|
0 ‘zbekist0n respublikasi oliy va
|
bet | 18/109 | Sana | 14.02.2024 | Hajmi | 22,48 Mb. | | #156599 |
Bog'liq TO‘QUYCHILIK MAXSUS TEXNOLOGIYASI VA JIHOZLARI ALIMBOYEV (1)Nazorat savollari
Dastgoh asosi (ostov)ning vazifasi nimadan iborat?
Asos qanday asosiy qismlardan tuzilgan?
Dastgoh bosh valiga harakat uzatuvchi va uni to‘xtatuvchi mexanizmlaming qanday turlari bor va ularga qanday talablar qo‘yiladi?
Elektr dvigateldan bosh valga harakat uzatuvchi mexanizm qanday qismlardan tuzilgan va u qanday ishlaydi?
BOB TO‘QUV DASTGOHIDA ISHLASH
To‘quvchining asosiy ish usullari
To‘quvchi, odatda, ko‘p sonli stanoklarga xizmat ko‘rsatadi, shu sababli ishni rejalashtirish muhim ahamiyatga egadir. Ishni to ‘g‘ri rejalashtirish to‘quvchiga dastgohlarning kamroq bekor turib qolishi va kam mehnat sarflab, ancha yuqori sifatli mahsulot ishlab chiqarish imkonini beradi.
To‘quvchi ishini rejalashtirishning asosiy prinsipi marshrutdir. Marshrut — to ‘quvchining ko‘p sonli dastgohlarga xizmat qilayotganda yuradigan ma’lum harakat yo‘lidir. Marshrut esda qoladigan sodda, qisqa bo‘lishi hamda to‘quvchining to'qima va tanda iplari tomonidan bir tekis xizmat qilishini ta’minlashi lozim.
To‘quvchi ko‘p sonli dastgohlarga xizmat ko'rsatayotganda kuzatish usuli, marshrut usuli, murakkab ish usullaridan foyda- lanishi mumkin.
Qaysi usulni qo‘llash to‘quvchi xizmat ko‘rsatayotgan dastgoh lar soniga bog'liq. Agar dastgohlar soni oz bo‘lsa, to‘quvchi ularni bir joyda turib nazorat qila oladi. Bu holda kuzatish usuli qo‘llaniladi. Agar dastgohlar soni ko‘p boisa, to‘quvchi hamma dast- gohlami birdan nazorat qila olmaydi. Bu holda marshrit usuli qo‘llaniladi. Murakkab usul ikkala holda ham qo'llanilishi mumkin.
Marshrut usulining ikki xili bor:
dastgohning uzunasi bo'yicha yurish;
dastgohning ko'ndalangi bo'yicha yurish.
To'quvchi dastgohning uzunasi bo'yicha marshrut usulida ishlaganda, u batanga paralell holda goh to'qima tomonda, goh tanda iplari tomonda yurib, dastgohlami kuzatib boradi. Bu usul to'qima va tanda iplarini sistemali nazorat qilish, ip uzilishi va nuqsonlaming vaqtida oldini olish imkonini beradi. Ammo bu marshrut boshqalariga nisbatan ancha uzundir.
Agar tanda iplarining sifati yaxshi bo'lib, dastgohlar munta- zam ishlab tursa, to'quvchining xizmat zonasi yana kengayishi mumkin. Lekin bunda marshrut uzunligi yana ortadi. Bu holda marshrutning ko'ndalang usuliga o'tish lozim. Bu usulda, to'quvchi batanga tik yo'nalishda harakat qiladi. To'quvchi bunday harakat qilganda birdaniga ikki qator dastgohlami ko'ra oladi. Agar birorta dastgoh to'xtagan bo'lsa, uni yurgizib yuborib, asosiy
▼
|
| |