|
Tanda iplarining o‘rta o‘rni va uning texnologik ahamiyati
|
bet | 30/109 | Sana | 14.02.2024 | Hajmi | 22,48 Mb. | | #156599 |
Bog'liq TO‘QUYCHILIK MAXSUS TEXNOLOGIYASI VA JIHOZLARI ALIMBOYEV (1)Tanda iplarining o‘rta o‘rni va uning texnologik ahamiyati. Tanda iplarining o'rta o'rni (0°) momenti va kattaligi(mm) har xil to'qimalar uchun turlicha bo'ladi. Tanda iplarining homuza hosil qilish uchun harakatining boshlanish vaqti o'rta o'rni payti bo'ladi. O'rta o'rin kattaligi esa shu paytda batan tig'i bilan to'qima qirg'og'i orasidagi masofa bilan o'lchanadi.
To'qimani to'quv dastgohida hosil qilishda har xil o'rta o'rin kattaligidan foydalaniladi, chunki o'rta o'rin qiymatining kattaligi to'qimadagi tanda va arqoq iplarining bir-biriga o'zaro ta’sirini o'zgartiradi va bir tekis to'qima olishga imkon beradi. O'rta o'rinsiz ishlash usuli siyrak hamda bir xil ipak to'qimalar uchun dast gohlarda qo'llanilishi mumkin.
O'rta o'rin kattaligi to'qima o'rilishi, zichligi, tanda va arqoq iplarining turi va boshqalarga bog'liq. Polotno o'rilishli to'qimalar uchun bu kattalik boshqa o'rilishli to'qimalarga nisbatan ko'p bo'ladi.
O'rta o'rinsiz- ishlaganda tanda iplari bilan arqoq iplari bir- biriga o'zaro kam bog'lanadi, tanda iplarining tarangligi bir xil bo'lib, to'qima bir xilda tekis chiqmaydi va tanda iplarining orqaga siljishi ortadi. Bu siljish jipslashish chizig'i (siljishi) yoki to'qim a qirg'og'ining zarbdan siljish masofasi deyiladi. Bu masofaning ko'payishi tanda iplarining uzilishini ko'paytiradi. Shuning uchun u me’yorida bo'lishi lozim.
Shunday qilib, o'rta o'rin va uning miqdori texnologik jihat- dan katta ahamiyatga ega bo'lib, to'quv jarayoniga ta’sir etadi va uni yaxshilash uchun xizmat qiladi.
Homuza ochilgandan keyin shodalarning to'xtab turish vaqti mokining o'tish tezligiga va to'quv dastgohining ishchi eniga bog'liq. To'quv dastgohi qancha keng, moki tezligi qancha kichik bo'lsa, shodaning to'xtab turishi ko'payishi kerak, chunki bu arqoqtashlagichning homuza orasida harakatlanish vaqti bilan bog'liq.
To‘quv dastgohlarida kulachokli homuza hosil qilish mexanizmlarining joylashishi. Mokili dastgohlarda kulachokli homuza hosil qilish mexanizmlari dastgohning ichki tomonida joylashgan bo'ladi. Bularda mexanizmga harakat elastik zvenolar orqali uzatiladi.
Tashqi joylashgan kulachokli homuza hosil qilish mexanizm lari pnevmorapirali va STB, «Somet» to ‘quv dastgohlarida o‘rnatilgan. Ushbu mexanizmlarda harakat qattiq zveno orqali uzatilib, shodalar mustaqil harakatlanadi.
Pnevmorapirali va STB dastgohlaridagi homuza hosil qilish mexanizmlarining tuzilishi va ishlash prinsipi bir-biriga juda o‘xshash. Bu dastgohlarda to‘liq ochiq homuza hosil qilinadi. Faqat polotno o‘rilishida yopiq homuza hosil boiadi.
Pnevmorapirali to‘quv dastgohlari oltita asosiy va ikkita milk iplari uchun shodalar bilan jihozlangan boiib, ular yordamida polotno, sarja va boshqa oddiy o ‘rilishli to ‘qimalar to ‘qish mumkin.
STB to'quv dastgohlarida sakkizta asosiy va ikkita milk iplari uchun shodalar o ‘rnatilgan b o iib , ular yordamida tanda iplarining rapporti 8 tagacha boigan o‘rilishli to‘qimalar to‘qish mumkin.
Har ikkala to‘quv dastgohida har bir shoda uchun kulachok va kontrkulachok qoilaniladi. Bunday mexanizm shodalarning ko‘tarilish va tushish harakatlarining aniqligini ta ’minlaydi. Shuning uchun bunday mexanizmlarni yuqori tezlikda ishlay- digan to‘quv dastgohlarida qoilash mumkin.
STB to‘quv dastgohining kulachokli homuza hosil qilish mexanizmi
STB to‘quv dastgohining kulachokli homuza hosil qilish mexanizmida har bir shoda uchun alohida-alohida kulachok va kontrkulachok o‘matilgan. Bu esa shodalami prujinalar ishlat- masdan pastga va yuqoriga aniq harakatlantirishga imkon beradi. Bu mexanizm toiiq ochiq homuza hosil qiladi.
STB dastgohining homuza hosil qilish mexanizmi to‘quv dastgohining yon validan zanjirli va tishli uzatmalar orqali hara- katlantiriladi.
|
| |