• To‘quv dastgohini ishlatish, usta yordamchisi va yordamchi ishchilarning vazifalari
  • Tanda va arqoq iplariga qo‘yiladigan asosiy talablar
  • 0 ‘zbekist0n respublikasi oliy va




    Download 22,48 Mb.
    bet19/109
    Sana14.02.2024
    Hajmi22,48 Mb.
    #156599
    1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   109
    Bog'liq
    TO‘QUYCHILIK MAXSUS TEXNOLOGIYASI VA JIHOZLARI ALIMBOYEV (1)

    4.1-rasm. To‘quvchi marshrutlari:
    a—stanokni uzunasi bo‘yicha yurish; b—stanokni eni bo‘yicha yurish.
    marshrut chizig‘iga qaytishi maqsadga muvofiqdir, chunki bu holda to'quvchi atrofdagi dastgohlami ham nazorat qilib qaytadi.
    Ko'ndalang marshrut qo'llanilganda dastgohlarning bekor turib qolishi kamayadi, chunki bu marshrut dastgohlarning uzu­ nasi bo'yicha marshrutidan ikki marta qisqaroq. Ko'ndalang mar- shrutni to'quvchi 48 va undan ortiq dastgohlami boshqarganda qo'llash tavsiya qilinadi.
    Dastgohda ishlash jarayonida to'quvchi har bir ishni har xil usulda bajarishi mumkin. Bu ishlami to'g'ri va tez bajarish mehnat unumdorligini oshirishda katta ahamiyatga ega.
    Smena mobaynida bajariladigan ishlar bir necha marta takrorlanadi. Shuning uchun har bir bajariladigan ishga sarf qilingan vaqt biroz kamaytirilsa, ancha vaqt tejaladi. Natijada to'quvchi boshqarayotgan dastgohlarning soni ko'payadi, ularning to'xtab turish vaqti kamayadi va ish unumdorligi oshadi.
    Dastgohni ishlatishda to'quvchi, asosan, tanda va arqoq iplari­ ning uzig'ini yo'qotish, mokisiz dastgohlarda arqoq ipi tuga- gan babinani to'lasi bilan almashtirish, to'qimada hosil bo'layotgan nuqsonlami yo'qotish, tanda va to'qimaga ma’lum taranglik berish, dastgohni ishga tushirish va boshqa ishlarni bajarish bilan shug'ullanadi. Shu sabablaiga ko'ra dastgohlarning to'xtashiga yo'l qo'ymaslik maqsadida to'quvchi dastgohlardagi tanda iplari va to'qimani ma’lum tartibda nazorat qilib turadi.
    Yuqorida qayd etilgan har bir usul bir necha ish element- larini ma’lum tartibda bajarishdan iborat. Masalan, tanda ipi uzig'ini yo'qotishda awalo to'quvchi uzuq dastgohning qaysi qismida sodir bo'lganligini aniqlashi lozim. Tanda iplarining yo'nalishi bo'yicha dastgoh uch zonaga bo'lingan bo'ladi: to'quv g'altagidan lam ellargacha; lam ellardan shodalargacha va shodalardan to'qima boshlanish joyigacha.
    To'quvchi tanda uzig'ini topishda (agar u to'qima tomonda turgan bo'lsa), to'qimada hosil bo'lgan nuqson orqali, to'quv g'altagi tomonidan esa lamellami maxsus dasta vositasida harakatga keltirib aniqlashi; dastgohning orqa tomonidan lamellami maxsus dasta vositasida harakatga keltirib aniqlashi mumkin. Keyin to'quvchi dastgohning orqa tomonida turib uzilgan ipning uchini topib, uni maxsus tayyorlangan ip kesmasining uchi bilan tugunbog'lagich vositasida ulaydi. Tugilgan tugun kichkina va pishiq, ip uchlari 5 mm.dan oshmasligi kerak. Bu tugunning
    50
    dastgohning lamel va gula ko‘zlaridan, tig‘ tishlari orasidan yaxshi o ‘tishini ta’minlaydi.
    Ulangan ipning uchi maxsus to‘quv asbobi — ilmoq yorda­ mida lamel, shoda gulasi va tig‘ tishlari orasidan o‘tkazilgandan so‘ng to‘quvchi dastgohning old (to‘qima) tomonida turib uni harakatga keltiradi. Uzilgan ipning uchi orqa tomonda bo‘lsa, zamonaviy dastgohlarda orqa tomondan ham harakatga keltirilishi mumkin.
    Arqoq ipi uzig‘ini yo‘qotish usuli, avvalo dastgoh turiga bog‘liq. To‘qima turiga qarab, arqoq ipi uzig‘ini yo‘qotgandan so‘ng dastgohni ishga tushirishdan awal arqoq uzilgan paytdagi homuza topilishi (розыск раза) va topilmasligi mumkin. To‘quv- chining ish unumi uning ish usullarini chaqqon va to ‘g‘ri bajarishi, dastgohlami o‘z vaqtida xomashyo bilan ta’minlash va, ayniqsa, ish o‘mini to‘g‘ri tashkil etishiga bogiiq.
    Qoniqarsiz tashkil etilgan ish o‘rni ishlab chiqarishda ko‘p isrofgarchilikka olib keladi. Noqulay joylashgan xomashyo to‘quvchining qo‘shimcha harakat qilishiga, yorug‘lik yetarli bo‘lmasligi to‘quvchining ish bajarish vaqtini ko‘paytirib, ishni noto‘g‘ri bajarishiga sabab boiishi mumkin. Shuning uchun to‘quvchining ish o'rni quyidagi talablarga javob berishi lozim: dastgohlar o‘rnatilgan uchastka to‘g‘ri to‘rtburchak shaklida bo‘lib, iloji boricha cho‘ziq bo‘lmasligi kerak, ular orasidagi masofa yetarli bo‘lishi, ekspluatatsiya hamda xavfsizlik texnikasi qoidalariga rioya qilinishi kerak. Dastgohlar orasidagi yo‘llarda keraksiz narsalar bo‘lmasligi; har bir ish uchastkasida tanda va arqoq chiqindilari uchun maxsus qutilar o ‘rnatilgan bo'lishi kerak.
    To‘quv g‘altaklaridagi tanda iplarini ip tashuvchilar dast­ gohlarga maxsus aravachalarda keltiradilar. Arqoq iplari esa bobinalarda maxsus aravachalarda olib kelinadi.
    Dastgohni tuzatib ishga tushirish uchun usta yordamchisi yoki boshqa yordamchi ishchilar kerak bo‘lsa, to'quvchi ularni signal orqali chaqiradi. Dastgohning to ‘xtashi sababi yongan signal lampasining rangidan aniqlanadi.
    To‘quvchining ish o‘mida sanitariya va gigiyena talablariga javob beradigan sharoitlar mavjud bo‘lishi, mehnat xavfsizligiga rioya qilish va yong‘indan saqlash uchun zarur asbob va usku- nalar bo‘lishi shart.
      1. To‘quv dastgohini ishlatish, usta yordamchisi va yordamchi ishchilarning vazifalari

