• Richagli, kulachokli va ekssentrikli mexanizmlar
  • Tormoz va muftalar
  • 0 ‘zbekist0n respublikasi oliy va




    Download 22,48 Mb.
    bet14/109
    Sana14.02.2024
    Hajmi22,48 Mb.
    #156599
    1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   109
    Bog'liq
    TO‘QUYCHILIK MAXSUS TEXNOLOGIYASI VA JIHOZLARI ALIMBOYEV (1)
    Adir o\'simliklari, Amaliy mashg’uloti O’quvchi shaxsi tarbiyaning ob’yekti va sub’y-fayllar.org, 6-mavzu glossariy, 10-mavzu glossariy, 17-mavzu glossariy, 19-mavzu glossariy, 20-mavzu glossariy, 3-laboratoriya ishi, 3-laboratoriya ishi (1), 2-topshiriq2, 4-laboratoriya ishi, 3-topshiriq, Butanni degidridlash 15, Справка
    Rolikli zanjirlar ikki qator ichki va tashqi plastinalardan iborat. Tashqi plastinalarga o'qlar yasalgan bo'lib, ular ichki

    plastinalarga presslangan vtulkalarda o‘tqazilgan. Vtulkaga ish roliklari o'tqazilgan bo'lib, ishlash jarayonida yulduzcha tishlarida yumalaydi. Vtulkali zanjirlar ham shunga o'xshash konst- ruksiyali, ammo roliksiz bo'ladi. Vtulkali va rolikli zanjirlar bir qatorli va ko'p qatorli bo'ladi. Ularning chegaraviy tezligi v < 15 m/sekund.
    Tishli zanjirlarda yulduzchalar tishlarining profiliga mos keladigan maxsus profilli plastinalar bo'ladi.
      1. Richagli, kulachokli va ekssentrikli mexanizmlar

    To'quv dastgohlarida ilgarilanma-qaytma va tebranma harakat olish uchun richagli, kulachokli va ekssentrikli mexanizmlardan keng foydalaniladi.
    Richagli mexanizmlar hozirgi zamon mashina va me- xanizmlarida, sterjenli mexanizmlar deb ham aytiladi. To'quv dastgohi bosh valining aylanma harakatini batanning tebranma
    harakatiga aylantirish uchun to'rt zvenoli (steijenli) mexanizmdan foydalaniladi. Bu mexanizm tarkibida bitta krivoship, bitta shatun bo'lgani uchun u krivoship- shatunli mexanizm, deb ham ataladi.
    Kulachokli mexanizm, asosan, 4 zve- nodan: qo'zg'almas zveno, qo'zg'almas o'q atrofida aylanuvchi kulachok, rolik va to'g'ri chiziq yoki yoy bo'ylab ha­ rakat qiluvchi shtanga (turtkich)dan iborat.
    Odatda, kulachokli mexanizmda shtanga o'rnatilgan rolik kulachok profili bilan shtanga orasidagi ishqalanishni kamaytirish uchun xizmat qiladi. Ku­ lachokli mexanizmlar tarkibiga kiruvchi shtangalar kulachok profiliga doimo

    2.6-rasm. Kulachokli
    mexanizm:
    1 o'q; 2 kulachok;
    3 rolik; 4 shtanga.
    tegib turishi uchun shtanga maxsus prujina yordamida profilga siqib qo'yiladi (2.6-rasm). Bunday biriktirish usuli kuch bilan biriktirish deb ataladi.

    Mexanizmning kuch bilan biriktirilgan zvenolari, ko‘pin- cha, biriktiruvchi kuch o‘zgarib turganidan birikma uncha puxta bo‘lmaydi. Bunday mexanizmlar zamonaviy to‘quv dastgoh­ larida to‘qima hosil qiluvchi va batan mexanizmlarida keng qo‘l- laniladi.
    Kulachok profili aylana bo‘lsa, ekssentrik deb ataladi. Kula­ chok va ekssentriklar yuqori sifatli po‘latdan tayyorlanadi. Kula­ chok profilini tayyorlash murakkabligi kulachokli mexanizm- larning kamchiligi hisoblanadi.
      1. Tormoz va muftalar

    To‘quv dastgohlarida tormozlardan keng foydalaniladi. Ularning asosiy vazifasi dastgoh bosh valini tez va m a’lum holatda to‘xtatishdan iborat. Tormozlar to‘quv dastgohida o‘rna- tiladigan uzatuvchi va taranglovchi mexanizmlarda ham ishla­ tiladi.
    To‘quv dastgohlarida asosan avtomobillarga o‘rnatiladigan kolodkali yoki poMat tasmali tormozlar ishlatiladi, ayrim hollarda qarshilik kuchini ko‘paytirish maqsadida murakkab tormozlar ham ishlatilishi mumkin.
    Muftalar, asosan, vallar, trubalar, steijenlar va boshqa detal- larni biriktirish uchun xizmat qiladi. Ba’zi hollarda uzatilayotgan harakat miqdorini cheklash uchun mashinalarning uzatmalariga muftalar o‘rnatiladi, bunday muftalar saqlash muftalari deb ataladi.
    Ba’zi muftalar vallarni bir-biriga biriktiribgina qolmay, harakatni rostlaydi ham.
    Vallarni biriktirish usuliga ko‘ra muftalami quyidagi turlarga boiish mumkin:

    1. Bir valning ikkinchi valga nisbatan o‘q bo‘ylab va radial yo‘nalishda siljishiga yo‘l qo‘ymaydigan qo‘zg‘almas muftalar.

    2. Muftalardagi oraliq detallarning elastik deformatsiyalanishi hisobiga radial va o‘q bo‘ylab nisbiy siljishiga imkon beradigan qo‘zg‘aluvchan muftalar.

    3. Ishga tushirish paytida yoki mufta uzatayotgan harakat kuchi oshib ketganida ishqalanuvchi tutash sirtlarning nisbiy burilishiga imkon beradigan friksion muftalar.

    Ish rejimi bo‘yicha ham muftalar har xil bo‘lishi mumkin.
    Nazorat savollari




      1. Download 22,48 Mb.
    1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   109




    Download 22,48 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    0 ‘zbekist0n respublikasi oliy va

    Download 22,48 Mb.