez yoyilishining hamda to'qimachilik sanoati an’anaviy taraqqiy etgan mamlakatlarda sekinroq yoyilishining sababi ana shunda. 1902-yilda
«Nortrop Britaniya» kompaniyasi tashkil qilindi. Shu yilning kuzida esa Fransiya va Shveysariya zavodlarida shu tipdagi avtomatik to‘quv dastgohlari ishlab chiqarila boshlandi.
Nortrop va Gattereley mexanizmlari paydo bo‘lishi bilan arqoqni almashtirish mexanizmlarini takomillashtirish ishi to'xtab qolgani yo‘q. Angliyaning o ‘zida 1901 -yildan 1904-yilgacha mokilami almashtirish mexanizmi uchun 34 ta patent, naychalami almashtirish mexanizmi uchun 163 ta patent berilganligini aytish kifoya. Biroq faqat Nortropning ixtirosi to‘quvchilikda qilingan eng buyuk ixtirolardan biri bo'lib qoldi. Faqat Nortrop mexanizmi o ‘rnatilgan avtomatik to'quv dastgohlari dastlab Amerikada, Angliyada, so‘ngra boshqa mamlakatlarda keng yoyila boshladi.
Mokili to‘quv dastgohlarining kamchiliklari XIX asrda to'quv dast- gohlarining ikkinchi avlodi - mokisiz to'quv dastgohlarining yaratilishiga olib keldi. Hozirda mokili to'quv dastgohlari to'quvchilik sanoatida ayrim gazlamalarni to'qishda qo'llanilgani sababli ulushi borgan sari kamayib bormoqda
Mokisiz to'quv dastgohlari bilan jihozlangan Deu Tekstayl qo'shma korxonasida «Toyota» (Yaponiya) firmasining pnevmatik to'quv dast gohlari, «Picanol» (Belgiya ) «Somet» (Italiya) va boshqa turdagi to'quv dastgohlari o'rnatilmoqda.Bu dastgohlar nafaqat yuqori unumdorligi bilan, shuningdek, zamonaviy axborot-kommunikatsion texnologiyalari bilan ham jihozlangan. Bu jarayonlaming avtomatik boshqarilishi ishlab chiqariladigan mahsulot xilma-xilligini oshirishga imkon beradi.
-
BOB TO‘QIMA TUZILISHI, SF TURLARIGA OID UMU1N
-
To‘qima tuzilishini aniqlo’
To‘qima (gazlama) to‘quv dastgohida joylashgan ikki sistema iplarning m a’l1 natijasida hosil bo‘ladi. T o‘qima uzunlie.
iplar tanda, ko‘ndalang joylashgan iplar esa arqoq iplari, deo ataladi.
jjIVqima bo‘lakning uzunligi, eni va qalinligi bilan tavsiflanadi./ To‘quv dastgohidan olinadigan bo‘lakdagi to‘qima uzunligi tur^ licha bo‘lib, ular o‘rtacha 20 metrdan 50 metrgacha bo‘lishi mumkin. Og'ir vaznli to‘qimalarning boMakdagi uzunligi kamroq, yengillari esa uzunroq bo‘ladi.
To‘qima eni santimetrda o‘lchanib, u, asosan, to‘qimadan nima tikilishiga bog‘liq. Tayyor to‘qimalar eni 30 sm.dan 180 sm.gacha bo‘lib, ayrim texnik to'qimalar: pilta, pilik, tasma va hokazolar eni boshqacha bo‘lishi ham mumkin. T o‘qima qalinligi u ishlab chiqarilgan tanda va arqoq iplarining yo‘g‘onligiga va tuzilishiga bog'liq.
Xalq xo‘jaligining turli tarmoqlarida ishlatiladigan to'qima- larning tuzilishi turlicha bo‘lib, ular ma’lum talablarga javob berishi lozim.
_To ‘qima tuzilishi deb tanda va arqoq iplarining о ‘zaro та ’lum tartibda joylashishi va о ‘zaro bog'lanishiga aytiladi.
To‘qima tuzilishi uning sirtining ko'rinishi (bezagi) va fizik- mexanik xususiyatlarini aniqlaydi. T o‘qima tuzilishi qator omillarga bogiiq:
-
tanda va arqoq ipining turi, chiziqli zichligi hamda ularning nisbatiga;
-
to'qimaning tanda va arqoq ipi bo‘yicha zichligi hamda ularning nisbatlariga;
-
to‘qimada iplarning o‘zaro o‘rilish turiga;
-
to ‘qimaning to ‘quv dastgohida to ‘qilish va texnologik taxtlash shart-sharoitlarigaj
/Y u q o ri sifatli iplardan m a’lum tuzilishli to ‘qima to ‘qish mumkin. To‘qimada tanda va arqoq iplari siyrak yoki zich joy lashgan bo‘lishi mumkin. Uning tanda bo‘yicha zichligi arqoq
Jiligidan farq qiladi. To'qimaning 10 sm eniga to ‘g‘ri
, tanda iplari soni uning tanda bo ‘yicha zichligi, 10 sm
^iga to'g'ri keladigan arqoq iplari soni uning arqoq bo'yicha
.igi deb ataladi.
To'quv o'rilishi nafaqat uning fizik-mexanik xossalari, shu- ningdek, sirt bezagini aniqlovchi asosiy omil bo‘lib ham hisob- lanadi!] To'quv o'rilishlarining turlari juda ko'p bo‘lib, o'rga- nishda va ishlab chiqarishda, tatbiq qilishni osonlashtirish maq- sadida, ular to‘rt sinfga bo'linadi:
-
bosh (oddiy) o'rilishlar;
-
mayda naqshli o'rilish;
-
murakkab to'qim alar o'rilishi;
-
yirik naqshli o'rilishlar.
Tanda va arqoq bo'yicha rapport, qoplashlarning bir-biriga nisbatan siljish qiymati va boshqalar o'rilishlarni ta’riflovchi asosiy ko'rsatkichlar bo'lib, ular o'rilishlarni farqlashdagi asosiy omillar hisoblanadi.
To'quv o'rilishlari ichida keng tarqalgani bosh o'rilishlar bo'lib, ular boshqa sinf o'rilishlarni tuzishda asos bo'lib xizmat qiladi. 1.1-rasm a, b, d, e larda bosh o'rilishlar turlari keltirilgan.
d e
1.1-rasm. Bosh o'rilishlar:
a — polotno; b —arqoq sarja; d — tanda sarja; e — satin.
Kerakli o‘rilishni to‘quv dastgohida ishlab chiqarishdan awal uni taxtlash dasturi (1.2-rasm) tuziladi. Dastur quyidagi to ‘rt elementdan iborat:
-
o ‘rilishning shartli tasviri. Unda vertikal chiziqlararo masofa tanda iplarini va gorizontal chiziqlararo masofa arqoq iplarini ifodalab, ular kesishgan kataklar tanda qoplashi (bo‘yalgan), arqoq qoplashi (bo‘yalmagan) bo‘ladi;
-
tanda iplarini tig‘dan o ‘tkazish tartibi;
-
tanda iplarini shodalardan o'tkazish tartibi. Unda katak ichidagi aylana qaysi tanda ipini nechanchi shodadan o‘tganligini ko‘rsatadi;
-
shodalarning ko‘tarilish tartibi. Unda katak ichidagi belgi qaysi arqoq tashlanganda qaysi shodaning ko‘tarilishini ko‘rsatadi.
0 X X X
0 X X X о X X X
0 X X X
0 X X X
-
X X X
1 2 3 4 5 6
9 a Щ
m
-
Щ Ш
Ш v/m
Ш Щ
|
| |