|
0 ‘zbekist0n respublikasi oliy va
|
bet | 25/109 | Sana | 14.02.2024 | Hajmi | 22,48 Mb. | | #156599 |
Bog'liq TO‘QUYCHILIK MAXSUS TEXNOLOGIYASI VA JIHOZLARI ALIMBOYEV (1)5.4-rasm. Homuza ravonligi:
a — ravon; b — noravon; d — aralash homuzalar.
ko‘proq harakatlanishi, ya’ni to‘qimadan qanchalik uzoqda o'rnatilgan bo‘lsa, u shunga nisbatan ko‘proq tik yo'nalishda harakatlanishi kerak.
Shodalarning har xil qiymatga ko'tarilishi tanda iplarining har xil taranglikda boiishiga olib keladi. Ayniqsa, shodalar soni- ning ko'payishi bilan bu holatning ta’siri oshadi. Shunga qara- may ravon homuzada arqoqtashlagich to‘g‘ri o ‘tadi va tanda iplarining ishqalanishi ham, uzilishi ham kamayadi.
Homuza hosil qilish fazalari. Homuza hosil qilish jarayonida tanda iplari egallagan o‘rinlar homuza fazalari (holatlari) deyiladi.
Tanda iplari o‘rta holatda bo‘lganda uni homuzaning о ‘rta holat fazasida (заступ holatida) deyiladi (5.5-rasm).
Tanda iplarining yuqoriga va pastga harakatlanishi homuzaning ochilish fazasi deyilib, u homuza to‘liq ochilguncha davom etadi. Shu vaqtdan boshlab arqoq ipi tashlanishi boshlanadi. Arqoq tashlagichlarga qulay sharoit yaratish uchun homuza ochilgandan so‘ng shu holatda ma’lum vaqt to‘xtab turishi kerak, shunga homuzaning turg‘un fazasi deyiladi. Bu vaqt bosh val 90° dan 180° ga to'g'ri kelishi mumkin. To'quv dastgohining kengligi oshgan sari turg'un faza ham uzayadi.
Turg'un fazadan so'ng tanda iplari o'rta holatga qayta boshlaydi, bunga homuzaning yopilish fazasi deyiladi. Bu faza tanda iplarining o'rta holat fazasigacha davom etadi. So'ngra homuza hosil qilish yana qaytariladi.
Homuza hosil qilish davri deb, tanda iplari birinchi holatga qaytguncha bosh valning aylanish soniga aytiladi. Bu davr to'qima o'rilishining arqoq ipi rapportiga teng bo'ladi.
270 0
|
| |