|
Ipning pishiqligi va uzayishi
|
bet | 20/109 | Sana | 14.02.2024 | Hajmi | 22,48 Mb. | | #156599 |
Bog'liq TO‘QUYCHILIK MAXSUS TEXNOLOGIYASI VA JIHOZLARI ALIMBOYEV (1)Ipning pishiqligi va uzayishi. Ipning uzilishga pishiqligi uning sifatini ifodalaydigan eng muhim ko‘rsatkichlardan biridir. Ipning uzilishga pishiqligi deganda, uning tashqi kuchlarga chidamliligi tushuniladi. Pishiqlik atamasi o‘rnida ko‘pincha uzuvchi kuch atamasi ishlatiladi. Ma’lum uzunlikdagi ipni uzish uchun yetarli minimal kuch uzuvchi kuch deb ataladi va Nyuton (N) da o‘lchanadi. Uzuvchi kuchni aniqlash uchun ipni uzish mashi- nasida uzib ko'rish kerak.
Ipning pishiqligini ifodalashda absolut va nisbiy miqdorlardan foydalaniladi. Yakka yoki bir nechta (pasma) iplarning uzuvchi kuchi absolut miqdor, kilometrdagi uzuvchi uzunlik esa nisbiy miqdordir.
Uzuvchi uzunlik (km) pishiqlikning chiziqli zichlikka nisba tiga teng:
L = P /T (sN/teks).
Uzish mashinasida ipning pishiqligini aniqlash bilan birga, uning uzayishi ham aniqlanadi. Uzilish paytida namuna uzayadi. Uzilishdagi uzayishi mm.larda (absolut uzayish) yoki namu- naning dastlabki uzunligiga nisbatan foizlarda (nisbiy uzayish, £) ifodalanishi mumkin:
E = 2l z h . . m % ,
'i
bu yerda, lx — namunaning dastlabki uzunligi, mm;
l2 — namunaning uzilishi paytidagi uzunligi, mm.
To‘quvchilikda ishlatiladigan iplarning chiziqli zichligi butun uzunligi bo‘yicha bir xil bo‘lishi kerak, aks holda ulardan to‘qi- ladigan to‘qima sifatsiz chiqadi.
To'quvchilikda ishlatiladigan iplarga qo‘yiladigan talablar ip uchun standartlarda belgilangan. Ipning navi uning pishiqligi va bir tekisligiga qarab aniqlanadi; tozaligiga qarab esa u klasslarga ajratiladi. Standartga muvofiq, masalan, paxtadan yigirilgan ip yuqori, birinchi, ikkinchi, uchinchi va to‘rtinchi navlarga ajra tiladi. Standart jadvallarida ipning xossalari bo'yicha notekisliklarga yo‘I q o ‘y ila d ig a n qiymatlar ko‘rsatilgan bo‘ladi. Agar ip hamma xossalari bilan standart talablariga to‘la javob bersa, u oliy sifatli ip hisoblanadi.
? Nazorat savollari
|
| |