    Usta yordamchisi brigada boshlig‘i va tashkilotchi hisoblanadi. U brigada planining bajarilishi va mahsulotning sifatli chiqishi uchun javobgardir. Usta yordamchisi brigada a ’zolarining mehnat intizomiga, ichki qoidalarga, texnika xavfsizligi talablarini bajarishlariga ham javobgardir. Shuningdek, dastgohlam i profilaktik tekshirish, mayda ta ’mirlash ishlarini bajarish va sozlash, ishchilami ish o‘rinlariga taqsimlash va ularga yo‘l-yo‘riq ko‘rsatish, ilg‘or ish usullarini ishlab chiqarishga joriy etish va boshqalar ham usta yordamchisi vazifasiga kiradi. Brigada boshlig‘i dastgohlami o‘z vaqtida tanda va arqoq iplari bilan, qo‘shimcha materiallar bilan ta’minlashni nazorat qilib turishi kerak. Tanda iplari o‘ralgan to‘quv g‘altaklarini dastgohlarga tez va to‘g‘ri o‘rnatib, sozlash omillarini maxsus andozalar yordamida tek- shiradi.
    Usta yordamchisi o‘rta va mutlaq ta’mirlashga tayyorlangan
    dastgohlarga nuqson aktlarini tuzishda, dastgohlami ta’mirdan so‘ng qabul qilib olishda qatnashadi. Smena oxirida chiqindilarni yig‘ib, topshiradi. Usta yordamchisi ishchilardan reja topshiriq- larini o‘z vaqtida bajarish, sifatli mahsulot ishlab chiqarish, xomashyolardan tejamli foydalanish, ish o‘rinlarini ozoda va tartibli saqlash, dastgohlami muntazam tozalash va moylab turishni, ularni ta’mirlashdan keyin qabul qilib olishda aktda ko‘rsatilgan nuqsonlarning hammasi tuzatilgan bo‘lishi va boshqalami talab qiladi.
    Usta yordamchisi o‘z ishini ijobiy tashkil etishi lozim. To‘quvchining ishlab chiqarish ko‘rsatkichlari shu brigadada ishlovchi yordamchi ishchilarning ishi qanday tashkil etilganligiga bevosita bog‘Iiq. Bunday ishchilar jumlasiga: ko‘p ip uzilganda ulovchilar, dastgoh tozalovchilar, supuruvchilar, transportda tashuvchilar kiradi.
    Ko‘p ip uzilganda ulovchilar dastgohlarda birdaniga ko‘p tanda iplari uzilishi natijasida paydo bo‘lgan gazlama nuqsonini yo‘qotib, shu uzuqlarni ulab, dastgohni ishlatib yuboradi; tanda iplaridagi chigillarni ham yo‘qotadi. Dastgoh tozalovchilar brigada bo‘lib ishlashadi. Ular maxsus grafikka muvofiq dastgohlami to‘xtatib, ularni chang va momiqlardan tozalaydi va artadi. Ular tozalangan dastgoh atrofidagi pollarni supurib
    qo‘yishlari ham lozim. Transportda tashuvchilar dastgohlami kerakli miqdorda arqoq va tanda iplari bilan ta’minlash, tayyor to‘qimani navlarga ajratish va hisoblash bo‘limiga yetkazib berishlari kerak. Mokisiz dastgohlarda arqoq o‘ralgan bobinalami to‘quvchining o‘zi almashtiradi.


      1. Tanda va arqoq iplariga qo‘yiladigan asosiy talablar

    To'qima to‘qish uchun ishlatiladigan tanda va arqoq iplari sifatli bo‘lishi lozim.
    To‘quv fabrikalarida ishlatiladigan tanda va arqoq iplari chiziqli zichligi, pishiqligi va uzayishi, notekisligi va boshqa xossalari bilan baholanadi.
    Ipning chiziqli zichligi T deb, ip massasi g ning (g da) uzunligi /ga (m yoki km da) nisbatiga aytiladi va teksda o‘lchanadi, ya’ni bu yerda % — ipning massasi, g yoki mg:
    T=g/ L
    Awal ipning chiziqli zichligi o‘rnida ip nomeri (AO — ip uzunligining massasiga nisbati ishlatilardi. Chiziqli zichlik nomer bilan quyidagicha bog‘langan:
    T= 1000/N.

    Download 22,48 Mb.
    1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   109




    Download 22,48 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    0 ‘zbekist0n respublikasi oliy va

    Download 22,48 Mb.