|
0 ‘zbekist0n respublikasi oliy va
|
bet | 21/109 | Sana | 14.02.2024 | Hajmi | 22,48 Mb. | | #156599 |
Bog'liq TO‘QUYCHILIK MAXSUS TEXNOLOGIYASI VA JIHOZLARI ALIMBOYEV (1)To‘quvchi nimalami bilishi va bajara olishi kerak?
To‘quvchining ish o ‘mi deb nimaga aytiladi?
To‘quvchining ish usullarini aytib bering.
To‘quvchi ish o ‘miga qanday talablar qo‘yiladi?
To'quvchi ishlami tez va to‘g ‘ri bajarishi nimalarga ta’sir etadi?
Usta yordamchisining asosiy vazifalarini aytib bering.
To‘quv sexida qanday yordamchi ishchilar ishlaydi va ular qanday ishlami bajaradilar?
BOB HOMUZA HOSIL QILISH I MEXANIZMLARI Umumiy tushuncha
To‘quv dastgohida to‘qima hosil qilish uchun tanda iplarini ikki qismga bo‘lish lozim. Shu ikki qismga bo‘lingan tanda iplari oralig‘idagi bo‘shliq homuza, deb ataladi. Homuza fors tilidan olingan bo‘lib, og‘iz bo‘shlig‘i m a’nosini anglatadi. Tanda iplarini bir tekislikda ikki qismga bo‘lish uchun ularning bir qismini shodalar yordamida o‘rta holatdan yuqoriga, bir qismini esa pastga ajratish lozim. Ajratilgan iplar orasiga arqoq ipi tashlanadi. Tashlangan arqoq ipi maxsus mexanizm yordamida, to‘qima chetiga uriladi va to‘qima elementi hosil bo‘ladi. Bu to‘qima elementi to‘quv zonasidan tortib olinib to‘quv g‘altagiga o‘raladi. Sarflangan tanda ipi uzunligi to‘quv g‘altagidan uza- tiladi.
To‘qima o‘rilishlarini hosil qilish uchun to‘quv dastgohida tanda iplari ma’lum tartibda ko‘tarib tushiriladi, natijada to‘qimada o‘rilish hosil bo‘ladi. To‘qimada o‘rilishlar oddiy yoki murakkab bo‘lishi mumkin. Shunga qarab dastgohda har xil homuza hosil qilish mexanizmlari o‘matiladi.
To'qima o‘rilishining murakkabligiga qarab homuza hosil qiluvchi mexanizmlar ekssentrikli, karetkali, jakkard mashinali turlarga bo‘linadi.
E k s s e n t r i k l i homuza hosil qilish mexanizmlari yor damida oddiy o‘rilishli to‘qimalar, ya’ni polotno, saija, satin va ba’zi mayda naqshli to‘qimalar to‘qish mumkin.Bu mexanizm yordamida homuza hosil qilishda, shodalaming navbatma-navbat tanlangan o‘rilish asosida ko‘tarilib tushishi ekssentrikning ekssentrisiteti hisobiga amalga oshadi.
K a r e tk a li homuza hosil qilish mexanizmi to ‘qimani dastgohdan yuqorida joylashgan karetka richaglari yordamida o‘raydi. Bu mexanizmda juda murakkab bo‘lmagan saija, satin va mayda naqshli o‘rilishlardan hosila hamda aralash o‘rilishli to‘qimalar to‘qiladi.
J a k k a r d o ‘rilishli yirik naqshli to‘qimalar jakkard ma- shinasi yordamida to‘qiladi. Bu mashina har bir tanda ipini alohida ko‘tarib turilishini ta’minlaydi. Hozir zamonaviy dast- gohlarda ko‘tarilish yoki tushish elektron sistemalar yorda-
mida amalga oshiriladi. Bunday homuza hosil qiluvchi mashi- nalarga misol qilib Fransiyaning «Shtoybli» jakkard mashi- nasini keltirish mumkin.
|
| |