|
0 ‘zbekist0n respublikasi oliy va
|
bet | 24/109 | Sana | 14.02.2024 | Hajmi | 22,48 Mb. | | #156599 |
Bog'liq TO‘QUYCHILIK MAXSUS TEXNOLOGIYASI VA JIHOZLARI ALIMBOYEV (1)5.3-rasm. Homuza turlari:
a — yopiq homuza; b — ochiq homuza; d — yarimochiq homuza.
homuza hosil qilish jarayoniga kamroq energiya sarflanadi; mokining homuza ichidan o‘tishiga yaxshiroq sharoit yaratiladi, chunki bosh valning har bir aylanishida iplaming ma’lum qismi harakatda boimaydi.
Ochiq homuzaning kamchiliklari: tanda iplarining ta- rangligi har xil, uzilgan tanda ipini o‘tkazish qiyin, chunki iplar bir tekis joylashmagan boiadi.
Yarimochiq homuza. Bu turdagi homuzada bosh valning har bir aylanishida faqat joyini o‘zgartiruvchi tanda iplari o‘rta holatga keladi, qolganlari, ya’ni pastki holatda qoluvchi tanda iplari esa o‘z joyida qoladi. Yuqori holatdagi tanda iplari biroz tushadi va shu holatda qoladi, ko‘tarilayotgan tanda iplari kelguncha to‘xtab turadi. So‘ngra ko'tarilayotgan tanda iplari bilan yana yuqorigi holatga ko‘tariladi.
Yarimochiq homuzada ham ochiq homuzaning afzalliklari va kamchiliklari bor, lekin tanda iplarining tarangligi birmuncha kam bo‘lganligi sababli, to‘qima hosil qilish jarayoniga ijobiy ta’sir etadi, tanda iplarining uzilishi kamayadi.
Homuzaning ravonligi va noravonligi bo‘yicha turlarga bo‘linishi (5.4-rasm).
0 ‘rilish rapportiga qarab dastgohda o‘rnatilgan shodalar soni har xil bo‘lib, ular to'qim a qirg‘og‘idan har xil masofada o‘rnatiladi.
Homuza to‘liq ochilgan vaqtda ko'tarilgan va pastga tushgan shodalar va ulardagi tanda ipi har xil joylashishi moki yoki rapira, arqoqtashlagichning homuza ichidan o‘tishiga ta ’sir ko‘rsatadi.
Ravon homuza. Ravon homuzada homuza to‘liq ochilgan paytda pastdagi va yuqoridagi tanda iplari bir xil tekislikda joylashgan boiadi. Buning uchun to‘qimadan uzoqda joylashgan shodalar oldidagilariga nisbatan ko'proq miqdorda tik yo‘nalishda harakatlanadi. Ravon homuzada arqoqtashlagichlaming o‘tishiga yaxshi sharoit yaratiladi.
Noravon homuza. Homuza to iiq ochilgan paytda yuqoriga ko‘tarilgan va pastga tushgan shodalardagi tanda iplari har xil tekislikda joylashadi, natijada mokining to‘g‘ri o‘tishiga xalaqit beradi.
Aralash homuzada yuqoridagi tanda iplari har xil tekislikda, pastdagi tanda iplari esa bir xil tekislikda boiadi. Ravon homuza hosil qilish uchun orqada joylashgan shodalar oldingiga nisbatan
|
| |