|
0 ‘zbekist0n respublikasi oliy va
|
bet | 22/109 | Sana | 14.02.2024 | Hajmi | 22,48 Mb. | | #156599 |
Bog'liq TO‘QUYCHILIK MAXSUS TEXNOLOGIYASI VA JIHOZLARI ALIMBOYEV (1)Homuza o‘lchamlari. Homuza hosil qilish mexanizmi yor damida tanda iplari o‘rta holatdan ko‘tariladi va ma’lum qismi pastga tushiriladi. Natijada siniq chiziq hosil bo‘ladi. Homuzaning chegarasi bir tomondan lamel va tanda kuzatgich bilan chega- ralanadi.
Homuza gula yordamida ko‘tarilgan iplarni eng yuqori va pastga tushirilgan nuqtalarini chegaralaydi, shu nuqtalar orasidagi masofa homuza balandligi hx deyiladi (5.1-rasm).
To‘qima qirg‘og‘idan to lamelgacha bo‘lgan masofa homuza uzunligi L va homuza uzunligining old qismi /, va orqa qismi l2 deyi-
iladi. Homuzaning burchaklari a va p harflari bilan belgilanadi. Homuza o‘lchamlarining ahamiyati to‘qimaning to‘quv dast gohida hosil bo‘lishida, iplarning uzilishida va iplarning fizik- mexanik xususiyatlarini saqlab qolishda kattadir. To‘qimani to‘qish davrida tanda ipidagi taranglik qiymatining ortishi homu
zaning o‘lchamlariga, ayniqsa, hx o‘lchamga bog‘liq.
5 .1-rasm. Homuza o'lchamlari:
As —homuza balandligi; L — homuza uzunligi; /, — homuzaning old qismi uzunligi; /, — homuzaning orqa qismi uzunligi; a — homuzaning to'qima qirg‘og‘i tomonidagi burchagi; p — homuzaning lamellar joylashgan tomonidagi burchagi.
To‘quvchilikda homuza o'lchamlarining texnologik ahamiyati kattadir. Bu o‘lchamlar tanda iplarining tarangligiga va ularning uzilishiga ta’sir ko‘rsatadi, chunki homuza hosil etish jarayonida tanda iplarining tarangligi ortadi. Taranglikning ortish qiymati homuza o‘lchamlariga bog‘liq. Homuzaning balandligini kamay- tirish yo‘li bilan taranglikni o'zgartirish mumkin. Homuzaning balandligi arqoqtashlagichlarga, ya’ni moki, rapira va boshqalar o‘lchamlariga bog‘liq. Homuzaning uzunligini o‘zgartirish esa dastgoh 0 ‘lchamini kamaytirishga hamda homuzaning old va orqa o‘lchamlari nisbatini qisqartirishga olib keladi. Ko'pincha homu zaning old qismi uzunligi orqa uzunligiga nisbatan kamroq bo‘ladi. Homuza shakllari. Homuza shakliga ko‘ra to‘liq va yarim- to‘liq yuqori va yarimto‘liq pastki turlarga bo‘linishi mumkin (5.2-rasm). ToTiq homuzada — iplar o‘rta holatdan bir qismi
|
| |